O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/64
tarix26.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#118666
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
O‘zbekiston respublikasi

Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni 
shakllantirishning metodik asoslari 
Reja: 
1.Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar. 
2. Tushunchani o‘zlashtirish ustida ishlash jarayoni. 
Boshlang‘ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe’l”, “bog‘lovchi” 
tushunchalarni, sintaksisda “gap”, “ega”, “kesim”, “ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchalarini, so‘z 
yasalishidan “o‘zak”, “qo‘shimcha”, “o‘zakdosh so‘zlar” kabi tushunchalarni shakllantirish ustida 
ish olib boriladi. 
Tushuncha nima? Tushunchani o‘zlashtirish jarayoni qanday kechadi. 
Tushuncha atrof-muhitdagi hodisalarning muhim belgilari va o‘zaro aloqadorlik aks etgan 
tafakkur shaklini tasvirlab ko‘rsatadi. 
Grammatik tushunchalarda ham boshqa tushunchalar kabi hodisalarning muhim belgilari 
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavxumligi 
bilan farqlanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda 
ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavxum tafakkur 
rivojlangan bo‘lishi kerak. Mavxum tafakkur ta’lim jarayonida maxsus mashqlar orqali 
rivojlantirilib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mavxum tafakkurlarini rivojlantirib boriladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning mavxum tafakkurlarini rivojlantirishga e’tibor bermasa, o‘quvchilar 
so‘zlarni taqqoslay olmaydilar Va ularni muhim xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga birlashtira 
olmaydilar. Masalan: yurmoq, ekmoq, chopmoq, uxlamoq, ko‘karmoq, o‘smoq yoki kitob, do‘st, 


gulchi, qahramonlik, qadam, tinchlik va h. 
Demak, tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilarda mavxumlashtirish ko‘nikmasini 
o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu 
guruhdagi so‘zlarga oid umumiy grammatik belgilarni hisobga olgan holda bularni bir guruhga 
birlashtirishni talab etadi. 
Grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon shartli 
ravishda 4 bosqichga bo‘linadi; 
1-bosqich – tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini taxlil qilish. 
Bu bosqichda ma’lum so‘z va gaplarning leksik ma’nosidan kelib chiqib, mavxumlashtirish amalga 
oshiriladi va til hodisasi uchun xos bo‘lganlari ajratiladi. 
2- bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog‘lanishlarni 
aniqlash, atama berish. 
3-bosqich – tushuncha ta’rifini ifodalashni tushunish, belgilar mohiyatini va ular orasidagi 
bog‘lanishni aniqlash. 
4-bosqich – yangi til materiali asosida o‘rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish, bilim 
tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash. 
Ko‘rsatilgan bosqichlarni “Fe’l” grammatik tushunchasini shakllantirish jarayonini misolda 
ko‘rsatib beriladi. 
Grammatik tushunchalarni o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi 
quyidagilarga alohida e’tibor berishi zarur; 
1. O‘quvchilar faqat darslikdagi misoldan foydalanmay, o‘zlari mustaqil yoki o‘qish 
kitobidagi matnlardan topa olsinlar. 
2. Qoida aytilgach, o‘quvchidan shu qoidaga mos so‘z yoki so‘z birikmasini qidirib topish 
yoki o‘ylab topgan misoli orqali qoidani isbotlash talab qilishi. 
3. Tushunchaning o‘ziga xos belgilarini qoidani qismlarga bo‘lgan holda sanab berishini 
so‘rash. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin