OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
“Kompyuter injeneringi” fakulteti Dasturiy injeneringi yo’nalishi 104-20 guruh talabasi
MUSTAQIL ISHi
Fan: Akadem yozuv
Bajardi:_________________Diyorbek Jumaboyevov Qabul qildi:__________________Urziya Jaqsimova
NUKUS-2021
Bir qoʻlida hassa, birida yegulik
Tabiat fasllarining oʻrin almashinishi biri ikkinchisini inkor etmagan holda bir-biriga suyanib, biri ikkinchisining yuzaga kelishiga zamin hozirlash, asos yaratish jarayonida kechadi. Shu maʼnoda qish ogʻushida bahor, bahorning otash nigohlarida yoz, yozning saraton chillasida kuzning saxovati, kuzning soʻlim, dilbar tabbasumida esa qish koʻz ochib ulgʻayar ekan.
Tabiat har doim oʻz husnini oʻzgartirib turadi. Bu fasllarda namoyon boʻladi. Insoniyatda ham bu xususiyat mavjud, ya’ni koʻchma ma’noda. Bu chaqaloq tugʻilganidan to oʻsib ulgʻayib, katta boʻlib, umrining oxirigacha davom etadi. Har bir davrning oʻziga xos fayzi tarovati, oʻziga xos chiroyi, husni mavjud. Bolalikning erkaliklari, qiziquvchanligi, biyron soʻzlari bilan shirin boʻlsa, yoshlik kuch-quvvatga toʻlaligi bilan inson hayotida muhim oʻrin tutadi. Qarilik. Bu davrning oʻzi xosligi shundaki, odam oʻtgan umri davomida koʻrgan-kechirganlari, qilgan xatolari yuzasidan xulosa chiqargan, hayot falsafasini anglagan davrdir. Ammo bu davrda inson kuchdan qolgan, yoshlikdagi quvvat tanani tark etgan davr hamdir. Bu jihatdan qarilikni koʻpchilik hushlashmaydi. Lekin xalqimizda azal-azaldan qarilarni e’zozlash, ularning hurmatini joyiga qoʻyishga oʻrgatiladi. Bu bejizga emas.
Maʼlumki, milliy qadriyatlarimizdan biri yoshi ulugʻ insonlarni qadrlashdir. Zero, keksalarning oltin oʻgitlariga amal qilib yashash komillik, turmush farovonligimiz va tinch-osoyishta hayotimiz garovidir.
«Qarisi bor uyning parisi bor», «Qari bilganni pari bilmas» kabi hikmatli soʻzlar necha ming yillar mobaynida hayotda oʻz isbotini topib kelgan haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz. Aslida ham bir umr mehnat qilib, farzand tarbiyalab, el-yurt koriga yarab yashayotgan har bir inson keksayganida hurmat-izzat koʻrib, eʼzozlanib, hayotidan rozi boʻlib yashashga munosibdir.
Xalqimiz keksalarni hamisha hurmatlab, ehtirom koʻrsatib kelgan. Yoshlarimiz nuroniylarni koʻrsa, qoʻli koʻksida, salomga shay, xizmatlariga tayyor turishadi. Maslahatlariyu pand-nasihatlariga labbay deydi, tanbehiga doimo quloq tutadi. Uylariyu dasturxonlarining toʻrini yoshi ulugʻlarga ataydi.
Hazrat mir Alisher Navoiy «Hayrat ul-Abror» asarida bunday yozadilar:
Kimki ulugʻroq, anga xizmat kerak,
Ulki kichikroq, anga shafqat kerak.
Oldingi davrlarda keksalarning hurmati nihoyatda baland boʻlgan. Keksalarning oldini kesib oʻtilmagan, gapirayotgan soʻzlari boʻlinmagan, ovqatga oldin qoʻl choʻzilmagan, ulardan oldinda yurilmagan, ularning hurmatlarini hamma bilgan.
Hozirgi davr esa bunday yaxshi qadriyatlarimiz biroz yoddan koʻtatilayotganga oʻxshab ketadi. Yoshlarning katta yoshdagilarga salom bermasligi, jamoat transportlarida joy bermaslik uchun oʻzini uxlagani solishi kabi holatlar koʻp kuzatilmoqda. Bu notoʻgʻriligini bilsak-da, negadir bu odatlarni yoʻqotishga harakat qilmaymiz.
Ular esa har doim, oʻz tajribalaridan kelib chiqqan holda, bizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatishdan charchamaydilar. Chunki ular bizni oʻzlari qilgan xatolarni biz takrorlamasligimiz uchun oʻz maslahatlarini ayamaydilar. Nafaqat nasihatlari, biz qiyin ahvolda boʻlsak, ular oʻzlarida bor boʻlgan ma’naviy boʻlsin, moddiy boʻlsin, hech narsalarini ayamaydilar.
Ba’zi paytlari bolalarga xos injiqliklar qilishi mumkin, ammo bu vaqtida bizga qilingan e’tibor, mehrga tashnalik natijasida kelib chiquvchi bir holatdir, bizningcha. Shu sababli uyimizning farishtalari boʻlmish keksa, biva hamda buvilarimizni asrab avaylaylik. Zero, ular oʻz yoshligini, kuch-quvvatini bizning kamolimiz, jamiyatda, hayotda oʻz oʻrnimizni egallashimiz uchun sarf qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |