O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
,,MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI
,,MAKTABGACHA TA’LIMDA IJODIY FAOLIYAT ASOSLARI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH MASHG’ULOTLARI ORQALI BOLALARDA IJOD QILISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH
5111800 - ,,Maktabgacha ta’lim”
Bajardi: 311-guruh talabasi Nurillayeva D.
Ilmiy rahbar: Sulaymonova D.
Kafedra mudiri: Sulaymonova D.
Kurs ishi Maktabgacha ta’lim kafedrasida 2023-yil 24-yanvarda himoya qilindi va foizga baholandi.
Komissiya raisi: Sulaymonova D.
A’zolari: Eshnazarova G.
Marufova M.
Karimova A.
SAAMARQAND-2023
KIRISH
O’zbekiston respublikasida ta’lim tizimini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deya e’tirof etilishi, ijtimoiy hayotning barcha sohaalarining demokratik, insonparvarlik g’oyalarining yetakchi o’rin egallashi uchun yo’lida olib borilayotgan amaliy harakatlar Respublika uzluksiz ta’lim tizimini jahon standartlari darajasiga ko’tarish uchun zarur bo’lganshart-sharoit yaratish lozimligini jo’rsatadi. Maktabgacha ta’lim tizimini tizimini takomillashtirishdavlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini mamlakatimizning ikkinchi prezidenti SH. M. MIRZIYOYEV o’z asarlarida takidlab kelmoqda.
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya oldida turgan asossiy maqsadlardan biri yosh avlodga ajdodlarimiz asrlar davomida orttirilgan ma’naviy boyliklarnivsingdirish, ularda insoniy fazilatlarni qaror toptirish va muntazam rivojlantirib boorish, Vatan va millat ortidagi burch va mas’uliyatini his etishga o’rgatishdir.
Badiiy adabiyot bolalar uchun ilk tarbiya vositasi ma’naviy- axloqiy boyliklarning boyliklarning bitmas tuganmas xazinasidir. Bolalarga mo’ljallab yaratilgan og’zaki ijod namunalari xalqning ming yillar mobaynida yosh avlodni tarbiyalashda xizmat qilib kelgan buyuk pedagogik merosdir.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan ma’lumki bizning ,, Badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg’ulotlari orqali bolalarda ijod qilish ko’nikmasini rivojlantirish,, nomli bitiruv malakaviy ishimiz Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimi hamda ilmiy tadqiqotlar oldida turgan vazifalar qatorida hal qilinishi lozim bo’lgan o’z dolzarblikka egadir.
Yuqorida qayd etilgan maqsadimizdan kelib chiqib :
Malakaviy tarbiya ishi uchun tanlangan mavzu bo’yicha pedagogik-psixologik ilmiy va o’quv adabiyot materiallarini o’rganib chiqish va umumlashtirish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’yin orqali ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo’yicha hozirgi zamon pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlardagi materiallarni o’rganish, ilmiya maliy jihatdan tahlil qilish.
Qomusiy olimlarning ta’lim-tarbiya jarayonida o’zbek xalq ertaklarining ahamiyati haqidagi qarashlarni o’rganish va tahlil qilish.
Mavzu bo’yicha qilingan ishlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlil qilish va umumiy xulosaga chiqish.
Badiiy adabiyot namunalari asosida bolalarni ijodkorlikka o’rgatish asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tushunchalarni shakllantirishning aniq usullarini ishlab chiqish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida badiiy adabiyot orqali bolalarni ijodkorlikka o’rgatish asosida axloqiy tushunchakarni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ijodkorligini tabiati va g’oyalar olami.
Badiiy adabiyotning eng qadimiy manbasi xalq og’zaki ijodi hisoblanadi. Muallifning nomalumligi yillar mobaynida turli aytimchilar tomonidan saqlanib, takomillashib, mukammal shaklga ega bo’lishi xalq o’zaki ijodi namunalariga xos asosiy belgilardir. O’g’zaki ijod har qanday yozma adabiyotga tayanch vazifasini bajaradi:
Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotning dunyoga kelishi uchun zamin yaratgan og’zaki yaratgan va og’zaki tarqatgan, xalq shoirlari va jamoa tomonidan yaralgan o’g’izda -o’g’izga avloddan-avlodga o’tib kelgan xalq o’g’zaki ijod namunalari bilan tanishtirilish lozim bo’ladi. Shunda bolaning tafakkurida og’izdan-og’izga o’tib kelayotgan bu namunalar asosida tushuncha hosil bo’ladi. Bu tushuncha asosida u o’tgan asr ijtimoiy turmush buyumlari, an’analari, madaniyatidan xabardor bo’ladilar. Bu bola uchun juda muhim prosess bo’lib u hozirgi turmush tarsi va madaniyatning sivilizatsiya kechyotgani haqida beixtiyor o’yga toladi. Va atrofidagi odamlar ota-ona, murabbiy va tarbiyachilar bilan bu mavzularda suhbatlashadilar. Bu jarayonda uning ichki olamida turli savollarga javoblar topiladi. Bu savollarga javob olgandan so’ng uning tasavvur olami, dunyoqarashi va so’z boyligi oshib boradi. Bu o’sish jarayonda bolaning bilimlarni mustahkamlash uchun pedagog unga turli ijodiy takliflar berishi lozim bo’ladi.
Ijodiy taklif bu bolani ijodkorlikka yo’naltirish demakdir. Mana shu nuqtada bir savol tug’iladi, ijodkorlik o’zi nima, unga nimalar kiradi? O’zi nima uchun ijodiy faoliyat bola hayotida muhim sanaladi.
Ijodkorlik – bu insonning ongida va hatti-harakatlarida nazarda tutilgan, yangi mahsulotlar mahsulini yaratib, boshqalarga ulashishiga aytiladi, unda bola eng elementar ijodiy ishlar qalamdan rasm chizishi, yoki rasmlarni bo’yashi, plastilindan turli o’yinchoqlar-predmetlar yasay olishi, aplikatsiya bajarishi (san’at markazida);
Ertak kitoblari, rasmlar, plakatlarni tomosha qilishi, o’ziga tanish bo’lgan rasmlar asosida bilgan mavjud ertakni aytib berishi, berilgan rasmlar asosida ijodiy hikoya tuza olishi, mavzuga mos kartochkalar asosida voqealikni ketma-ketlikda joylashtirish (til va nutq markazida) ;
Tabiat unsurlari oy, quyosh, suv, havo, yer, osmon, toshlar, tuproq, o’simliklar, gular, metallar haqida bilimga ega bo’lishi, ular orqali kichik va soda tajribalar bajara olish ko’nikmasiga ega bo’lishi (ilm-fan va tabiat markazida);
Qo’g’irchoqlar, niqoblar, turli kiyimlar va ovozlarida o’zgarishlar orqali ertak sahnalashtirishlari orqalo( syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida);
Geometrik shakllar, sanoq cho’plari, sonlar, kubiklar, lego, damino, pazllar orqali ( matematika markazi) orqli ijodkorligini oshirish maqsadida MTTlarda barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Biz hozir mana shu markazning har biriga qaytartibda ijod qilish mumkinliginga misollar keltiramiz.
DO’STLAR
(Ilm-fan va tabiat markazi)
Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Bir o’lka bor bo’lib unda turli tabiat unsurlari yashashar ekan. Kunlarning birida ikki o’rtoq temir va yog’och bo’lagi sayohatga chiqibdilar. Ular qalin o’qmonlar oralab, baland tog’lar oshib qumlikka burkangan cho’lga kelib qolishibdi. Cho’l juda issiq ekan. Bu issiqqa ularni oldidan yonayotgan dara chiqibdi. Shunda yog’och bo’lagi o’tirib yig’lay boshlabdi.
-Nimaga yig’layapsan Yog’ochvoy? - so’rabdi temir parchasi.
- Ehh, nimasini aytay Temirvoy, yog’och parchasi bo’lsam, axir olovga kirsam yonib ketaman, - deb javob beribdi. Shunda temir:
- Temirvoy, biz axir DO’STmiz, men seni uustimga chiqarib olovga yaqinlashtirmasdan o’tkazib qo’yaman – debdi. Shunday qilib ikki do’st olovni ortda qoldirib yo’llarida davom etishibdi. Yo’l yurib katta bir daryo oldiga kelib qolishibdi. Bu daryoning suvlari to’lqinlanib, ko’pirib oqayotgan ekan. Shunda Temirvoy tashvishlana boshlabdi.
-Senga nima bo’ldi Temirvoy? Nima sabadan g’amginsan, nega xafa bo’lib qolding?
-Do’stim, men metalman, og’irman. Agar suvga kiradigan bo’lsam cho’kib ketaman, meni qo’y yo’lingda davom etaver, debdi. Buni eshitgan Temirvoy aslo rozi bo’lmabdi va:
- Yog’ochvoy, kel yaxshisi seni men ustimga chiqarib olaman. Shunda sen cho’kib ketmaysan, - deya uni ustiga chiqarvolib, suvdan eson omon o’tib olishibdi. Ular yo’llarida davom etishibdi. Bu sayohatdan keyin ularning do’stliklari yanada mustahkamlanibdi.
Qissadan hissa shuki, do’stlar har doim bir-biriga yordam berishi, o’g’ir kunida yolg’iz qoldirmasligi va har qanday vaziyatda aql bilan ish tutishi kerak bo’ladi. Temirni suv yyuzasiga, yog’ochni esa olovga yaqinlashtirmaslik haqida tushunchaga ega bo’lib, ularni ijodiy bo’yoqlarda bilib oldilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda badiiy so'z katta o'rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she'r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko'radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o'zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go'zalligi, tilning ifodaliligi, she'riy so'zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Buyuk ushba tushunchaga ko’ra nafaqat rasm, mashina nazariya yaratilishi balki rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya - buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o'sishiga ta'sir ko'rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o'lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko'rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o'yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg'ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko'rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to'g'ri-noto'g'ri deb, o'zlariga xos bir yordam beradi.
Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do'stlik, halollik, mehnatsevarlik, o'rtoqlik namunalarini ko'rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she'rlarning musiqaviyligi, tilning o'tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so'z qudratini his etadilar, uncha katta bo'lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she'rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so'zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog'chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o'tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo'lib qoladi. Xalq og'zaki ijodi - ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo'shiqlarning ko'plari uzoq o'tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo'lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg'anchiqlijklkka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo'lishga majbur etadi.
+
3
ADABIYOTLAR SHARHI
O'zbek xalq ertaklaridan tashqari ko'pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o'qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o'qib berish dasturiga kiritilgan. O'zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko'p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G'.G'ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo'min, Sh. Sa'dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari - bolalarga o'qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag'ishlangan adabiyotlar ro'yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o'rin olgan. Bu ro'yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o'qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she'r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she'rlari, topishmoqlar, masallar kiradi. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko'p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko'nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o'zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg'ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Ijodkorlikni oshirishga asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba'zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o'tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o'z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she'r, hikoya, ertak) lozim. Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o'qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko'zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo'lish ko'nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog'cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o'rtoqlashish istagi va ko'nikmasini tarbiyalashi lozim.
Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo'lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya'ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o'zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko'rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o'qib beradigan asarlarini tavsiya ro'yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg'u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o'zaro munosabatlarini, o'yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma'lum hodisalar bilan bog'lash va o'sha vaqtdagina o'qib berish lozim, deb o'ylash noto'g'ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog'liq mavzuni o'qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o'qishni o'tkazish lozim. Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so'zlari ko'p bo'lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o'qimagan ma'qul. O'tmishda tarixiy davr bilan bog'liq bo'lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko'p notanish so'zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug'iladi. Bu so'zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo'ladi. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg'ulotlar g'oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg'itmasligi lozim. Mashg'ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog'lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o'tkazish kerak. Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa'dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so'z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi. Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g'oyaviy mazmunini tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o'ynaydi, tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi. Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa'dullaning «Injiq qiz» she'rini o'qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o'ylang va ayting: qanday qiz haqida - yaxshi qiz va qanday qiz to'g'risida - yomon deyishadi?». Bolalarning javoblari. Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to'g'ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she'rni o'qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she'r «Injiq qiz» deb ataladi. She'rni shoir Shukur Sa'dulla yozgan. Shundan so'ng tarbiyachi she'rni o'qiy boshlaydi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o'qishdan oldin o'tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo'lishi - 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog'lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
NATIJALAR
Ba'zan tarbiyachi muqaddima so'zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma'lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o'zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg'anchiq boyni aldagani»ni o'qib beraman. Mashg'ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O'n ikki oy» ertagini o'qib berishdan oldin: Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi? Bolalar yoki tarbiyachi: O'n ikki oy.
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo'lsa, ularning javoblarini tuzatadi. Tarbiyachi:
Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o'tmagan. Oylar birin-ketin kelaveradi va hech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog'lik o'lka - Begimiyada bir qiz bir vaqtning o'zida o'n ikki oyning hammasini ko'rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo'lgan?
Mana bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o'qiy boshlaydi. Ertak o'qib bo'lingach, qizcha bir vaqtning o'zida birdaniga o'n ikki oyni qanday ko'rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida suhbat o'tkazgan ma'qul. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo'lgan kitoblarni o'qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Har bir bolada bir daho yashiringan. Shu sababli biz uni ham manan ham jismonan yetuk qilib tarrbiyalashimiz lozim bo’ladi. Ma’naviy jihatdan yetuk bolaning har bir sohada o’ziga xos jihatlari bo’lishi lozim. Ya’ni u she’r yod olgan vaqtda, ertak va hikoyalar eshitgan vaqtda undagi syujetlar, manzaralar bolaning tasavvur olamida jonlanishi kerak bo’ladi. Biz bu mavzugni yoritib berish jarayonida juda ko’p bora ababiyotlarga, ularning bola hayotidagi o’rniga, ularning ruhiy olamiga qay darajada ta’sir ko’rsatishini hisobga olgan holda badiiy adabiyatlarga murojaat qilamiz.
Misol uchun Qizil Shapkacha ertagini bolalarga o’qib bergan vaqtimizda bolada odatiy ijtimoiy turmush tarzidan tashqari yovvoyi tabiat haqidagi, yovvoyi hayvonlar haqidagi fikrlari uyg’onadi. Asardagi asosiy g’oya – bolalarning tashqi olam haqidagi bilimlarni kengaytirish, yovvoyi hayvonlarning tana a’zolari, o’rmon tabiatining o’ziga xos jozibadorligi haqida tasavvurini kengaytirishdir. Va bolalar bilan suhbat olib borilginda bolalar ertakka o’ziga xos badiiy ijodiy bezaklar berib turli harakatlar bilan rollarga bo’linib ertakni sahnalashtirib beradilar. Bunda bolalarning nafaqat bilimlari balki mahoratlari ham oshib boradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqilgan dasturlar shunchalik puxta shunchalik ustalik bilan tuzilganki 6ta markaz har doim taxt. Yani bir mashg’ulot olib borilgan vaqtda bolalar qaysi jabhada istedodi qobiliyati bo’lsa shu markaz tomon oshiqadilar.
Til va nutq markazi
San’at markazi
Ilm-fan va tabiat markazi
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazi
Qurish-yasash va matematika markazi
Musiqa markazi
Yuqorida keltirilgan Qizil shapkacha ertagini bolalarga hikoya qilib beramiz. Bunda tarbiyachining notiqlik mahorati ham katta o’rin tutadi. Badiiy ijodiy bezaklar bilan o’qilgan matndagi har bitta bosh qahramondan tortib epizodlargacha, hatto mayda detallargacha ta’sirli va esda qolarli qilib hikoya qilinsa bolaning tafakkurida bo’layptgan jarayonlar jonlanadi va beixtiyor unda ijod qilish hissi va harakat uyg’onadi.
O’ta puxta qilib ishlangan MTTning dasturlariga asosida tuzilgan markazlarda bolalar faoliyat olib boradilar. Faoliyat jarayonida tarbiyachi har bir bolaga e’tibor qaratishi, unning fikrlari, g’oyalari bilan qiziqishi, ijod namunasini qo’llab-quvvatlashi talab etiladi.
Bu jarayonlar nimalarni o’z ichiga oladi?
San’at markazida faoliyat yuritayotgan bolalardan biri plastilindan uy qurmoqda yana biri esa qizil qalpoqchani chizmoqda. Yana bir bolakay rangli qog’ozlar yordamida bo’ri aksini yasash bilan band.
Til v a nutq markazidagi yosh tadqiqotchilar ertakda bayon qilingan o’rmon manzarasini kitoblar arasidan qidirib topyaptilar va o’zaro rasmlarga qarab qayta hikoya qilishmoqda. Bu jarayonni kuzatadigan bo’lsak undagi hikoya qilayotgan hikoyachi bolakayning so’zlari va ohangdorligi tarbiyachining nutqiga yaqin bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki tarbiyachining ham o’rni juda muhim.
Syujetli-rolli o’yinlar markazi esa har doimgidek o’ziga ohangraboday tortuvchi va juda sevimli bo’lgan markazimizdandir. U yerdagi niqoblar, kostyumlar va jihozlar bolani ijod qilishga chorlaydi. Unda qobiliyatli va layoqatli bolalar tezda rollarni taqsimlab olib ertakni sahnalashtirib beradilar
Mana hozir bir ertakni o’qish jarayonida 3ta markazga murojaat qildik. Bu markazlarimizda ishlash jarayonida tarbiyachi e’tiborli, bosh qosh va sanitariya gigiyena holatiga va texnika xavfsizligiga rioya etishi kerak. Bolalarni ham nazorat qilish jaroyida ularga bu ishlarni tushuntirishi lozim bo’ladi. Mashg’ulotni tahlil qilarkanmiz har bir bolaning ijodini mehnatini hurnat qilgan holda to’g’ri baholash talab etiladi. Bunda avval bolalarning o’z rollarini qay darajada ijro etganligi haqida so’raladi. Guruh bo’yicha tahlil qilinadi. Eng so’nggida esa tarbiyachi har bir rolga alohida to’xtalib qaydarajada ijro etilgani vazifani bajarishdagi yutuqlari va kamcciliklari bayon qilinadi. Bolalar bu kaabi mashg’ulotdan juda katta taassurot oladilar. Ular bir-biriga to’g’ri baho berishni va kuzatish metodi orqali boshqa bolalardan o’zlari uchun kerakli bo’lgan bilimlarni egallashadi. Bunda tarbiyachining odilligi, adolatliligi va bilim darajasi yuksak bo’lishi talab etiladi.
MUNOZARA
Axloqiy-estetik mazmundagi adabiyotlar va ularning mazmuni bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa'dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so'z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi. Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g'oyaviy mazmunini tushunib
olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o'ynaydi, tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi.
Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa'dullaning «Injiq qiz» she'rini o'qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o'ylang va ayting: qanday qiz haqida - yaxshi qiz va qanday qiz to'g'risida - yomon deyishadi?». Bolalarning javoblari. Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to'g'ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she'rni o'qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she'r «Injiq qiz» deb ataladi. She'rni shoir Shukur Sa'dulla yozgan. Shundan so'ng tarbiyachi she'rni o'qiy boshlaydi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o'qishdan oldin o'tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo'lishi - 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog'lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o'qib bo'lingandan keyin ham suhbat o'tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko'p savol va tushuntirishlar bo'lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o'qish paytidayoq qahramonlar xatti -harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. O'qilgan asar haqida o'tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to'g'ri baholashga o'rgatish va bolalarning qahramon va uning xatti-harakatlariga o'z munosabatlarini aytishlariga erishish lozim. Sh. Sa'dullaning she'rini o'qigandan so'ng o'tkaziladigan suhbatda bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko'maklashadigan savollar berish kerak.
Bolalar bu kabi ertak, hikoya, she’riy ertak va masallar orqali atrof-olam haqidagi tasavvurlarini dunyoqarashini boyitib boradilar. Boy dunyoqarash, yuksak intellekt bilan esa ularning ichki dunyosida turli qiziqishlar paydo bo’ladi. Ulardan eng ko’p tarqalgani badiiy ijodkorlik ya’ni rasm chizishga bo’lgan qiziqishdir. Turli ertak qahramonlari chizish , plastilindan ertakda qatnashgan buyumlarni yasash aplikatsiya orqali syujetlarni aks ettirish kabi ijodiy rivojlanishlar shakllanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek tarbiyachi bolalar bilan badiiy adabiyotlar orqali mashg’ulotlar o’tish jarayonida berilgan ertak yoki hikoyani keng yoritilishi, ularning har bir elementiga ilmiy-pedagogik metodga asoslanib bolalar bilan ish olib borishi kerak bo’ladi.
Biz yuqorida hayvonlar va turli buyumlar haqida ertaklar ni muhokama qildik. Endi esa quyida maishiy-hayotiy ertaklar bilan tanishamiz.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo'ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do'st bo'lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo'lar edingiz? Bolalarning
javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g'amxo'rlik qilishingiz va yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim beruvchi xarakterdagi kitoblar, masalan, mehnat haqidagi kitoblar mukaddima suhbati va o'qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda bo'lishini talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo'lib xizmat etadi.
Xulosa qilib aytganda, bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo'libgina qolmay, balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo'lga qo'yish g'oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash imkonini berishi kerak.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida bolalar Injiq qiz hikoyasini sanalashtiradilar. Bu sahna ko’rinishi qiziqarli o’tishi uchun bolalar hikoya mazmuniga mos kiyimlar kiyishi va niqoblar taqgan holda ijro etib beradilar. Bolalar bir necha jamoaga bo’linadilar. Ya’ni:
Aktyorlar jamoasi;
Tomoshabinlar jamoasi;
Hakamlar jamoasiga
bo’lingan holda sahna ko’rinishni tahlil qiladilar. Tahlildan so’ng bolalar hikoya asosida o’z fikrlarini bildiradilar. Bu fikrlarning har biri hisobga olinadi. Ertak sahnalashtirgan vaqtda yo’l qo’yilgan xatolar, yutuqlar har bir rolning o’ziga xos jihatini takidlab o’tadilar
Bu kabi ijodiy malakarni oshirish jarayonida bolalar katta kuch, tajriba va eng asosiysi olam-olam zavq oladilar. Har bir faoliyatda zavq olgan, uni jonu dili bilan bajargan bolaning bog’chaga kelishi va har kuni turli sahna ko’rinishlarni ijro etgisi, salbiy va ijobiy rollarni juda ham yaxshi farqlay olishga qobiliyati shakllanadi. Bunda bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqishlari ortib boradi va rasmlarga qarab hikoyalar tuzadilar. So’z boyliklari oshadi. Har bir voqeaga real baho beradilar. Bularning barcchasi MTTlarda tashkil qilinsa unda o’sib kelayotgan yosh avlod manan yetuk jismonan baquvvat har tomonlama barkamol va mustaqil va shaxsiy dunyoqarashga ega bo’ladi. Bunday farzandlar esa kelajakda O’zbekiston Respublikasiga sodiq farzand , yetuk kadr va eng oliy maqsad Yangi O’zbekistonni qurish davrida
O’z oldiga buyuk maqsadlar qo’ygan holda doimo yurtining ertangi kunini bundanda yaxshi bo’lishi uchun mehnat qiladi. Buning uchun esa biz TARBIYACHI- PEDAGOGLAR ertangi kunning davomchilari bolmish qora ko’zlarni har tomonlama tarbiyalashda bor mahoratimizni ishga slogan holda vijdonan vazifamizni ado etishimiz kerak bo’ladi.
v
Dostları ilə paylaş: |