Kurs ishining maqsadi. “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini o‘rganish va ularning keyingi davr adabiyotiga ta’sirini o‘rganish hamda bularni fanga tatbiq etish.
Tadqiqotning vazifalari:
Asosan, birlamchi manbalarga tayanilgan hamda chet el tadqiqotchilari asarlaridan foydalanilgan holda “Devoni lug‘otit turk” asarini tahlilga tortish hamda u orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini to‘liq va mufassal yotitish.
“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘llangan janrlar va ushbu janrlarning bugungi kundagi ahamiyatini yoritib berish.
Ushbu ma’lumotlarni yoritishda asosan “Devoni lug‘otit turk” asarining o‘zidan hamda qator o‘zbek va chet el olimlarining “Devoni lug‘otit turk” asari xususidagi asarlardan foydalanish.
Tadqiqotningobyektini M.Koshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asari (Toshkent.”Fan”.1967) tashkil qiladi. Shuningdek, Belyayev, Brokkelman kabi
1 Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Президент Ш.Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси // Халқ сўзи. – 2017. – 4 август.
chet el olimlari hamda Solih Mutallibov kabi o‘zbek olimlaring “Devoni lug‘otit turk” asari ustida olib borgan tadqiqot ishlari va qo‘lyozmalari ham tadqiqotning obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmetini “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini o‘rganish va ularning keyingi davr adabiyotiga ta’sirini o‘rganish hamda bularni fanga tatbiq etish tashkil qiladi.
Tadqiqotusullari. Kurs ishida ilmiy sharh, qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, sistemali yondashuv, nazariy va ma’rifiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:“Devoni lug‘otit turk” asari orqali hali fanga ma’lum bo‘lmagan jihatlari yoritilgan.Olimlar tomonidan o‘rganilmagan ayrim badiiyat namunalari keng yoritilgan.