O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
2 5197163324424327231

Xayrixohlik  xatosi.  Agar  ta’lim  beruvchi  biror  ta’lim  oluvchiga  nisbatan 
hayrixohlik  bilan  qarasa,  bu  bahoning  biroz  yuqoriroq  bo’lishiga  olib  kelishi 
mumkin.  
Yuqori  talab  qo’yish  xatosi.  Agar  ta’lim  beruvchi  o’ziga  nisbatan  yuqori 
talablar  qo’ysa  va  xuddi  shunday  yuqori  darajadagi  talablarni  ta’lim  oluvchilarga 
nisbatan  qo’llasa,  bunday  hol  bahoning  biroz  pastroq  bo’lishiga  olib  kelishi 
mumkin. 
O’rtacha baho berish xatosi. Bu xato ta’lim oluvchilarning natijalari o’rtacha 
baholanishini bildiradi. Buning sabablari ta’lim beruvchining o’ta yaxshi yoki o’ta 
yomon baho berishdan qo’rqishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. 
O’z  fikrini  o’zgartirmaslik  xatosi.  Ta’lim  beruvchi  o’zining  birinchi  fikrini 
o’zgartirishni  xohlamasligi  tufayli  u  o’z  nazoratining  natijalarini  o’zgarishsiz 
qoldiradi.  Bir  marta  sodir  bo’lgan  voqea  tufayli  ta’lim  beruvchida  biror  ta’lim 
oluvchi  to’g’risida  qolgan  ijobiy  yoki  salbiy  taassurot,  keyinchalik  bu  ta’lim 
oluvchining  shaxsiyatiga  oid  barcha  boshqa  xususiyatlariga  e’tibor  bermasligiga 
olib keladi. 
Yoqtirmaslik  xatosi.  Biror  ta’lim  oluvchini  yoqtirmaslik  yoki  unga  nisbatan 
salbiy fikrda bo’lishi tufayli ta’lim beruvchi ta’lim oluvchiga yomon baho qo’yadi. 
Bu xato “Hayrixohlik xatosi” ning aksidir. 
Ta’lim 
beruvchining 
baholashdagi 
xatolari 
oldini 
olish 
uchun 
quyidagilarga amal qilish kerak: 
Baholash  mezonlarini  aniq  ishlab  chiqish  va  ularni  to’g’ri  tanlash 
bo’yicha: 
  nazorat varag’ini ishlab chiqish; 
  baholovchining bir emas, balki ikkita bo’lishi; 
  baholash usullarini to’g’ri tanlash; 
  samarali baholash tizimini qo’llash; 


  baholash  topshiriqlarini  va  ularga  javoblarni  imkoni  boricha  yozma 
ravishda o’tkazish va rasmiylashtirish. 
Baholashda  uchraydigan  xatolarning  oldini  olish  uchun  rioya  qilinishi 
maqsadga muvofiq bo’lgan qoidalar: 
  baholashdan  oldin  ta’lim  beruvchi  ta’lim  oluvchilar  bilan  birgalikda 
baholash mezonlarini muhokama qilib olishlari lozim; 
  baholash  mezonlarga  muvofiq  qo’yilgach,  u  ta’lim  oluvchilarga  ma’lum 
qilinishi lozim. 
Ta’lim  beruvchi  ta’lim  oluvchi  bilan  birgalikda  olingan  baholarning 
natijalarini  va  yo’l  qo’yilgan  xatolarni  muhokama  qilishlari  hamda  ularning 
sabablarini  aniqlashlari  lozim.  Ular  xatolarning  takrorlanmasligi  chora-tadbirlarini 
belgilab olishlari lozim.
Ama’ 
Baholash  tizimlari.  Hozirda  Respublikamizning  oliy  ta`lim  muassasalarida 
quyidagi ikkita baholash tizimi qo’llanilib kelinmoqda: 
1.  Baholashning “besh ballik” tizimi. 
2.  Baholashning reyting tizimi. 
Baholashning  besh  ballik  tizimida  baholashga  quyidagi  didaktik  talablar 
qo’yiladi: 
 tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga 
rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, 
bilimlarning  sifatiga  salbiy  ta`sir  qiladi.  Ta`lim  oluvchilar  darsga  har  kuni 
tayyorlanib  borishlari  kerak  (ta`lim  beruvchining  doimiy  ravishda  nazorat  qilib 
turishi shunga majbur etadi); 
 bilimlarni  baholash  individual  xarakterga  egadir.  Har  bir  ta`lim  oluvchi 
uning bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini tushunishi kerak. 
 
Davlat ta`lim standartlariga asoslanganlik. Ta`lim ouvchilarning bilimlari, 
malaka  va  ko’nikmalari  davlat  o’quv  dasturlarining  bajarilishi  nuqtai  nazaridan 
tekshiriladi. 


Baholashning besh ballik tizimi 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin