O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
2 5197163324424327231

maqsadga  qaratilganligidir.  Talabalar  o’zlaridan  nima  talab  qilinishini  va  ular 
nimaga  intilishlari  kerakligini  aniq  tasavvur  qilganlari  taqdirdagina  muvaffaqiyat 
qozonishlari  mumkin.  Maqsadga  bunday  intilish  talabalarni  faollashtiradi, 
topshiriqni  bajarish  uchun  mavjud  bilimlarni  ijodiy  tatbiq  etishlariga  yordam 
beradi. 
Mashqlarni  bajarishda  ta’lim  oluvchilarning  ma’lum  maqsadga  intilishlari 
ularning  yuqori  darajada  ongli  bo’lishini  nazarda  tutadi.  Ana  shundagina  o’zlari 
o’zlashtirgan qoidalarni yoki o’rgangan harakat usullarini o’z oldilariga qo’yilgan 
vazifani  hal  qilish  uchun  tatbiq  etibgina  qolmay,  balki  bu  qoida  va  usullarni 
o’zlarining  shaxsiy  misollari  bilan  tasdiqlay  oladilar,  bu  misollarni  berilgandan 
farq qiladigan boshqa sharoitda bajara oladilar. Ular nima uchun boshqacha emas, 
ana  shunday  qilayotganlari  sababini  tushuntirib  bera  oladilar.  Onglilik 
talabalarning  aqliy  kuchlarini  faol  zo’riqtirishlarini,  amaliy  ishlarda  tashabbus 
ko’rsatishlarini  nazarda  tutadi.  SHu  munosabat  bilan,  mashqlar  jarayonida 
talabalarning ongli ravishda maqsadga intilishlari to’g’risida gapirish mumkin. 
Mashqlardan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad, talabalarda olingan bilimlarni 
o’quv-ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda tatbiq etish ko’nikma va malakalar 
hosil  qilishdan  iborat.  Bu  hol,  tabiiyki,  o’quv  jarayoniga  mashqlarni  talabalar 
zarur bilimlar olganlaridan keyin kiritishni talab etadi. Bu talab barcha mashqlarga  
avvalo,  o’qitishning  boshlang’ich  bosqichlarida  o’qtkaziladigan  mashqlarga 
taalluqlidir. Ammo keyinroq, talabalar etarli darajada bilim va amaliy tajribaga ega 
bo’lganlaridan  keyingina  shunday  mashqlar  berish  mumkinki,  bu  mashqlarni 
bajarish uchun talabalarda zarur bilimlarning ba’zilari bo’lmaydi. Bunday hollarda 
mashqlar, mavjud bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish bilan bir qatorda, 
yangi bilimlarni o’zlashtirish vositasi bo’ladi. 


Fanni o’rganish vaqida o’tkaziladigan mashqlar majmui yaxshilab o’ylangan, 
pedagogik asoslangan tizim bo’lishi kerak. Mashqlar tizimi, avvalo, ulariing qat’iy 
izchilligini ko’zda tutadi. Har bir yangi ko’nikma, yangi malaka musthkam asosda 
rivojlanib,  o’quv  fani  tizimiga  kiritilgan  taqdirdagina  oson  hosil  qilinadi.  Ishning 
har bir yangi turiga talabalar o’zlarining bundan oldingi faoliyati bilan tayyorgarlik 
ko’radi.  Mashqlar  tizimi  murakkabligi  va  bu  mashqlarni  bajarishda  talabalarning 
mustaqillik darajasi sekin-asta ortib boradigan qilib tuzilishi lozim. 
 
Talabalarning  mustaqillik  darajasini  sekin-asta  oshirib  boruvchi  mashqlarni 
tanlashda, ularning xilma-xil bo’lishi kerakligini ham esdan chiqarmaslik zarur. Bu 
hol,  bir  tomondan,  talabalarning  qiziqishini  so’ndirmaslik  uchun,  ikkinchi 
tomondan,  talabalarni  o’z  bilimlarini  har  xil  sharoitda  tatbiq  etish  usullariga 
o’rgatish uchun muhimdir. 
Bilimlarni  mustahkamlash  va  takomillashtirishning  hamda  mashqlar  jarayonida 
uquv  va  malakalar  hosil  qilishning  samaradorligi  mashqlarning  soniga,  ularni 
o’kazish tizimliligi va muntazamligiga, shuningdek, vaqt jihatidan taqsimlanishiga 
bog’liq.  Vaqt  jihatidan  taqsimlanishi  esa,  o’z  navbatida,  o’rganiladigan 
materialning xarakteriga bog’liq. Tarkibida  asosiy  masalalar bo’lgan, mavzu  yoki 
fanning asosiy qonun-qoidalarini aks ettiradigan material puxta mustahkamlanishi 
kerak,  bu  esa  bilimlarniig  bundn  keyingi  o’zlashtirilishiga  ishonchli  asos  bo’ladi. 
O’rganish  vaqtida  talabalar  qiynaladigan  va  tipik  xatolarga  yo’l  qo’yadigan 
materialga oid mashqlar tez-tez va ko’p o’tkazilishi darkor. Ammo boshqa hollarda 
ham,  o’rganiladigan  materialning  muhimligi  hamda  murakkabligiga  qaramay, 
mashqlar o’quv ishining majburiy elementi bo’lishi, tizimli va muntazam ravishda 
har qaysi darsda o’tkazilishi lozim. Bu esa talabalarning ish sohasidagi mehnatida 
muayyan  uslub  yaratadi,  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  puxta  hamda  tizimli 
o’zlashtirishiga  yordam  beradi. Bir  tipdagi  mashqlar  o’tkazishda  avval ularni  tez-
tez, keyin siyrakroq takrorlash zarur. O’rganilgan material esdan chiqib qolishining 
oldini  olish  va  uni  yanada  mustakamlash  maqsdida,  bundan  keyingi  mashqlarga 
uni  tadbiq  etishga  oid  topshiriqlar  kiritib  turish  zarurki,  bu  mashqlarda  yangi 
topshiriqlar asosiy bo’lib qoladi. 


Yuqorida  aytib  o’tilganidek,  fanlararo  bog’lanishlarning  tiplaridan  biri  - 
talabalarda  hosil  qilinayotgap  uquvlar  bo’yicha  bog’lanishdir.  SHunga  asoslanib, 
mashqlar o’tkazishda talabalarda fanlararo xarakterdagi ko’nikmalar -  o’z ishini 
rejalashtirish  ko’nikmalari,  umumiy  xarakterdagi  intellektual  va  amaliy 
ko’nikmalar,  kitob  bilan  ishlash  ko’nikmalari,  tashkil  etish  ko’nikmalari  hosil 
qilishga  alohida  e’tibor  berish  zarur.  Bu  hol  talabalarning  bir  fanni  o’rganishda 
orttirgan bilim  va  ko’nikmalarini boshqa  fanlardan  qilinadigan ishga  ko’chirishga 
yordam beradi.  
 
5.5. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish. 
Shu  vaqtgacha  an’anaviy  ta’limda  talabalarni  faqat  tayyor  bilimlarni 
egallashga  o’rgatib  kelingan.  Bunday  metod  talabalarda  mustaqil  fikrlash,  ijodiy 
izlanish, tashabbuskorlikni so’ndiradi. 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar (innovatsion pedagogik 
texnologiyalar)dan  foydalanib,  ta’limning  samaradorligini  ko’tarishga  bo’lgan 
qiziqish,  e’tibor  kundan-kunga  kuchayib  bormokda.  Innavatsion  texnologiyalar 
qo’llanilgan  mashg’ulotlar  talabalar  egallayotgan  bilimlarni  o’zlari  qidirib 
topishlariga,  mustakil  o’rganib,  tahlil  qilishlariga,  hatto  xulosalarni  ham  o’zlari 
keltirib  chiqarishlariga  qaratilgan.  O’qituvchi  bu  jarayonda  shaxs  va  jamoaning 
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan 
bir  qatorda,  boshqaruvchilik,  yo’naltiruvchilik  vazifasini  bajaradi.  Bunday  o’quv 
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. 
Pedagog - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida quyidagi 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin