O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli



Yüklə 133,88 Kb.
səhifə3/8
tarix25.01.2022
ölçüsü133,88 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8
Galliy va Indiya ularning birikmalari xossalari va ahamiyati

Kimyoviy xossalari


Galliy kimyoviy xossalariga ko‘ra alyuminiyga yaqin. Shunga qaramay, metall galliyning kimyoviy faolligi nisbatan sust ekanini alohida aytib o‘tish lozim va shu sababli, u qatnashgan reaksiyalar sekinroq kechadi. Galliyda ham havoda juda yupqa oksid plyonkasi hosil bo‘ladi va uning keyingi oksidlanish jarayonlaridan to‘sadi.

Galliy qaynoq suv bilan reaksiyaga kirishib, undan vodorodni chiqarib tashlaydi va galliy gidrooksidi hosil qiladi:



2Ga+6H2O→2Ga(OH)+3H2

350 ℃ haroratdagi o‘ta qizigan bug‘ bilan reaksiyada esa u galliy oksidi gidrati, yoki, metagalliy kislotasi – GaOOH hosil qiladi:



2Ga+4H2O→2GaOOH+3H2

Mineral kislotalar bilan ta’sirlashganda galliy tuz hosil qiladi va vodorod ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi:



2Ga+6HCl→2GaCl3+3H2

Galliy galogenlar bilan ha reaksiyaga kirishadi: uning xlor va brom bilan reaksiyasi xona haroratida ham boshlanaveradi; ftor bilan esa hatto −35℃ da ham reaksiyaga kirishadi va harorat 20 ℃ va undan baland bo‘lsa, reaksiya alanga oladi. Yod bilan reaksiyaga kirishishi uchun esa qizdirish talab etiladi.Galliy elementi vodorod, uglerod, azot, kremniy va brom bilan reaksiyaga kirishmaydi.



Yüklə 133,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin