O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
2 5197163324424327231

Tayanch  so’z  va  iboralar:  Tajriba-amaaliy  mashg’ulotlar  maqsadi,  tajriba-
amaliy mashg’ulot turlari, miqloriy va sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlar, frontal 
va  nofrontal  tajriba-amaliy  mashg’ulotlar,  tajriba-amaliylarni  o’tkazish 
metodikasi, kirish, joriy va yakuniy yo’riqnoma. 
 
7.1. Tajriba va amaliy mashg’ulotlarining maqsadi. 
Tajriba  va  amaliy  mashg‘ulotlar  -  oliy  ta’limda  talabalar  mustaqil  suratda 
bajaradigan amaliy ish turlaridan hisoblanadi. Ular nazariy bilimlarni kengaytirish 
va mustahkamlash, mustaqil tajribalar bajarish malakasini rivojlantirish maqsadida 
o‘tkaziladi.  
O’quv  jarayonining  asosiy  bosqichlaridan  biri  bilimlarni  amalda  tadbiq 
etishdan iborat, buning natijasida talabalarda ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. 
Umumkasbiy  va  maxsus  fanlarni  o’rganishda  olingan  bilimlarni  amalda  tadbiq 
etish shakllaridan biri tajriba va amaliy mashg’ulotlaridir.  
 
 
 
 
Masalan:  tuproqning  qattiqligini  tortish  kuchiga  ta’sirini  tekshirish;  moyning 
qovushqoqligini aniqlash; mashinaning ish unumdorligini aniqlash va hokazo. 
        
 
 
Masalan:  dastgohlar  va  ularning  mexanizmlarni  qismlarga  ajratish,  yig’ish, 
sozlash,  rostlash;  tokarlik,  parmalash,  jilvirlash  dastgohlarida,  tikuv  va  to‘quv 
mashinalarida  ishlash;  biror  kattalik  yoki  parametrlarni  o’lchash,  hisoblash  va 
hokazo. 
 Tаjribа  mаshg’ulotlаridаn  ko’zdа  tutilаdigаn  mаqsаd-  muаyyan  texnologik 
jаrаyonlаrni,  qonuniyatlаrni,  sаbаb-nаtijаli  bog’lаnishlаrni  vа  shu  kаbilаrni 
tekshirish mаqsаdidа turli xil eksperimentlаr o’tkаzish orqаli ushbu hodisаlаrni 
kuzаtish hаmdа tаhlil qilishni o’rgаnishdir. 
 
Аmаliy  mаshg’ulotlаridаn  ko’zdа  tutilgаn  mаqsаd  -  tаlаbаlаrdа  texnikаviy 
obъektlаrni  yanаdа  chuqurroq    o’rgаnish  mаqsаdidа  ulаrdаn  foydаlаnish  bilаn 
bog’liq bo’lgаn аmаliy ko’nikmа hаmdа mаlаkаlаr hosil qilishdir.
 


Maxsus  fanlar  bo’yicha  tajriba  va  amaliy  mashg’ulotlar  bevosita  ishlab 
chiqarish  xarakteriga  ega  emas.  Ulardan  ko’zlangan  yagona  maqsad  -  talabalarga 
mazmuni jihatidan umumkasbiy va maxsus fanlar bilan bog’liq bo’lgan texnologik 
jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalar, texnikaviy 
talablar  va  shu  kabilarni  amalda  o’rgatishdir.  Tajriba-amaliy  mashg’ulotlar 
davomida 
talabalar 
o’zlaridagi 
mavjud 
bilimlarni 
chuqurlashtiradilar, 
mustahkamlaydilar,  kengaytiradilar  va  bu  bilimlarni  amalda  tadbiq  etishga 
o’rganadilar, bu esa ularda kasbiy malakalarni oshirish uchun zarurdir. 
O’quv jarayoniida tajriba va amaliy mashg’ulotlar “sof holda” qo’llanilmaydi. 
Ular o’quv dasturlariga tajriba-amaliy mashg’ulotlar tarzida kiritilgan. 
O‘z vazifasi, o‘quv jarayonida tutgan o‘rni jihatidan umumkasbiy va ixtisoslik 
fanlar  bo‘yicha  bajariladigan  tajriba-amaliy  ishlar  nazariy  ta’lim  bilan  ishlab 
chiqarish  orasida  oraliq  vaziyatni  egallaydi,  hamda  malakali  mutaxassislar 
tayyorlashning bu ikki tomonini o‘zaro bog‘lashning eng muhim vositalaridan biri 
hisoblanadi.  Bu  bog‘lanish  tajriba-amaliy  ishlar  rukni  va  mazmunini  aniqlashda, 
tajriba-amaliy ishlar jarayonida talabalar olgan uquvlarni ishlab chiqish jarayonida 
tatbiq etish va kengaytirishda, ularni o‘tkazish metodlari hamda metodik usullarini 
uyg‘unlashtirishda namoyon bo‘ladi.  
8.2. Tajriba-amaliy mashg’ulot turlari. 
Tajriba-amaliy  mashg’ulotlarni  mazmuni  va  tashkil  etish  xarakteriga  ko’ra 
qo’yidagi turlarga ajratiladi. 
Tajriba-amaliy  mashg’ulotlarni  ularning  xarakteri  jihatidan  miqdoriy 
(miqdorga  bog’liq  bo’lgan)  va  sifatiy  (sifatga  bog’liq  bo’lgan)  ishlarga  bo’lish 
mumkin. 
8.2.1.Miqdoriy va sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlar. 
Miqdoriy  tajriba-amaliy  mashg’ulotlar  aniq  o’lchashlar,  hisoblab  chiqarishlar, 
hisoblar  bilan  bog’liq.  Ularning  natijalari  tekshirilayotgan  ob’ekt  yoki 
hodisalardagi  miqdoriy  bog’lanishlarni  ochib  beruvchi  muayyan  kattalik  bilan 
ifodalanadi.  Miqdoriy  tajriba-amaliy  mashg’ulotlarga  quyidagilar  misol  bo’la 


oladi: maydalangan tuproqning sifat ko’rsatkichlarin aniqlash; ekish mashinalarida 
urug’ sarfini aniqlash; kultivator ishchi organlarini sozlash va hokazo. 
Sifatiy  tajriba-amaliy  mashg’ulotlar  davomida  talabalar  xulosalar  qiladilar, 
qonuniyatlarni 
aniqlaydilar, 
bilimlarini 
chuqurlashtiradilar; 
ularda 
zarur 
ko’nikmalar hosil bo’ladi. Sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlarga quyidagilar misol 
bo’la  oladi:  metallarni  cho’zilashga  sinash;  bajariladigan  ishniig  turiga  qarab 
keskichlar  tanlash;  har  xil  dastgohlar  va  mashinalarning  tuzilishini  o’rganish  va 
xokazo. 
 
 
8.2.2.Frontal va nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar. 
Tajriba-amaliy mashg’ulotlar frontal va nofrontal o’tkazilishi mumkin.  
 
 
 
Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni frontal tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega: 
o’qituvchini guruhdagi talabalarga rahbarlik qilishi va mashg’ulotning bajarilishini 
kuzatib turishi osonlashadi; butun guruhga bitta mavzu bo’yicha yo’riqnoma berish 
mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiliklari jumlasiga o’quv xonasida juda ko’p bir 
xil asbob-uskunalar yoki tarqatma materiallar bo’lishini talab etilishi kiradi. 
O’quv materialini darslarda o’rganishdan oldin yoki o’rganish bilan bir vaqtda 
bajariladigan  tajriba-amaliy  ishlar  frontal  o’tkazilishi  maqsadga  muvofiqdir. 
Tegishli  o’quv  materialini  o’rganishni  tugallovchi  tajriba-amaliy  mashg’ulotlar 
ham frontal o’tkazilishi mumkin. 
 
 
Bunda tajriba-amaliy mashg’ulotlarning mazmuni ayrim guruhlar uchun har xil 
bo’ladi.  Nofrontal  shaklda  tashkil  etilgan  tajriba-amaliy  mashg’ulotlar  qo’yidagi 
kamchilikga  ega:  ishlarni  tashkil  qilish  va  unga  rahbarlik  qilish  ma’lum  darajada 
qiyin  bo’ladi,  chunki  o’qituvchi  barcha  talabalarga  umumiy  ko’rsatma  berish  va 
natijalarni  jamoa  bo’lib  muhokama  qilish  imkoniyatiga  ega  bo’lmaydi.  Shunga 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin