O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
2 5197163324424327231

tushuntirish; 
topshiriqni 
aniqlashi 
texnika 
vositalarini 
boshqarish, 
tajribalarni 
amalda 
ko’rsatish, 
  talabalarning 
ob’ekt 
va 
jarayonning 
mustaqil 
kuzatishlari; 
maqsadni 
tushuntirish, 
kuzatish 
ob’ektlarini 
aniqlash; 
talabalarning 
kuzatishlariga 
rahbarlik 
qilish, yakun yasash. 
 
 tajriba 
va 
amaliy 
mashg’ulotlar; 
maqsadni  tushuntirish, 
talabalar 
ishini, 
tartibini  va  mazmunini 
aniqlash 
hamda 
rahbarlik  qilish;  yakun 
yasash; 
 Mashqlar: 
maqsadni 
tushuntirish; 
talabalarning 
ishini 
tartibini  va  muzmunini 
tushuntirish; 
yakun 
yasash. 
 talabalarning 
ijodiy 
ishlari; 
 
maqsadni 
tushuntirish, 
muammo 
qo’yish; 
talabalar 
ishiga  rahbarlik  qilish 
va yakun yasash. 
 
5.2. Og’zaki metodlar.  
Agar talabalar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining o’quv mulohazalari va 
isbotlari  jarayonida  yoki  darslik  mavzulari  asosida  olsalar,  bunday  metodlar 
og’zaki  metodlar  jumlasiga  kiradi  (tushuntirish,  hikoya,  suhbat  va  h.k.).  Og’zaki 
metodlarga  o’quv  materialining  o’qituvchi  tomonidan  og’zaki  bayon  qilinishiga, 
hikoya,  tushuntirish,  suhbat  ta’lim  oluvchilarning  texnik  adabiyoti  bilan  mustaqil 
ishlashi yozma instruktsiya berish, ovoz yozuvchi televidenie kabilar kiradi. 


Talabalarga o’quv materialini bildirishning asosiy  metodlaridan biri so’zlab 
berish,  tushuntirish,  ma’ruzani  o’z  ichiga  oladigan  og’zaki  bayon  etishdir. 
Bularning hammasida ta’lim berishning faqat bir vositasidan - o’qituvchi so’zidan 
foydalaniladi. 
So’zlab berish o’quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko’zda tutadi. 
Bu  metod  o’quv  materiali,  asosan,  tavsifiy  xarakterda  bo’lib,  mantiqiy  izchilligi 
bilan farq qiladigan hollarda qo’llaniladi. So’zlab berish yordamida, odatda, kirish 
mavzulari,  mashina  va  mexanizmlarning  umumiy  tuzilishi,  materiallarning 
xossalari  va  ishlatilishi,  ishlab  chiqarishning  umumiy  texnologiyasi  masalalari  va 
shu kabilar bayon etiladi. 
Tushuntirish  o’quv  materialini  og’zaki  bayon  etishni  ko’zda  tutadi. 
Tushuntirish jarayonida o’qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya, 
asoslash,  qonuniyatlar  chiqarish,  masalalar  echish  va  shu  kabilardan  foydalanadi. 
Tushuntirish,  asosan,  xususiy  va  konkret  ma’lumotlarni  bildirishda  qo’llaniladi. 
O’qituvchilarning ish tajribasidan so’zlab berish va tushuntirish sof holda kamdan-
kam  uchraydi,  ular  ko’pincha  so’zlab  berish-tushuntirishdan  iborat  bo’lgan 
kompleks metod tarzida qo’llaniladi. 
Ma’ruza,  so’zlab  berish  va  tushuntirishdan  farqli  o’laroq,  ancha  aniq 
tuzilgan  bo’ladi.  Ma’ruzalar,  odatda,  o’quv  dasturining  yirik,  muhim  masalalari 
yuzasidan  o’qiladi.  Ma’ruzada  o’quv  materiali  yaxlit  va  izchillik  bilan  bayon 
etiladi,  o’zaro  bog’langan  tushunchalar,  qonuniyatlar  tizimi  ochib  beriladi, 
kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari, 
sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi. 
Ma’ruza  so’zlab  berishga  qaraganda  uzoq  davom  etadi  (u,  odatda,  butun 
darsga  mo’ljallanadi) va  talabalarning  yozib borishini  (konspekt  tuzishini)  ko’zda 
tutadi.  Ma’ruzani  eshitish  so’zlab  berishni  eshitishga  qaraganda  qiyinroq,  chunki 
ko’proq 
diqqat-e’tiborni 
talab 
etadi. 
Ma’ruzalar, 
odatda, 
oliy 
ta’lim 
muassasalaridagi ta’lim jarayonida qo’llaniladi. 
Og’zaki  metodlarni  qo’llash  jarayonida  ko’rgazmali  qurollardan  ham 
foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o’ynaydilar. 


Og’zaki  metodlardan  foydalanishning  muvaffaqiyat  ko’rsatkichlari  -
talabalarning  yangi  bilimlarni  eslab  qolishlari  va  takror  aytib  bera  olishlaridir. 
Og’zaki  metodlarda  talabalar  o’qituvchi  mulohazalari  jarayonini  takrorlaydilar, 
unga taqlid qiladilar. 
Talaba  o’qituvchining  tushuntira  olish  mantiqiga  qanchalik  yaqinlashsa, 
materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o’zlashtiradi. 
Og’zaki metodlardan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bu 
o’rganish  fanlarni  egallashning boshqa usullari  bilan qo’shib olib borilsagina ular 
ta’limda yaxshi samara beradi. 
 
5.3. Ko’rgazmali metodlar 
 Ko’rgazmali  metodlar  deganda  ta’lim  jarayonida  qo’llaniladigan 
ko’rgazmali  qurollar  va  texnika  vositalariga  ko’p  darajada  bog’liq  bo’lgan  o’quv 
materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi. 
Ta’limning  ko’rgazmali  vositalari  bilimlarni  o’rganish  va  o’zlashtirish 
xarakterini  belgilaydi.  Masalan,  tikuv  mashinasi  detallarining  namunalari 
ko’rsatilganda,  mexanizmlarning  ishlashini  virtual  model  orqali  yoki  tikuv 
mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnming videotasviri namoyish qilinishi 
orqali tushuntirish mumkin
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati 
ko’rgazmali  vositalar  yordamida  shakllanadigan  yoki  esga  tushiradigan  hissiy 
obrazlarga,  tasavvurlarga  bog’liq  bo’ladi.  Ko’rgazmali  qurollar  bilimlarni  bir 
tizimga  solish  va  boyitishda,  shuningdek,  talabalarning  fikr  yuritish  faoliyatini 
faollashtirishda yordam beradi. 
Ta’limning  ko’rgazmali  usullari  talabalarning  bilish  faoliyatida  obrazli  va 
mantiqiy,  konkret  va  abstrakt,  hissiy  va  aqliy  jihatlarning  nisbatini  chuqur 
tushunishni talab etadi. 
Ko’rgazmali  vositalarni  namoyish  qilish  (ko’rsatish)  yordamida  talabalarda 
mashina va mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini 
muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini 


qiyoslaydilar.  Mazkur  metodning  qo’llanilishi  maxsus  fanlarni  o’qitishda 
ko’rgazmalik  tamoyilining  yaqqol  namunasi  bo’lib  hisoblanadi.  Maxsus  fanlar 
darslarida  ko’rsatmali  qurollarning  turli  xil  va  shakllaridan  foydalanish 
o’qituvchining  tushuntirishlarini  yaxshi  idrok  qilish  hamda  o’zlashtirishlarga, 
malakalarning  mustahkam  shakllanishiga  yordam  beradi.  Slaydlar,  rlakatlar, 
sxemalar,  modellar,  maketlarni  namoyish  qilish  bilan  bir  qatorda  harakatdagi  ish 
quroli,  asboblar,  moslamalar  xom-ashyolar,  buyumlarning  haqiqiy  namunalari  va 
hokazolarni ko’rsatish ham katta ahamiyatga ega. 
 
5.4. Amaliy metodlar 
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov ishlari asosida o’quv 
materialini  egallash  shakllari  ta’limning  amaliy  metodlari  jumlasiga  kiradi.  Ana 
shu  metodlar  yordamida  amaliy  ko’nikma  va  malakalar  shakllantiriladi.  Bunday 
ko’nikmani  shakllantirish  jarayoni  o’quv  faoliyatida  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi. 
Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog’liq. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin