Mahmud Qashg’ariyning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni
Birinchi turkolot Maxmud Qoshg’ariyning asl ismi Maxmud Ibnul Xusayn ibn Muhammadali Qoshg’ariy bo’lib uning bobosi Qashqarda tug’ilgan bo’lsa ham asosan Bolasog’unda yashagan. Ba’zi manbalarda Qoshg’ariyning to’liq ismi Shamsiddin Mahmud ibn Husayn tariqasida keltirilgan. Maxmud Qoshg’ariy Qoshg’ar shahrining janubi G’arbidagi O’pol qishlog’ining o’g’iz mahallasida tug’ilgan. U Qoraxonning xukmdorlaridan Yusuf Qodirxonning evarasi. Otasi Xusayn ibn Muhammad (Qodirxonning nevarasi) ,,Arslon Elik” nomi bilan 1056 – 1057 yillarda Barsixon amiri bo’lgan. Maxmudning ona tomonidan buvasi Xoji Sayfiddin buzrukvor bo’lgan.
Mahmud Qoshg’ariy Samarqand Buxoro Bog’dodda tahsil olgan. Arab fors rumoniy kabi 8 – 9 tilni mukammal egallagan. U qandaydir bir qirg’in paytida ota yurtini tashlab chiqib ketgan. Mahmud Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Bu ma’lumotlar ham uning ,,Devonu lug’atit turk’’ asari orqali yetib kelgan.
Devonu lug’atit turkdan yana bir narsa ma’lumki Mahmud Qoshg’ariy bu lug’at bilan bog’liq bo’lgan yana bir asar - ,,Kitobi javohirun naxfiy lug’otit turk” (turkiy tillarning naxv qoidalari) kitobini ham yozgan va bu kitob hanuzgacha topilgan emas. Mahmud Qoshg’ariyning qoraxoniy zodagonlarning oliy toifasiga mansub ekanligini quyidagi daillar ham tasdiqlaydi.
Bobomiz somoniylardan turk yerlarini tortib olgan usha amirdir. Bu hamir
,,ya’ni amir” Tekin deb ataganlar. Mahmud Qoshg’ariy asar boshida o’zi to’g’risida so’zlab o’zining eng eski turkiy qabilalarida ekanligini bildirgan. Mahmud Qoshg’ariy taqor turkiy tillardan tashqari arab va fors tillarini ham bilgan. Asarning muqaddimasida aytilgan so’zlardan M.Qoshg’ariy Buxoro va Nishopurda bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy va uning asariga bag’ishlangan tadqiqotlarda Mahmud Qoshg’ariy va uning chuqur va boy bilim olishi mumkin bo’lgan Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marf, Shimoliy Eron va Bog’dod musulmon olimlarning markazlari qayta – qayta tilga olinadi. Usha davr musulmon maktablarida arab tili grammatikasi musulmon aqidalari va
xuquqshunoslik xisob, qur’on va xadis o’rgatilgan. Mahmud Qoshg’ariy ,,Devoni lug’atit turkda” yorqin namoyish etgan linvistika geografiya, tarix va boshqa fanlarga oid bilimlarni extimol keyinchalik olgan. Mahmud Qoshg’ariy turk yerlari bo’ylab qilgan ko’p yillik safarining birlamchi maqsadi haqida gapirmaydi. Asardagi avtoxarakteristikadan quyidagilar ma’lum: ,,Men turklar, turkmanlar, og’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlarning shaharlarini qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim. Lug’atlarni turklari turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib aniqlab chiqdim. Men tilda ularning yetuklaridan eng katta mutaxassislaridan xushfaxmlaridan eski qabilalardan jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki turklar, turkmanlar, o’g’izlar, chiginlar, yag’molar, qirg’izlar qabilalarining tillari butunlay dilimga jo bo’ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tuzdim. Kitob devoni lug’atit turk deb ataldi. Men bu kitobni hikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim”. Devoni lug’atit turkni tuzishdan avval linvistik tarixiy va etnografik materialni yig’ish bo’yicha ko’p yillk ish amalga oshirilganligi tabiiy. Lekin Mahmud Qoshg’ariy o’z yurtini tashlash turk yerlarini kezib yuritishga nima majbur etdi? Bu savolga 2 ta javob bo’lishi mumkin. 1. O’z tiliga, o’z tarixiga muhabbat turk tilining arab tilidan qolishmasligining dalillari bilan isbotlab uni ulug’lash istagi. 2. Mahmud Qoshg’ariy hijriy 448 – 449 yillarda sharqiy qoraxoniylar davlatida hammaga ma’lum bo’lgan qonli voqealar bo’lib turgani uchun o’z yurtlarini tark etishga majbur bo’lgan. Devoni lug’atit turk (turkiy so’zlar devoni) melodiy 1072 – yillarda yozila boshlagan va 1074 – yilda tugatilgan. Muallif bu haqda shunday degan. (Kitob 464 – yilda hijriy) jumadul avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilganda va tuzatilgandan so’ng 464 – yil jumadul oxirining 12 kuni bitirilgan. Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo’lgan. Umuman olganda bu asar 11 – asrda yozilgan bo’lib turkey so’zlar lug’ati xisoblanadi.
Yuqoridagi misralardan anglashimiz mumkinki, muhabbat, ishq mavzusi an’anaviy mavzulardan biri hisoblanadi. Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda yozilgan mazkur asarida ham, undan kryin yozilgan asarlarda ham va bugungi
kunda ham muhabbat adobiyotning asosiy tasvirlovchi ifodalaridan biridir. Bu misralarda shoir sevgisi kundan-kun kuchayib, uni o‘rtayotgani va yori ketgani uchun oshiq bu yurtlarda ortiq tura olmasligi tasvirlangan.