64. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga amal qilinmagan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) Ikir-chikir , qop-qop , u-bu B) Ra’-no , ma’-no , mudo-faa
D) Ko‘-ngil , to-ngi , so‘ng-gi E) Sin-gil , ken-gash , den-giz
65. U harfi o‘rniga o‘ harfini qo‘yib ma’nosini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan so‘zlar
qatorini belgilang.
A) Bur , qul , qush B) Tur , ulush , qum D) Sur , buz , bug‘u E) Tuz , tutun , tush
66. Qaysi qatordagi so‘zlarda ,, ng “ harflar birikmasi bitta tovushni ifodalashga xizmat
qilgan?
A) Mangu , tanga , menga B) Senga , unga , bunga D) Ingliz , kongress , Ngiliy
E) Kengash , yangi , yengi
67. Lablangan unlilarni aniqlang.
A) a, I B) e , o D) o‘ , u E) to‘g‘ri javob berilmagan
68. O‘rta keng unlilar qaysi qatorda joylashganini aniqlang.
A) i , u B) o , o‘ D) a , e E) to‘g‘ri javob berilmagan
69. Tor unlilar berilgan qatorni belgilang.
A) o , o‘ B) i , u D) a , e E) D va B javoblar
70. Keng unlilar qatorini aniqlang.
A) i , u B) a , e D) o , o‘ E) A va D javoblar
71. Lablanmagan unlilar qatorini belgilang.
A) i ,e B) o‘ , u D) to‘g‘ri javob berilmagan
E) o‘zbek tilida bunday unlilar yo‘q
72. Jarangsiz undosh tovushlar berilgan qatorni aniqlang.
A) v , g , l , r B) m , n , d , z D) s , sh , ch , x E) b , j , g‘ , ng
73. Jarangli undosh tovushlar berilgan qatorni belgilang.
A) k , t , s B) q , h , p D) ch , sh , x E) y , g , r
74. Bo‘g‘inga noto‘g‘ri ajratilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) So‘-ngi , si-ngil , tong-gi B) Ko‘ng-li , lan-gar , in-gliz D) Yan-gi , ko‘n-gil , ing-liz
E) To-ngi , mang-lay , tan-ga
75. Xato yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) shox , shoh , uxlamoq B) uhlamoq , hol , xol D) xo‘sh , hush , es-hushli
E) xushhabar , xushyor , baxodir
76. Imlo belgilari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) 5 ta B) 4 ta D) 3 ta E) 2 ta
Dostları ilə paylaş: |