O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
2 5197163324424327231

Ijobiy  tomonlari 
Salbiy tomonlari 
  qat’iy tashkiliy tizilmaga ega ekanligi; 
  bir  o’qituvchi  bir  vaqtni  o’zida  ko’p 
sonli  ta’lim  oluvchilar  bilan  faoliyat  olib 
borganligi 
sababli 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning nisbatan yuqoriligi
  o’qituvchi  va  ta’lim  oluvchini  o’zaro 
hamkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishga 
qulay sharoit yaratilganligi.  
  darsni  sinfdagi  o’rtacha 
ta’lim  oluvchilarga  mo’ljal-
langanligi; 
  har  bir  ta’lim  oluvchi  bilan 
individual 
shug’ullanish 
imkoniyatining yo’qligi. 
 
Har  bir  dars  o’quv  jarayonining  bir  qismi  hamda  bilim,  ko’nikma  va 
malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichi hisoblanadi. 
Dars  muvaffaqiyatli  o’tishi  uchun  uni  tashkil  etish  bo’yicha  o’qituvchi 
faoliyatining maqsadini aniqlash lozim. 
Har qanday darsning uchta maqsadlari mavjud ( 4.2 - rasm). 
 
4.2-rasm. Darsning maqsadlari. 
 
Darsning ta’limiy maqsadlariga quyidagilar kiradi: 
 yangi tushunchalarni shakllantirish


 yangi qonun, qonuniyat, xususiyat va belgilarni uzlashtirishni ta’minlash; 
 yangi harakat usullarini o’rgatish; 
 bilimlardagi etishmovchiliklarni bartaraf etish; 
 bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish; 
 malakalarni shakllantirish
 ma’lum harakat usullarini mustahkamlash; 
  tushunchalar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash bo’yicha talabalarda biror 
narsa to’g’risida tushunchalarni shakllantirish; 
 dunyoqarash g’oyalari va muammolarini aniqlash; 
 talabalarda  u  yoki  bu  harakatni,  voqealarni  baholash  bo’yicha  bilimlarni 
shakllantirish; 
 xulosa chiqarishga tayyorlash, o’zlashtirishga erishish. 
Darsning  tarbiyaviy  maqsadlari  talabalarda  quyidagi  muayyan  shaxs 
sifatlari va xarakterini tarkib toptirishdan iborat: 
 dunyoqarashni va kasbga qiziqishni; 
 o’z-o’zini tekshirish va o’zaro yordamni; 
 voqeliklar 
orasidagi 
bog’lanishlarni 
aniqlash 
va
 
tahlil 
qilish 
ko’nikmalarini; 
 bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni ko’chirish ko’nikmalarini; 
 fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish ko’nikmalarini; 
 nutq madaniyatini; 
 vatanparvarlikni; 
 mehnatga ongli munosabatni
 ongli intizom va yaxshi xulqni; 
 ta’lim olishga ijobiy munosabatni; 
 estetik qarashlarni; 
 ish o’rnini tashkil etish va o’z faoliyatini tekshirishni
 e’tiqodni. 
Rivojlantirish  maqsadi  —  dars  jarayonida  talabalarning  psixologik 
sifatlarini diqqat, xotira, texnik 
taf
fakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir. 


Psixologik  adabiyotlarni  tahlil  qilish  talaba
larda 
tafakkurni,  politexnik, 
mehnat,  bilish  (anglash)  va  aqliy  ko’nikmalarni,  iroda  va  mustaqillikni 
rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayyorlash 
za
rurligini ko’rsatadi. 
Agar  bilimlarni  shakllantirish  va  maqsadli  tarbiyalash  talabalarning  bilish 
qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan 
olinadi.
 
Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning quyidagi turlari mavjud: 
Yangi  materialni  bayon  etish  darsi.  Yangi  materialni  bayon  etish  darslari 
suhbat  o‘tkazish,  hikoya  qilish,  tushuntirish,  turli  ko‘rgazmali  vositalardan 
foydalangan holda muammoli vaziyatlar yuzaga keltirish usullari bilan o‘tkaziladi. 
Bunday  darsning  asosiy  maqsadi  dastur  materialini  tushunarli  ravishda  bayon 
qilishdir.  O‘qituvchi  darsning  ayrim  mavzularini  tushuntirish  jarayonida  ta’lim 
oluvchilar  yangi  materialni  qanday  qabul  qilayotganini  tekshirib  (ta’lim 
oluvchilarga  birma-bir  qisqa  savol  berish  yo‘li  bilan),  ta’lim  oluvchilarni  darsda 
faol ishtirok etishga jalb qiladi. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan 
ko‘zlangan  maqsadni  ochib  berishni,  yangi  materialni  navbati  bilan  bayon  etish 
yoki  ta’lim  oluvchilarning  o‘quv  adabiyoti,  texnika  adabiyoti  (jurnallar, 
byulletenlar,  albomlar,  chizmalar,  sxemalar,  texnologik  jarayon  kartalari  va  shu 
kabilar)  yoki  ma’lumotnoma  adabiyot  bilan  mustaqil  ishlashini  tashkil  etishni, 
ta’lim  oluvchilarning  savollariga  javob  qaytarishni,  ta’lim  oluvchilarning  yangi 
materialni  o‘zlashtirish  sifatini  tekshirishni,  qo‘shimcha  tushuntirishlarni,  uyga 
vazifalar berishni o‘z ichiga oladi. Bunday darslar, odatda, o‘rganiladigan material 
tavsifiy xarakterda va o‘zlashtirish uchun engil bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin