ochiq-oydin noto’g’ri yo’ldan ketayotganligini yoki talabalar xavfizlik texnikasi
qoidalarini buzayotganligini ko’rgan taqdirdagina ularning ishiga aralashadi.
Joriy yo’riqnoma jarayonida o’qituvchi bir zveno yoki bir talabaga yordam
ko’rsatar ekan, zinhor boshqa zveno yoki talabalarni nazardan chetda qoldirmasligi
kerak. Talabalarga beriladigan yordam aytib berishdan yoki boshqasiga
almashtirishdan iborat bo’lmasligi lozim. O’qituvchi talabalarning ishini kuzatar
ekan, ularning mustaqil ishlashiga yo’l qo’yib berishi, arzimagan xatolar uchun
ularni koyiyvermasligi zarur. Agar talaba qiynalib qolsa, qo’shimcha savollar
berish yo’li bilan uni shunday yo’lga solib yuborish kerakki, oqibatda talabaning
o’zi nuqsonlarning sababini tushunadigan va ularni tuzatish yo’llarini aniqlaydigan
bo’lsin. Agar talaba asboblardan to’g’ri foydalanishga qiynalsa, unga tegishli
usullarni qaytarib ko’rsatish va ularni takrorlashni taklif etish lozim. Murakkab
tajriba-amaliy ishlarni bajarishning ma’lum bosqichida ishniig talabalar bajargan
qismini nazorat qilish foydalidir. Masalan, elektrotexnikadan tajriba-amaliy
mashg’ulotlar o’tkazishda o’qituvchi bunday nazoratni topshiriqqa tegishli elektr
sxemalar yig’ilgandan keyin, ish o’rinlariga tok berishdan oldin o’tkazadi. Agar
tajriba-amaliy mashg’ulot zvenolarga bo’linib bajariladigan bo’lsa, ishda butun
zveno a’zolari ishtirok etishiga erishmoq kerak. Zvenoda ish shunday taqsim
qilinishi kerakki, har bir talaba ma’lum vazifani bajaradigan bo’lsin. Talabaning
yoki zvenoning ishi topshiriqni tahlil qilishdan va uni bajarish tartibini
o’rganishdan boshlanadi. So’ngra talabalar barcha zarur narsalarni taxt qilib va ish
o’rnini puxta tayyorlab, topshiriqning ayrim bosqichlarini bajarishga kirishadilar,
zarur hisoblashlarni, yozuvlarni bajaradilar, xulosalarni ta’riflaydilar.
Tajriba-amaliy mashg’ulotlar bajarilgandan keyin barchf talabalar bilan birga
Dostları ilə paylaş: