O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli



Yüklə 133,88 Kb.
səhifə8/8
tarix25.01.2022
ölçüsü133,88 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8
Galliy va Indiya ularning birikmalari xossalari va ahamiyati

Fizik xossalari


Kristall galliyning 5 xil polimorfik modifikatsiyasi mavjud bo‘lib, biroq, ular ichida faqat bittasi barqaror kristall panjara strukturasiga egadir. Uning kristall panjara shakli ortoromb ko‘rinishida bo‘ladi va а = 4,5186 Å, b = 7,6570 Å, c = 4,5256 Å parametrlarga ega bo‘ladi. 20 ℃ haroratdagi qattiq galliyning zichligi 5,904 g/sm3; 29,8 ℃ haroratda erib suyuqlanadi va suyuq galliyning zichligi 6,095 g/sm3 ga yetadi. Shu jihatdan, galliy elementi, suv, kremniy, germaniy, surma, vismut va plutoniy singari, qotganda hajman kengayadigan noyob moddalar turkumiga kiradi. Galliyning yana bir qiziq fizik xossasi, uning suyuq holatda bo‘lishi harorat intervali juda kattaligidir. U 30 ℃ haroratdan 2230 ℃ gacha suyuq fazada bo‘ladi va 2330 ℃ dagina qaynay boshlaydi. 0-24 ℃ harorat intervalida qattiq galliyning solishtirma issiqlik sig‘imi 376,7 J/kg·K; 29-100 ℃ harorat intervalidagi suyuq galliyning solishtirma issiqlik sig‘imi 410 J/kg·K. Qattiq galliyning solishtirma elektr qarshiligi 53,4·10−6 Om·sm; suyuq galliyniki esa 27,2·10−6 Om·sm. Elektromanfiyligi - 1.78 (Poling shkalasi);

Xona haroratiga chidamli va xiralashmaydi, lekin, 800 °C dan yuqori haroratga o‘tishi bilan, binafsharang-ko‘kimtir alanga bilan, oksid hosil qilgan tarzda yona boshlaydi;

Oltingugurt kislotasida sekinroq, azot va xlor kislotalarida tezroq eriydi. Organik kislotalar (chumoli kislotasi, limon, uksus, shovul kislotalari) Indiyni asta sekin eritadi;

Ishqoriy eritmalar, hattoki qaynash holatidagilari bilan ham unchalik ta'sirlashmaydi;

Xlor va Brom bilan ta'sirlashadi.

Qizdirilganida, Yod, Oltingugurt (620 °C dan yuqori haroratda), Selen, Tellur, Oltingugurt dioksidi, Fosfor bug‘lari bilan ta'sirlashadi;

Oksidlanish darajasi +1 dan +3 gacha. 3-valentli birikmalari nisbatan barqaror.

Izotoplari - tabiiy Indiyning ikkita izotopi ma'lum: barqaror izotopi - 113In (izotopning tarqalganligi 4.29%) va beta-radioaktiv izotopi 115In (izotopning tarqalganligi 95.71%, yarim yemirilish davri 4,41·1014yil) lardan iborat.

Fizik xossalari.

o‘ta o‘tkazuvchanlikning kritik harorati (atmosfera bosimi ostida) :3,405 K;

Zichligi (20 °C da) :7,362gr/sm3;

Doimiy bosim ostidagi solishtirma issiqlik sig‘imi - (0-150 °C) 0,238 J/gr·K;

Termodinamik parametrlari:

Standart shakllanish entropiyasi - H (298 K): 0 kJ/mol (t);

Shakllanish standart Gibbs energiyasi - G (298 K): 0 kJ/mol (t);

Standart shakllanish entalpiyasi S (298 K): 57,82 J/mol·K (t);

Standart mol issiqlik sig‘imi Cp (298 K): 26,74 J/mol·K (t);

Erish entalpiyasi Herish: 3,26 kJ/mol;

Qaynash entalpiyasi Hqaynash: 227,6 kJ/mol;

Qattiqligi: Birnelli shkalasi bo‘yicha 9 MPa, Moos shkalasi bo‘yicha 1.2;



Indiyni asosan Rux ishlab chiqarish sanoatida, va nisbatan kam miqdorda Qalay, hamda, Qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishlarida, oraliq mahsulotlar va chiqindilarda ajratib olinadi. Chunki, ushbu xom-ashyo o‘zida, 0.001% da 0.1 % gacha miqdordagi Indiy tutishi mumkin. Avvaliga xom-ashyodan Indiyning konsentrati, keyinchalik esa, konsentratdan qoralama Indiy metali ajratib olinadi. Keyin esa, Indiyli konsentratni oltingugurt kislotasi bilan ishlov berish orqali, aralashma holatiga keltiriladi. Aralashmani tarkibidagi konsentratni gidrologik cho‘ktirish usuli orqali, Indiyni ajratib olinadi. Keyinchalik, Indiyni turli usullar bilan rafinadlanadi.

Hozirgi davrda asosiy Indiy ishlab chiqaruvchi mamlakat bu - Xitoy hisoblanadi (yiliga 390-400 tonna). Shuningdek, Yaponiya, Kanada, hamda, Janubiy Ko reya mamlakatlari ham Indiy ishlab chiqarish borasida yetakchilar sanalishadi (har biri taxminan, yiliga 70 tonna atrofida Indiy ishlab chiqaradi). Indiy ishlab chiqarishga bo‘lgan talab, so‘nggi vaqtlarda suyuq kristalli displeylar va shunday displeylar qo‘llangan elektron apparaturalar ishlab chiqarish hajmiga hamohang o‘sib bormoqda. Chunki, suyuq kristalli displeylarda Indiy elementi asosiy o‘rinni egallaydi. Indiyni o‘rnini bosuvchi boshqa turdagi ishlanmalar esa, nisbatan chidamsiz va ishonchliligi past bo‘lganligidan, jahon bozorida Indiyga bo‘lgan talab dolzarbligicha qolmoqda. 2013 yilda jahon bo‘yicha Indiy iste'moli 1250 tonna tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich, 2005 yilda 850 tonna bo‘lgan edi. Jahon bozoridagi sotilayotgan butun Indiy hajmining 65-70% qismi, elektronika va suyuq kristalli displeylar ishlab chiqarilishi uchun sarflanadi. Asosiy iste'molchilar ham, elektronika bozori yetakchilari - Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Malayziya davlatlaridir. Indiyning narxi ham shunga yarasha o‘sib bormoqda. Xususan, 2002-yilda 1 kg Indiy narxi birjalarda 100 AQSH dollari atrofida baholangan bo‘lsa, 2009-yilga kelib, 900 dollarga ko‘tarildi. Hozirgi vaqtda esa, nisbatan narxlaring arzonlashgan davri sifatida qaralmoqda. Zero, 2014-yilning birinchi choragi davomida Indiyning 1 kg narxi, o‘rtacha 734 AQSH dollari miqdorida baholangan.1|51p kuchsiz radioaktiv (R — nurlanuvchi, yarim yemirilish davri T’/,=51014 yil) Atom radiusi 0,166 nm., ion radiusi (kavslarda koordinatsion sonlar koʻrsatilgan) In3+ uchun 0,076 nm (4), 0,094 nm (6), 0,106 nm (8). 1863 yil nemis olimlari Indiy Reyx va Indiy Rixter rux minerali — sfaleritni spektral analiz yoʻli bilan tekshirayotib, nomaʼlum elementning spektr chizigʻini topishgan. Spektr chizigʻi indigo rangida boʻlgani uchun bu yangi element Indiy deb ataldi. Uchta minerali — sof Indiy, rokezit (CuInS2) va indit (FeIn2S4), jalindiy In (ON)3, sakuranit (CuInFe)3 (InSn)S4 bor, lekin ular kam uchraydi. Indiy ning zichligi 7,31 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 156,78°; qaynash temperaturasi 2024°. Birikmalarida 1, 2 va 3 (koʻpincha) valentli. Indiy kislotalarda eriydi, ishkrrlarda deyarli erimaydi. Ochiq havoda oʻzgarmaydi. Yuqori temperaturada oksidlanadi, 800° dan yuqorida koʻkbinafsha alanga berib yonib, kislotada eriydigan sariq kristall — Indiy oksid (1p2O3) hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar bilan oson birikib, galogenidlar (InCl3, InBr3, Inl3), oltingugurt bilan sulfidlar (In2S3, InS) hosil qiladi. Galogenidi (InHal) va qora oksidi (In2O) juda kuchli qayta-ruvchilardir. Indiy birikmalaridan Indiy sulfat In2(SO4)3, Indiy nitrat In(NO3)3-4,5 N2O va Indiy ortofosfat 1pRO4 lar ahamiyatlidir. Indiy qoʻrgʻoshin, rux, qalay ishlab chiqarishdagi chiqindilardan olinadi. Korroziyaga qarshi qoplamalar, oson eriydigan qotishmalar olishda, shisha va reflektorlar tayyorlashda va yarim oʻtkazgichlar texnikasida ishlatiladi.

Indiy yuqorida aytib o‘tilganidek, asosan elektronika sanoatida, suyuq kristalli displeylar ishlab chiqarilishida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, Indiyni keng qo‘llanish sohalari quyidagilardir:

Mikroelektronikada, Kremniy va Germaniyga akseptor aralashma sifatida;

Metallarni oyna va shisha mahsulotlari bilan biriktirishda;

Sof holatida yoki kumush bilan aralashmasi tarzida, ko‘zgu ishlab chiqarishda, avtomobil faralari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Indiyning akslantirish xossasi kumushnikidan yomon emas. Lekin, Indiy, tashqi ta'sirlarga, xususan atmosfera ta'siriga (ayniqsa oltingugurt-vodorodga) barqaror bo‘lganligida, avtomobil sanoatida katta talabga ega.

Astronomik ko‘zgularda oyna yuzasini qoplash uchun;

Fotoelementlar ishlab chiqarishda;

Dizlel dvigatellarining alyuminiyli porshenlarining ayrim qismlari yuzasini qoplashda;

Indiy Arsenid, yuqori haroratlarga chidamli termoelektr material sifatida qo‘llaniladi;

Indiyning 113In va 111In izotoplari radiofarmatsevtik material sifatida ishlatiladi.

Indiyning erish nuqtasi 156,5985 °C, Xalqaro Harorat Shkalasi - XHSh-90 ning asosiy tayanch nuqtalaridan biri sifatida e'tirof etilgan;

Indiy-simob oksidi elektrokimyoviy tandemi, maxsus xizmatlar uchun akkumulyatorlarda barqaror va samaradorligi yuqori bo‘lgan elektr toki manbai sifatida qo‘llaniladi;

Indiy ortofosfatstomatalogiya sohasida, tish sementi tarkibida ishlatiladi;

Yuqori darajali vakuum texnologiyasida, xususan, kosmik apparatlarning germetikligi hamda, elementar zarrachalar tezlatkichlarida (adron kollayderi singari) Indiy elementi zichlovchi modda sifatida qo‘llanadi;

Indiy haqida ma'lumotnoma jadvali:


Umumiy ma'lumotlar

Nomi

Indiy;

Formulasi

In

Raqami

49, V-davr, III guruh;

Kashf etgan olimlar

Ferdinand Rayx, Teodor Rixter;

Kashf etilgan sana

1863-yil,

Kashf etilgan davlat

Germaniya;

Atom xossalari

Atom raqami

114,818(1) m.a.b. (g/mol);

Elektron konfiguratsiyasi

[Kr]4d105s25p1

Atom radiusi

166 pm;

Kimyoviy xossalari

Kovalent radiusi

144 pm;

Ion radiusi

(+3e) 81 pm;

Elektromanfiyligi

1.78 (poling shkalasi bo‘yicha);

Elektrod potensiali

?0.34 V;

Oksidlanish darajasi

+1, +3;

Ionizatsiya energiyasi

(birinchi elektron)



558,0 kJ/mol;(5,78 eV);

Termodinamik xossalari

Zichligi (m.sh.)

7.31 g/sm3;

Erish harorati

429.32 K;

Qaynash harorati

2353 K;

Erish issiqligi

3,24kJ/mol;

Bug‘lanish issiqligi

225,1kJ/mol;

Molyar issiqlik sig‘imi

26,7kJ/(K·mol);

Molyar hajmi

15,7 mol/sm3;

Issiqlik o‘tkazuvchanligi

(300 K) 81,8 Vt/(m·K);

Debay harorati

129 K;

Struktura panjarasi shakli

Tetragonal;

Panjara parametrlari

a=3,252 c=4,946 Å

c/a nisbati

1.52

XULOSA


Azot,fosfor,mishyak,surma va vismutlar davriy tizimning beshinchi guruhini tashkil etib,pelementlar deyiladi.Bu guruh elementlarining elektron konfiguratsiyasi ns2p3.S energetik pog’onadagi elektronlar juftlangan,p pog’onasidagi elektronlar esa yakka holda joylashgan bo’ladi.Guruh elementlarining atomi tashqi energiya ta’siridan qo’zg’algan holatga o’tkazilganda juftlangan elektronlarning biri d pog’onachaga o’tib,yakkalangan elektronlarning soni 5 taga yetadi.Shuning uchun ham guruh elementlariing birikmalardagi oksidlanish darajasi -3dan +5gacha o’zgaradi.Guruh elementlarining vodorodli birikmalar VI vaVII guruh elementlarining vodorodli birikmalariga qaraganda kamroq qutblangan.Shuning uchun ham azot guruhidagi elementlarning vodorodli birikmalari,suvli eritmalarda vodorod ionini hosil qilmaydi,ya’ni kislotali xarakterga ega emas. Guruh elementlarining yuqori oksidlari E2O5 kislotali osid bo’lib,mos ravishda HEO3 va H3EO4 shakildagi kislotalarni hosil qiladi.Guruhdagi elemental birikmalarininng ko’pchiligi farmasevtik dorivor moddalari sifatida ishlatiladi. Shuning uchun guruh elementlarini alohida o’rganish maqsadga muvofiq.Tabiatda azodning 14 7N(99,6%); 15 7N(0,37%) izatoplari barqaror. 4 ta izatopi sun’iy usulda olingan.Azotning ko’p qismi tabiatda erkin holda uchraydi.Azod murakkab organic birikmalar-oqsil moddalari tariqasida,har bir o’simlik va har bir tiri organizmning tarkibiga kiradi.Hujayralarning eng muhim qisimlari protoplazma va yadro oqsil moddalaridan tuzilgan.Oqsil bo’lmasa,hayot ham bo’lmaydi.Azodsiz oqsil bo’lmaydi.Toza azod rangsiz,hidsiz,mazasiz,yashashgava yonishga yordam bermaydigan,100hajm suvda 1,54 hajm eriydigan -209,9oC suyuqlanib,-195,8oC qaynaydigan gaz. Sanoatda azod havodan ajratib olinadi.Laboratoriyada azod uchun oldin konsentrlangan va qaynoq NaNO2 hamda NH4CL eritmalarini aralashtirib,NH4NO2 olinadi:

Foydalamilgana adabiyotlar ro’yhati

1.Fedorov P. I., Moxosoyev M. V., Alekseyev F. P., Ximiya galliya, indiya i talliya, Novosibirsk, 1977; Yasenkos. P., Indiy; svoystva i primeneniye, M., 1987.

2.I.R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’.G’opirov Kimyo darslik

Toshkent-2017

3.S.Fazliyev, R.Xazratqulov, E. Maxmudov Kimyo o’quv qo’llanma



2017

Internet ma’lumoti



Arxiv.uz

Ziyonet.uz
Yüklə 133,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin