O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
2 5197163324424327231

3.  Faollik tamoyilini tushuntirib bering? 
4.  O’qitishda  ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga 
olish tamoyilini tushuntirib bering? 
5.  Ko’rgazmalilik tamoyilini tushuntirib bering? 
6.  O’qitishda tizimlilik va izchillilik tamoyili tushuntirib bering? 
7. 
O’qitishda talabalarning onglilik va faolligi tamoyilini tushuntirib bering? 
 
8. 
O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyilini tushuntirib bering?
 
9. 
O’qitishning tarbiyalovchi xarakterliligi tamoyiliga oid buyuk mutaffakkirlar 
qarashlarini aytib bering?
 
 
 
 
 


4. MAXSUS FANLARNI O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI 
 
Tayanch  so’z  va  iboralar:  Nazariy  ta’lim,  ma’ruza,  amaliy  va  tajriba 
mashg’ulotlari,  ishlab  chiqarish  korxonalariga  ekskursiya  darsi,  o’quv 
ustaxonasida o’qitish. 
 
4.1. Ta’limni tashkil etish shakllari. 
Fan-texnika  taraqqiyoti  ta’lim  jarayoniga  asosan  yangicha  yondashishni, 
ta’limning  faol  metodlari  va  texnologiyalarini  qo‘llashni    talab  qilmoqda,  chunki 
xotira  kuchiga  asoslangan  an’anaviy  ta’lim  berish  usuli  ta’lim  oluvchilarning  fikr 
yuritish va bilish faolligining o‘sishiga ham yordam beradi. 
Hozirgi vaqtda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olib 
borayotgan  pedagoglar  oldida  ta’lim  oluvchilarga  tayyor  bilimlarni  beribgina 
qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik 
ko‘nikmalarini singdirishi kerakligi masalasi turibdi. 
O‘qitishning  tashkiliy  shakllari  deganda,  ta’lim  beruvchi  va  ta’lim 
oluvchilarning  maxsus  tashkil  etilgan,  belgilangan  tartibda  va  muayyan  rejimda 
o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va 
yakka  tartibda  o‘qitishning  har  xil  ko‘rinishda  qo‘shib  olib  borilishi,  o‘qitishda 
ta’lim  oluvchilar  mustaqilligining  turli  darajasi,  ta’lim  oluvchilarning  o‘qishga 
o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish 
shakllarini  tanlash  ta’lim-tarbiyaviy  vazifalar  bilan  belgilanadi  va  o‘quv  ishining 
mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan 
mavjud  bo’lgan,  barqaror  va  mantiqiy  tugallangan  ko’rinishi  bo’lib,  unga 
muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, 
ishtirokchilar  tarkibining  doimiyligi,  o’tkazishning  muayyan  tartibi  mavjudligi 
xosdir. 
Ta’lim  jarayoni  ishtirokchilari  (ta’lim  beruvchi  va  ta’lim  oluvchilar)ning 
ma’lum  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladigan  hamkorlikdagi  faoliyatining 
tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi. 


Maxsus  fanlarni  o’qitishning  tashkiliy  shakllari  deganda  o’quv-ishlab 
chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga 
rahbarlik  qilish  shakllari,  shuningdek,  o’quv  mashg’ulotlarini  tuzilish  tarkibi 
tushuniladi. 
Ta`limni  u  yoki  bu  shaklini  tanlashda,  talabalarni  kasbiy  bilim,  ko’nikma  va 
malakalar  bilan  qurollantirish  jarayonida  ularning  mutloq  maqsadi  va  yaqin 
vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan 
asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq. 
Kishilik  jamiyatining  taraqqiyot  etish  jarayonida  ta’limning  tashkiliy 
shakllari turlicha bo’lgan. 
Qadimgi  paytlarda  yakka  tartibda  o’qitish  usuli  keng  tarqalgan  bo’lib, 
ma’lum  ijodiy  jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan. 
O’rta  asrlarga  kelib,  ta’lim-tarbiya  kichik  guruhlar  shaklida  o’tkazila  boshlagan. 
Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan. 
XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlarida  chex  pedagogi 
Ya.A.Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi. 
Hozirgi  paytda  maxsus  fanlarni  o’qitishning  tashkiliy  shakllari  tahsil 
oluvchilarning  soni,  o’qitish  joyi  va  o’quv  vaqtining  davomiyligiga  ko’ra 
quyidagicha guruhlanadi (4.1-rasm): 
 
 
 
 
 
 
 
4.1-rasm. Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari 
 
 
 


4.2. Nazariy va tajriba-amaliy mashg’ulotlarning asosiy shakllari. 
 
Ijtimoiy  talablar,  maxsus  fanlarning  maqsad  va  vazifalari,  ta’lim 
oluvchilarning  talab  hamda  ehtiyojlari,  ta’lim-tarbiya  qonuniyatlari,  tamoyillari 
kabilarga ko’ra maxsus fanlar mashg’ulotlariga quyidagi talablar qo’yilishi lozim: 
 fan-texnika  va  ishlab  chiqarish  texnologiyalarining  so’nggi  yutuqlari, 
ilg’or  pedagogik  tajribalardan  imkon  qadar  foydalanish,  ta’lim-tarbiya 
qonuniyatlariga asoslanib, dars tuzilmasini maqbullashtirish
 darsda barcha didaktik  tamoyillarning maqbul nisbatini ta’minlash; 
 ta’lim  oluvchilarning  qiziqishi,  ehtiyojlari,  moyilligini  hisobga  olgan 
holda yuqori samarali o’quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit yaratish; 
 o’quv 
materialini 
mukammal 
o’zlashtirilishi 
uchun 
fanlararo 
aloqadorlikka amal qilish; 
 ta’lim  oluvchilar  tomonidan  ilgari  o’zlashtirilgan  bilimlar  va  ularning 
hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko’rish; 
 ta’lim 
oluvchilarning 
barcha 
ijobiy 
jihatlarini 
rag’batlantirish, 
o’quv-bilish faoliyatini faollashtirish yo’li bilan rivojlantirishga erishish; 
 darsning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg’ularga asoslanish; 
 didaktik materiallar va vositalardan samarali foydalanish; 
 nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog’lab o’rganish; 
 zarur  bilim,  ish-harakat,  oqilona  fikrlash  va  amaliy  faoliyat  ko’rsatish 
usullarini tarkib toptirish; 
 ta’lim  oluvchilarda  uzluksiz  ravishda  o’qib-o’rganish,  o’z  bilimi 
va kasbiy mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish
 darslarni  mukammal  rejalashtirish  natijalarini  oldindan  bashorat 
etish va tashxislash. 
Maxsus  fanlar  bo’yicha  zamonaviy  darslarda  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liq 
ta’lim,  tarbiya  va  rivojlantiruvchi  maqsadlarni  uyg’unlashtirish  bu  sohadagi  aniq 
maqsadlarni ham aniqlashtirib olishni talab etadi. 


Maxsus  fanlarni  o’qitishda  zamonaviy  darslarga  quyidagi  didaktik  talablar 
qo’yiladi: 
 har  bir  darsning  ta’lim-tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  vazifasini  aniq 
belgilab olish; 
 ijtimoiy  talab  va  tahsil  oluvchilarning  ehtiyojlarini  hisobga  olgan 
holda ta’lim mazmunini maqbullashtirish; 
 o’quv-bilish faoliyatini samarali pedagogik texnologiyalar asosida tashkil 
etish; 
 ta’limning  turli  shakl,  metod  va  vositalarining  uyg’unligini  oqilona 
ta’minlash; 
 dars tuzilmasini ijodiy yondashgan holda shakllantirish; 
 tahsil oluvchilarning turli o’quv-bilish faoliyatlarini uyg’unlashtirish; 
 ta’lim  jarayoni  ishtirokchilari  orasida  tezkor-teskari  aloqani  ta’minlash, 
ta’sirchan boshqaruv mexanizmini ishlatish
 darsni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etish. 
Amaliyotda  sinf-dars  tizimi  keng  ko’lamda  qo’llanilganligi  sababli  maxsus 
fanlarni  o’qitishda  ham  sinf-dars  ta’lim-tarbiya  ishining  asosiy  shakli  deb 
hisoblanadi. 
 
Oliy ta’limda ham ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sinf-dars shakli  
 
Sinf – dars shaklining quyidagi o’ziga hos xususiyatlari mavjud: 
 deyarli  bir  hil  tarkib,  yoshi  va  tayyorgarlik  darajadagi  ta’lim  oluvchini 
ishtirok etishi; 
 ta’lim tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq alohida–alohida qismlar ko’rinishiga 
ega bo’lishi; 
 har  bir  darsning  o’quv  rejasiga  kirgan  ma’lum  bir  o’quv  predmetiga  oid 
bo’lishi; 
 darslarni jadval asosida muntazam ravishda almashinib turishi; 
 darslarda ta’lim beruvchining rahbarlik qilishi;  
Dars  deganda  o’qituvchining  o’quv  guruhiga  uyushgan,  tayyorgarlik  darajasi  bir 
xil, tarkibi o’zgarmas o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tkazishi tushuniladi. 
 


 ta’lim  oluvchilarni  turli  ko’rinishdagi  o’quv-bilish  jarayonida  ishtirok 
etishidir.  
Sinf – dars shaklining quyidagi ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin