O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Mavzu: Kishilarning ism va familiyasida bosh harf.  Maqsad



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/64
tarix26.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#118666
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
O‘zbekiston respublikasi

Mavzu: Kishilarning ism va familiyasida bosh harf. 
Maqsad.Kishilarning ismi va familiyasida bosh harfni ishlatish ko‘nikmasini 
o‘stirish. Darsning borishi: 
I.Uy vazifani tekshirish. 
1.Mashq ko‘rib chiqiladi. 
2.O‘qish kitobidan qaysi yozuvchilar ismini yozdingiz deb so‘raladi va 4-5 
o‘quvchiga alifbo tartibida yozganlar o‘qitiladi. 
II. Kishilarning ismi va vamiliyasida bosh harf bilan boshlab yozuv ko‘nikmasini
o‘stirish yuzasidan mashq.
1.Nuqtalar o‘rniga bolalar ismini qo‘yib yozgan javoblar 2-3 o‘quvchiga o‘qitiladi.
188-mashq.
2.Uzluksiz berilgan matndagi gaplar chegarasini qanday aniqlab yozganlarini o‘qib 
tushuntiradilar. 189-mashq. 
3. “Onangiz va otangizning familiyasi va ismini ayting” degan vazifani bajaradilar 
va daftarlariga yozadilar. 
III. Darsni yakunlash. 
IV.Uyga vazifa 190-mashq. 
Keyin talabalarga mustaqil ravishda 3-sinfda ot so‘z turkumi, otlar birlik va 
ko‘plikda,ot yasovchi qo‘shimchalar mavzusiga oid dars reja konspekti ustida 
ishlaydilar. 3-sinf ona tili darsligidagi mavzuga oid mashqlar bajariladi. 
229-mashq.Berilgan otlarga ot yasovchi –chi, -kor, -zor, -loq qo‘shimchalaridan 
mosini qo‘yib otlar hosil qiling. Ijod+kor, pardozchi, gallakor, archazor, atlaschi, 
chamanzor, suvoqchi, qumloq. 
 
Shu tartibda mashlar bajartiriladi. 4-sinfda talabalarga otlarning egalik 
qo’shimchalari bilan qo‘llanishi, otlarning kelishik qo‘shimchalar bilan tuslanishi 
mavzulari o‘tilishi haqida ma’lumot beriladi.Otlarning egalik qo‘shimchalar bilan 
qo‘llanishini o‘rgatish mavzusi o‘quvchilar uchun murakkab jarayon hisoblanishi 
aytib o‘tiladi. Chunki, bu mavzu o‘rganilganga qadar o‘quvchilar shaxs tushunchasi 


bilan hali tanishtirilmagan bo‘ladilar. Bu mavzuni o‘tishdan oldin o‘quvchilarga 
egalik so‘zini leksik ma’nosini tushuntirish lozim ekanligi talabalarga aytib o‘tiladi.
Shuningdek otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi mavzusini 
o‘tishdagi izchillik haqida o‘qituvchi talabajarga ma’lumot beradi.Ya’ni bu sinfda ot 
quydagi izchillikda o‘rganiladi. 
1.Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish.
2. Ko‘plikda otlarning turlanishini o‘ganishi . 
3. Har – bir kelishikning xususiyatlarini alohida va u bilab bo‘g‘liq holda, 
kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish.Talabalar 4-sinf 
ona tili darsligidagi mashqlar ustida ishlaydilar. Shunday qilib talabalar boshlang‘ich 
sinflarda ot yaxlit holda, o‘rganilishi va uni o‘rganish o‘quvchilar shu so‘z 
turkumining belgilarining vazifasini o‘zlashtirishga shuningdek, ularda kelishik 
qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishini bilib 
oladilar.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin