O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi jizzax



Yüklə 122,51 Kb.
səhifə7/17
tarix22.05.2023
ölçüsü122,51 Kb.
#127396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Morfologiya kus ishim

Yalkin bo‘lub barduqu,


Ko‘nglum angar bog‘layu. Qoldlm orginj qadg‘uqa, Ishim uzu yig‘layu.
Mazmuni:
Seviklim yetti uzoq, Ko‘nglim unga bog‘layman. Qoldim chuqur qayg'uda, Uzzu kunlar yig'layman. (O‘sha kitob. 324-bet.)
Bu baytda ham shoir sevgilisidan yiroqda ekanligi va shu sabab chuqur qayg‘uga botgani hamda kun-u tun yig‘lab kun kechirayotganini juda ta’sirli ifodalangan.

Bulnar meni ulas ko’z, Qara mengiz qizil juz. Andin tamar tugal tuz, Bulnap jana ul qachar


Ma’nosi: Bu mast ko’zli (seviklim) porloq yuzidagi yoqimli qora xoli bilan meni asir qiladi. Xuddi (go’zal) yonoqlaridan shirinlik tomayotganday meni asir qiladi-da, so’ng mendan qochadi.
Yor tasviri barcha ijodkorlar ijodida yetakchi o‘rinda turadi. Mazkur baytlarda ham Mahmud Koshg‘ariy yorining go‘zal ko‘zlari, yuzidagi dona holi juda go‘zal o‘xshatishlar bilan tasvirlaydi.

Yalvin aning ko’zi, Yelkin aning o’zi, Yo’lunayin yuzi Yardi mening yurak.


Sevgilisini maqtab shunday yozadi: uning ko’zi kishi (ko’nglini) ovlaydigan sehrgardir. O’zi musofirdir, yuzi to’lin oydir.Qarashi bilan u meni otib, yuragimni yordi.Bu kabi o‘xshatmalar asarning qimmatini oshiradi.Badiiyatini juda ham go‘zallashtiradi.

Bardi ko‘zum jaruq, Aldi o‘zum qonuqi, Qanda erinch qaniqi, Emdi uzun uzg‘urur.


“Ko‘zimning nuri ketdi, mening ruhimni ham olib ketdi.U hozir qayerda ekan? Endi meni uyqudan uyg‘otadi.”
(Ko‘z qorachig‘im(seviklim) ketdi.U ketishi bilan mening ruhimni ham o‘zi bilan birga olib ketdi Endi u qayerda ekan?Uning yo‘qligi meni uyqudan uyg‘otadi,uyquga yo‘l bermaydi.)
“Devoni lug‘otit turk” asarinig 1-qismining 81-betida keltirilgan ushbu she’rda shoir muhabbat tasvirini chiroyli ifodalar, o‘xshatmalar bilan bayon qilgan. Asarda bu kabi muhabbat tasvirlarini ko‘plab uchratishimiz mumkin.

O‘zik meni qumitti Saqinch mena jumitti Ko‘nlum anar emitti,


Juzum menin sarg’arur.
Bu baytda shoir seviklimga bo‘lgan shavq va muhabbat meni hayajonga soldi. Qayg‘ular menga to‘plandi. Ko‘nglim unga moyil bo‘lgani uchun yuzim sarg‘aymoqda deya, o‘zining yor hajrida zabun bo‘lgan holatini she’riy misralar orqali tasvirlashga harakat qiladi.

Yüklə 122,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin