Bog‘lanishli nutq, og‘zaki qayta hikoyalash va yozma bayon
Reja:
1. Og‘zaki va yozma qayta hikoyalash qo‘yiladigan talablar.
2. To‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayon.
3. Tanlab qayta hikoyalash va bayon.
4. Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon.
5. Ijodiy qayta hikoyalash va bayon.
Bayon o‘qib berilgan namunaviy matnni, matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng
yozma qayta hikoyalashdir.
Namunaviy matn og‘zaki va yozma hikoya qilinadi. Bayon yozishga tayyorgarlik o‘qish
darslarida o‘qilgan asar matnnini qayta hikoyalash, savollarga javob berish, rejatuzish, reja asosida
qayta hikoyalash jarayonida boshlanadi. Ona tili darslarida mashq ishlash jarayonida tayyorgarlik
yozma shalda oshiriladi. Har qanday qayta hikoyalash asosida bayon yozish mumkin. Byon bu
kikich hajmdagi tuzilishi sodda matn tanlanadi. Keyin u murakkablashtirilib boriladi. Hikoya
shaklidagi matnda asta-sekin tasvir muhokama elementlari bor matn tanlanadi. Qatnashuvchilari
soni ko‘paytirib boriladi. Bayon asta-sekin ijodiy xarakter kasb etib boradi. Boshlang‘ich sinf
dasturiga ikkinchi sinfda o‘ttiz bir so‘zli matn tanlanadi. So‘roqlar yordamida bayonlar yoziladi.
Uchinchi sinfda qirq oltmish so‘zli matn to‘rtinchi 70-90 so‘zli mustaqil tuzilgan reja asosida bayon
yoziladi.
Bayonning ahamiyati:
- bolalarda adabiy nutq to‘g‘ri shakllanadi
- nutq madaniyati egallanadi
- badiiy uslub singdiriladi
- badiiy tilga sezgirlik oshiriladi
Bayonning mavzulari:
- kishilarning hayoti, mehnati, yutuqlari ifodalangan matn
- tabiat bilan bog‘langan matn
- fan-texnika madaniyat yutuqlarga oid matn
Bayon mavzusi o‘quvchilarni bilimini kengaytiradi. Dunyo qarashini shakllantiradi. Qayta
hikoyalashda til materiallaridan nutq aborotlaridan sintaktik qurilishdan foydalani olish zarur. Qayta
hikoyalashda maxsus tayyorgarlikda quyidagi talablarga rioya qilinadi.
1) Qayta hikoyalash turi haqida o‘quvchilarni ogohlantiradi. Matnga yaqinlashtirilib, tanlab,
qisqartirilib, ijodiy qayta hikoyalanadi.
2) Suhbat, mtn mazmuni tahlil qilinadi. Tili oborotlari gaplari aniqlanadi
3) Qayta hikoyalanishni puxtalash uchun ifodali o‘qish.
4) Matnni kompozitsiyali qismlarga bo‘lish sarlavha, reja tuzish.
5) Matnni qayta hikoyalash kamchiliklarni tuzatish.
6) Qayta hikoyalashni bolalar hayoti bilan bog‘lash.
To‘liq qayta hikoyalash uchun hikoya tanlanadi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘p o‘tkaziladi. Bir
kishining hikoya tarzidagi matn bo‘ladi. Matnda keyinchalik qahramonlarni tabiat tasvirini
muhokama elementlarini bo‘lishi zarur.
Qayta hikoyalash uchun tuzilgan savollar har bir gapga qaratilmasdan umumlashtiruvchi
harakterda bo‘lishi kerak.
To‘liq bayonga tayyorgarlik:
2-sinf ona tili: 49,57,147,146,172,187 mashqlar.
To‘liq bayonda uchraydigan kamchiliklar:
a) hikoyani to‘g‘r boshlashni bilmaslik
172 mashq. O‘ktam qizchani suvdan qutqarib oldi. (davom ettirishning endi iloji yo‘q)
b) Matn mazmunini davom ettira olmaslik:
v) Tushunmasdan noto‘g‘ri bayon qilish
g) Bayon qilishda til kambag‘illigi
Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun:
a) Matnni qismlarga bo‘lish
b) Qismlarga sarlavha topish
v) Reja tuzish
g) Reja asosida qayta hikoyalash
Til kambag‘al bo‘lmasligi uchun til materiallari ustida ishlash. Bayon yozish quyidagicha
uyushtiriladi.
1) Bolalarga bir ikki marta o‘qib beriladi.
2) Suhbat: qislarga bo‘lish, mazmuniy bog‘lanishlarni aniqlab reja tuzish.
3) Lug‘at ishi (so‘z ma’nosi va imlosi)
4) Muhim til birliklariga diqqat qilish.
5) Gaplar tuzdirish.
6) Qayta hikoyalash.
7) yozish.
Tanlab qayta hikoyalash matnning tor mavzusi, kichikroq so‘roqqa oid qism tanlanadi.
Masalan: o‘qilgan matndagi qahramonlarning ko‘rinishi, ikki qahramonning to‘qnashuvi, tabiat
tasviri tanlanadi.
Tanlab hikoyalash turlari:
1) qahramonning tashqi ko‘rinishini tanlab qayta hikoyalash, masalan, Odinaning qo‘y
boqib kelgandan so‘ng boyning uni jazolashi;
2) tabiat tasvir. Matnning bir qismini unga chizilgan rasm asosida qayta hikoyalash;
3) O‘qituvchining topshirig‘i bilan hikoyaning bir epizodini qayta hikoyalash;
4) Berilgan mavzua asarning turli o‘rinlaridan parchalar olib qayta hikoyalash.
5) Qisqartirib qayta hikoyalashda quyidagi savollardan foydalaniladi:
6) Har bir qimni bir gap bilan aytish, 1-qismdan asosiy gap qaysi?
7) Ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi bor:
1) shaxsni o‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon;
2) hikoyadagi biror qahramon tilidan qayta hikoyalash va bayon;
3) matnni ijodiy to‘ldirib qayta hikoyalash va bayon;
4) so‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish.
Bunda quyidagi topshriqlar bajariladi: “Siz shunday holatda o‘zingizni qanday sezasiz?
Bular rasmlarda tasvirlangan deb o‘ylang. Shu voqealar ko‘z oldingizdan o‘tayaptimi? Siz
ko‘rgansiz, eshityapsiz o‘zingiz tasvirladim deb o‘ylang”.
Qahramonning tashqi ko‘rinishini o‘ylashingiz mumkin. Suhbat orqali asosiy joylari ajratib
olinadi. Reja tuziladi. Reja asosiy o‘rinlarni ifodalashi zarur.
Dostları ilə paylaş: |