Kvadratik interpolyatsiyada interpolyatsion koʻphad sifatida [xi–1, xi+1][а, b] oraliqdan olingan kvadrat uchhad qaraladi:
(6.6)
Bunda ai, bi, ci koeffitsiyentlarni aniqlash uchun (6.3) shart asosida tenglamalar sistemasi tuziladi, masalan:
(6.7)
Hisoblash algoritmi yuqoridagi mavzuga oʻxshash, biroq (6.5) munosabat oʻrniga (6.7) sistemani yechish maqsadida (6.6) munosabatdan foydalaniladi. Ravshanki, xT[x0, xn] uchun 3 ta eng yaqin nuqtalar olinadi.
Usulning grafik tasviri quyidagicha:
2- shakl.
Interpolyatsiya tugunlaridan tashqarida nazariy xatolikni topish formulasi:
R(x) =(x – x0) (x – x1) (x – x2)
Misol. Jadval bilan berilgan funksiya qiymatini x=0,4 boʻlgan hol uchun kvadratik interpolyatsion formuladan foydalanib hisoblang:
i
|
0
|
1
|
2
|
3
|
xi
|
0
|
0,1
|
0,3
|
0,5
|
yi
|
–0,5
|
0
|
0,2
|
1
|
Yechish: (6.6) ga asosan ishchi formulani yozib olamiz:
y=aix2+bix+ci .
ai, bi, ci koeffitsiyentlarni aniqlash uchun (6.7) ga koʻra tenglamalar sistemasini tuzish kerak. Buning uchun xt = 0,4 nuqtaga eng yaqin boʻlgan 3 ta nuqtani tanlaymiz: xi–1 = 0,1; xi = 0,3; xi+1 = 0,5.
yi–1 = 0; yi = 0,2; yi+1 = 1.
va mos tenglamalarni hosil qilamiz:
Tenglamalar sistemasini matritsaviy koʻrinishda yozib olamiz:
A = ; = ; = =A– .
A–1 teskari matritsani hisoblab topamiz:
A–1 = ;
= = ;
Matritsalarni koʻpaytirib, a, b, c koeffitsiyentlarni aniqlaymiz:
a = 0 – = 7,5; b = –2; c = 0,125;
Natijada, izlangan funksiya koʻrinishini olamiz: y = 7,5x2 – 2x + 0,125.
Endi x = 0,4 qiymat uchun hosil boʻlgan kvadratik funksiyaning son qiymatini aniqlaymiz. Natija y = 0,525 ga teng.
5. Lagranj interpolyatsion koʻphadi
Umumiy koʻrinishdagi interpolyatsiyada interpolyatsion koʻphad xT ning aniqlanish sohasida barcha intervallar uchun (6.2) koʻrinishda izlanadi, ya’ni [x0, xn] uchun:
. (6.8)
ai koeffitsiyentlarni aniqlash uchun (6.3) tenglamalar sistemasi tuziladi:
(6.9)
Ma’lumki, agar i j lar uchun xi xj shart oʻrinli boʻlsa, tenglamalar sistemasi yagona yechimga ega boʻladi. (6.9) tenglamalar sistemasini yechish uchun oldin bayon qilingan chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish usullaridan foydalanish mumkin. (6.9) sistemani toʻg‘ridan toʻg‘ri yechib, F(х) funksiyani (6.8) koʻrinishida olgan ma’qul, bunda bir nechta hisoblashlar bitta jadval boʻyicha bajariladi. y = f(xT) ni bir martalik hisoblash uchun ā vektor parametrlarini topish shart boʻlmagan boshqa algoritmlar tavsiya etiladi, interpolyatsion koʻphadlar esa {xi, yi}, jadval qiymatlari orqali yoziladi. Bular Lagranj va Nyuton interpolyatsion koʻphadlaridir.
a). Ixtiyoriy interpolyatsion tugunlar sistemasi uchun Lagranj formulasi. Lagranj koʻphadi interpolyatsiya tugunlarida f(х) funksiyaning qiymatlaridan tuzilgan chiziqli kombinatsiya koʻrinishida izlanadi va interpolyatsiya tugunlari sistemasidan maxsus qurilgan qandaydir n– darajali koʻphaddan iborat boʻladi:
. (6.10)
Demak, oldiniga (n+1)– darajali yordamchi koʻphad tuziladi:
(6.11)
va n– darajali koʻphad quyidagicha hosil qilinadi:
. (6.12)
Koʻrinib turibdiki, (6.11) koʻphad xi interpolyatsiya tugunlarida nolga aylanadi, ya’ni (xi) = 0, i = , (6.12) koʻphad i(x) esa xi tugunlardan tashqari barcha tugunlarda nolga aylanadi, ya’ni:
(6.13)
(6.12) va (6.13) tengliklardan yangi begona (chet) koʻphad kelib chiqadi:
U j– tugundan boshqa barcha tugunlarda nol qiymatni qabul qiladi, xj tugunda esa uning qiymati 1 ga teng boʻladi, ya’ni
.
U holda (6. 10) munosabatga koʻra, j– koʻphad lj(xi)yj barcha tugunlarda (xj dan tashqari) nol qiymatni qabul qiladi va xj tugunda yj ga teng boʻladi:
(6.10) ga koʻra quyidagi koʻphadni tuzamiz:
,
bunda .
Yoki yana-da qisqa koʻrinishda quyidagicha boʻladi:
; (6.14)
(6.14) munosabatning nazariy xatoligini aniqlash mumkin:
, bunda [a, b].
(6.8) koʻphaddan farqli ravishda bu yerda barcha koeffitsiyentlarni oldindan aniqlash talab qilinmaydi. Biroq har bir xТ uchun (6.14) texnologiya asosida Lagranj koʻphadini hisoblash kerak. Shuning uchun ham hisoblash hajmi (6.9) hisoblash texnologiyasiga nisbatan farq qilmaydi.
Amaliyotda agar turli xТ lar uchun koʻp sonli takroriy hisoblashlar talab qilinsa, u holda (6.8) sxemadan foydalangan ma’qul. Lagranj koʻphadi boshqa sonli usullarni amalga oshirishda ham keng qoʻllaniladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, n = 1 boʻlganda bu chiziqli, n = 2 boʻlganda parabolik interpolyatsiya hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |