O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
2 5197163324424327231

Oliy  ta’lim  –  uzluksiz  ta’lim  tizimining  yuqori  malakali  mutaxassislar 
tayyorlovchi  mustaqil  turi.  U  oliy  ta’lim  muassasalarida  amalga  oshiriladi.  Oliy 
ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. 
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, 
akademiyalar,  institutlar  va  oliy  maktabning  boshqa  ta’lim  muassasalarida)  o’rta-
maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. 
Oliy  ta’lim  ikki  bosqichga:  davlat  tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi  oliy 
ma’lumot  to’g’risidagi  hujjatlar  bilan  dalillanuvchi  bakalavriat  va  magistraturaga 
ega. 
Bakalavriat  –  o’rta-maxsus  kasb-hanvr  ta’limi  negizida  oliy  ta’lim 
yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt 
yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’lim; 
Magistratura  -  aniq  mutaxassislik  bo’yicha  bakalavriat negizida  kamida  ikki 
yil davom etadigan oliy ta’limdir. 
Bakalavr,  magistr  –  oliy  ta’limning  tegishli  bosqichiga  muvofiq  dasturlarni 
muvaffaqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga beriladjigan akademik darajalardir. 
Fuqarolar  ikkinchi  va  undan  keyingi  oliy  ma’lumotni  shartnoma  asosida 
olishga haqlidirlar. 
 
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, bakalavriat va 
magistratura bosqichiga bo‘linadi. 
Oliy  ta’lim  muassasalariga  talabalar  qabul  qilish  davlat  grantlari  negizida  va 
pullik-shartnomaviy asoslarda amalga oshiriladi. 
Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim 
beradigan,  ta’lim  muddati  kamida  to‘rt  yil  davom  etadigan  tayanch  oliy  ta’lim 
hisoblanadi. 
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga  davlat  attestatsiyasi 
yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan 


tasdiqlangan  namunadagi,  kasb-hunar  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  huquqini 
beradigan diplom topshiriladi. 
Magistratura  aniq  mutaxassislik  bo‘yicha  fundamental  va  amaliy  bilim 
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy 
ta’lim hisoblanadi. 
«Magistr»  darajasini  beradigan  davlat  malaka  attestatsiyasi  magistrlik 
dasturining  yakunlovchi  bosqichidir.  Magistrlarga  davlat  tomonidan  tasdiqlangan 
namunadagi,  kasb  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  huquqini  beradigan  diplom 
topshiriladi.  
Ikki  bosqichli  oliy  ta’lim  tizimini  tashkil  etish  va  rivojlantirish  uchun 
quyidagilarni amalga oshirish zarur: 
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va 
joriy etish;  
oliy  ta’lim  muassasalari  uchun  professor-o‘qituvchi  kadrlar  tayyorlash,  shu 
jumladan xorijiy davlatlardagi etakchi o‘quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;  
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish;  
oliy  ta’lim  muassasalari  boshqaruvini  takomillashtirish,  bu  muassasalarning 
mustaqilligini  kuchaytirish,  muassislar,  vasiylar  kengashlari,  jamoat  nazorat 
kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;  
ta’limning  fan  va  ishlab  chiqarish  bilan  integratsiyasi  ta’sirchan 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;  
o‘qishni,  mustaqil  bilim  olishni  individuallashtirish  hamda  masofaviy  ta’lim 
tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish;  
 pedagogik  va  axborot  texnologiyalari,  tayyorgarlikning  modul  tizimidan 
foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;  
xalqning  boy  ma’naviy  va  intellektual  merosi  va  umumbashariy  qadriyatlar 
asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash. 
 
 


1.3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi pedogogik fan sifatida. Maxsus 
fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti, maqsad va vazifalari. 
Bugungi  kunda  magistratura  mutaxassisliklaridagi  “Maxsus  fanlarni  o‘qitish 
metodikasi”  fani  tanlov  fani  hisoblanib,  fanning  o‘quv  dasturi  har  bir  oliy  ta’lim 
muassasasidagi  shu  fanni  o‘qitishga  ma’sul  bo‘lgan  professor  –  o‘qituvchilar 
tomonidan ishlab chiqilmoqda. 
“Maxsus  fanlarni o‘qitish  metodikasi”  fani bo‘yicha o‘quv  dasturini tuzishda 
uning  quyidagi  maqsad  va  vazifalarini  hisobga  olish  dastur  mukammalligini 
oshiradi  (1.1-rasm).   
 
 
1.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. 
Fanning  ma’ruza  mashg‘ulotlarida  oliy  ta’limning  me’yoriy-huquqiy 
xujjatlari,  ta’lim  tamoillari,  maxsus  fanlarni  o‘qitishning  tashkiliy  shakllari  va 
amalga  oshirish  metodlari,  maxsus  fanlardan  ma’ruza,  amaliy  va  tajriba 
mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  metodikasi,  talabalar  bilan  kunikma  va  malakalarini 
nazorat qilish va baholash kabi mavzular o‘rin olgan. 
Amaliy  mashg‘ulotlarda  esa,  fanga  oid  quyidagi  mavzularga  o‘rin  ajratilgan: 
oliy  ta’lim  muassasalarining  tuzilmasi  va  mazmuni,  oliy  ta’limning  me’yoriy  – 
huquqiy  xujjatlarini tuzilishi va  ularni  rasmiylashtirish, ta’lim  metodlari  va ularni 
amalga  oshirish  metodikasi,  maxsus  fanlarni  o‘qitishda  innovatsion  ta’lim 


texnologiyalaridan  foydalanish,  maxsus  fanlardan  ma’ruza,  amaliy  va  tajriba 
mashg‘ulotlarini  o‘tkazish  metodikasi,  darsni  tahlil  qilish  metodikasi  bo‘yicha 
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.   
1.4. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari. 
 
Maxsus  fanlarni  o’qitish  muammolariga  qaratilgan  ilmiy  izlanishlar 
o’tkazishdan maqsad o’qitish va o’rgatishning,  samarali metodlarni ishlab chiqish 
va  amalda  qo’llash,  axborot-texnik  vositalarni  qo’llashga  doir  masalalarni 
yechishni o’rganishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun  o’qituvchida 
fanning  mazmunini  chuqur  bilishni  talab  etiladi.  Ko’pchilik  bo’lajak  pedagoglar 
talabalik vaqtlaridayoq  pedagogik izlanishlar bilan shug’ullanadilar.  Fan bo’yicha 
metodik  ko’rsatmalar,  maketlar,  mustaqil  ishlar  uchun  materiallar  tayyorlaydilar. 
Ilmiy anjuman va seminarlarda ma’ruzalari bilan qatnashib, o’zlarining pedagogik 
mahoratlarini oshirib boradilar. 
Ilmiy  pedagogik  izlanishlar  jarayonini  shartli  ravishda  quyidagi  bosqichlarga 
bo’lish mumkin: 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin