O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi jizzax



Yüklə 122,51 Kb.
səhifə4/17
tarix22.05.2023
ölçüsü122,51 Kb.
#127396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Morfologiya kus ishim

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 2 bobni o’z ichiga olgan asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 35 sahifani tashkil etadi.

I BOB. Mahmud Qashg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari va bu asarda tarbiyaga oid fikrlarning dolzarbligi

    1. “Devonu lug’atit-turk” – didaktik adabiyot namunasi


Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk “ asari avlodlar uchu juda boy meros hisoblanadi. Sababi shuki, “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizga juda ko‘plab badiiyat namunalari yetib kelgan. Bu xususida ko‘plab Yevropa olimlari va turkologlar izlanish olib borganlar.
«Devon»dagi she’riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik yevropalik turkologlar «Devon»da keltirilgan to‘rtliklarni dastlab turkiy xalqlarning qadimgi folkloriga mansub deb qaragan edilar. Jumladan, K. Brokkelman shunday fikrni aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi ikkilik va to‘rtliklar unutilib ketgan ma’lum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, asardagi asar yozilgan davrdan ilgari mavjud bo‘lgan va islomga hech qanday aloqasi yo‘q. Brokkelman ham
«Devon»dagi she’riy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (yetti bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir.2
V.V.Bartold esa «Devonu lug‘atit-»dagi she’riy parchalarga nisbatan tamomila boshqacha fikrda. Uningcha, «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’rlar orasida xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy adabiyotiga xos xususiyatlar bor. Buning isboti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:

Turkan qatun qutinga, Tegur mendin qo‘shug‘, Ayg‘il sizing tabug‘chi O‘tnur yangi tabug‘ (1, 357)







2 Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010- yil,1-son,34-b

Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) etkazgin, xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.3


Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.
Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»da shakl jihatidangina emas, balki mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik xarakterdagi parchalar ham borki, barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning aks sadosini ko‘rishimiz mumkin.
«Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan yevropalik olimlar olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi.4 «Qutadg‘u bilig»ning she’r tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar aytilgan. Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.

Yüklə 122,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin