O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
2 5197163324424327231

ishlar  tahlili,  ta’limiy  tahlil,  uslubiy  tahlil,  metodologik  tahlil,  psixologik  tahlil, 
pedagogik tahlil, yakuniy tahlil, dars tahlil qilish metodikasi. 
 
10.1. Dars tahlili va uning maqasadi. 
Ta’lim-tarbiya  jarayonini  nazorat  qilishni  professor-o‘qituvchilar  jamoasi 
ishiga  rahbarlik  etishning  asosiy  usullaridan  biri  deb  qarash  kerak.  Pedagogik 
nazoratni  amalga  oshirish  -  bu  maslahatlar  berish,  ishga  ta’sir  ko‘rsatish,  uni 
yaxshilash, oldindan ko‘rish, voqealarni seza bilish, har bir ta’lim  muassasasidagi 
ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘rilashdir.  
O‘quv  jarayonini  nazorat  qilish  professor-o‘qituvchilar  tomonidan  olib 
boriladigan  ta’lim-tarbiya  jarayonining  mazmuni,  darajasini,  tashkil  qilishlari  va 


metodikasini  yaxshilash,  o‘qitish  jarayonidagi  mavjud  xato  va  kamchiliklarni 
ochishi kerak.  
Dars  tahlili,  professor-o‘qituvchi  faoliyatini  o‘rganish  va  tekshirish, 
professor-o‘qituvchi  ishning  ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  chuqur  bilishga 
asoslanilgan malakali yordamdir.  
To‘g‘ri  tashkil  etilgan  nazorat  professor-o‘qituvchilarning  eng  yaxshi 
tajribalarini  aniqlash  hamda  uni  tarqatish  choralarini  ko‘rishda  yordam  beradi. 
O‘quv  ishini  nazorat  qilish  doimiy,  rejali,  ob’ektiv  bo‘lishi  kerak.  Uni  shunday 
tashkil  qilish  kerakki,  u  professor-o‘qituvchilarda  ijobiy  tashabbusni,  o‘quv 
ishining  holatiga  javobgarlik  hissini  o‘stirsin.  O‘quv  ishlarini  nazorat  qilish 
quyidagilarni:  darslarga  kirishning  maqsadlarini  aniqlash;  darslarni  tahlil  qilishni 
rejalashtirish; darslarni tahlil qilishga tayyorlanish; darslarga kirish; darslar tahlili; 
nazorat natijalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.  
Pedagogik  faoliyatda  amalga  oshirilgan  ko’p  yillik  ish  tajribalari  va 
kuzatishlar, o’qituvchi hamisha o’z ustida ishlashi, bilim, ko’nikma va malakalarni 
takomillashtirib  borishi  kerakligini  ko’rsatmoqda.  O’qituvchi  pedagogik 
mahoratining kundan-kunga o’sib borishi, o’quv jarayonida pedagogik va axborot 
texnologiyalarni  qo’llay  olishini  kuchayishi,  uning  pedagogik  faoliyatida  amalga 
oshadi.  O’qituvchi  faoliyatining  qanchalik  samarali  ekanligini,  odatda,  uning 
mahoratini  kuzatish,  o’tayotgan  darslarini  tahlil  qilish  orqali  baholash  mumkin. 
Bunday  ishlarni  ko’pincha  tegishli  Vazirlikning  mas’ul  xodimlari,  ta’lim 
muassasasi  rahbari  yoki  uslubchilar,  uslubiy  birlashma  boshliqlari  amalga 
oshiradilar. Biror o’qituvchining darsiga kirish mo’ljallangan bo’lsa, o’qituvchilik 
kasbi odobiga ko’ra shaxslarni darsga kiritish oldidan (ayniqsa, tashqaridan kelgan 
shaxslarni) qaysi o’quv xona (auditoriya)ga va qaysi darsga kirish kerak ekanliklari 
bo’yicha  ogohlantirilishlari  lozim.  Avvalo,  o’quv-uslubiy  bo’lim  boshlig’i, 
imkoniyat  bo’lmay  qolgan  taqdirda  rahbariyat  xodimlaridan  biri,  tashqaridan 
kelgan kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Bu, o’z navbatida, ba’zi-
bir anglashilmovchiliklar va psixologik to’siqlarning oldini olishga yordam beradi. 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Darsni kuzatish va tahlil qilish rejasidan qaysi birini tanlash 
  darsga qanday maqsadni ko’zlab tahlil qilishga;  
  kuzatuvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga;  
  dars tahlili kuzuvchisini egallab turgan lavozimiga
  dars tahlilini tashkil etish shakllariga bog’liq.  
 
10.2. Dars tahlilining tarkibiy qismlari. 
Dars tahlilining tarkibiy qismlari quyidagi 10.1-rasmda keltirilgan.  

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin