44. Keltirilgan qoidalarning qay birida undalmaning o‘rni to‘liq ko‘rsatilgan? A) Undalma gapning boshida keladi. B) Undalma gapning boshi , o‘rtasi , oxirida
keladi.
D) Undalma gapning oxirida keladi. E) Undalma gapning o‘rtasida keladi.
45. Punktuatsiya qanday prinsiplarga asoslanadi? A) semantik prinsipga B) sintaktik prinsipga
D) intonatsion prinsipga E) yuqorida sanalganlarning barchasi
46. ,, Punktuatsiya ham , yozuv kabi , kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi“. Matn muallifini aniqlang. A) Abdurahmonov G‘. B) Shoabdurahmonov Sh. D) Nazarov K. E) Egamberdiyev B.
47. ,, Tinish belgilari fikrni aniq va tez uqib olishga hamda o‘zgalarga uqtirishga yordam beradi “ . Matn muallifi kim? A) Shoabdurahmonov Sh. B) Nazarov K. D) Abdurahmonov G‘. E) Egamberdiyev B.
48. Imloviy ( orfografik ) mashqlarga qaysilar kiradi? A)
grammatik-imloviy ( orfografik ) tahlil B) ko‘chirib yozuv; diktantlar
D) leksik-grammatik tahlil; bayonlar E) yuqorida sanalganlarning barchasi
49. Ko‘rib idrok qilingan so‘z , gap , matnni yozma shaklda berish – A) ko‘chirib yozuvdir B) diktantdir D) saylanma diktantdir E) to‘g‘ri javob
berilmagan
50. Boshlang‘ich sinflarda insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun qancha vaqt ajratiladi? A) 5 – 10 daqiqa B) 10 – 15 daqiqa D) 15 – 20 daqiqa E) 20 – 25 daqiqa
51. Ona tili mashg‘ulotlarini tashkil etishda qanday reja turlaridan foydalaniladi? A) Yillik va yarim yillik reja B) Choraklik reja D) Mavzuiy reja
E) yuqorida sanalganlarning barchasi
52. Talaffuzga asoslangan yozuv qoidalari qaysi prinsipga kiradi? A) Shakliy B) Morfologik D) Fonetik E) to‘g‘ri javob berilmagan
53. So‘zning eng kichik , bo‘linmaydigan ma’noli qismi – A) o‘zak morfemadir B) affiksal morfemadir D) morfemadir E) to‘g‘ri javob
berilmagan