2.3.1- сhizma. Yadroning tez zarracha bilan to`qnashuvida multifragmentatsiya jarayoni
Hozirgi kunda multifragmentatsiya xarakteristikalari bo`yicha keng ko`lamdagi eksprimental material yig`ilgan. Ular uchib chiqayotgan zarrachalarning tarkibi va soni, ular burchak va energetic taqsimoti va hokazolarga asoslangan.
Bu hodisani tushuntirish uchun bir necha nazariy yondashuvlar qo`llaniladi. Ulardan birinchisi yadro haqidagi gidrodinamik tasavvurlarga tayanadi. Undga asosan yadroga yadro suyuqligining tomchisi deb qaralib, u tez zarracha bilan to`qnashish natijasida isib, qandaydir kritik temperaturalardan temperaturasi oshishi natijasida kichik o`lchamlardagi tomchilarga parchalanib ketadi. Bu yondashuv umumiy holda yadrolarning multifragmentatsiyalari qonuniyatlarini sifat jihatdan tushuntiradi, ammo u klassik xarakterga ega.
Ikkinchi yondashuv yadro ichidagi kaskad usuli bilan bog`liq. Uchib kelayotgan tez zarracha yadro ichida klassik trayektoriya bo`ylab harakatlanib, nuklonlar bilan to`qnashadi va ularga yetarli darajada katta energiya uzatadi. Bu nuklonlarning o`zi yadrodagi boshqa nuklonlar bilan to`qnashadi, natijada zanjir jarayoni rivojlanib, uning ba`zi etaplarida nuklonlar yadrodan uchib ketadi. Shu paytda bu nuklonlar yadroning sirt sohasida to`planib, zarracha yoki bir necha yadro nuklonlarinin olib tashkiliy zarrachani hosil qilishi mumkin.
Bu yondashuvda miqdoriy hisoblashlar uchun Monte-Karlo metodi qo`llaniladi.
Yadro ichidagi kaskad usulini qo`llash yadro multifragmentatsiyalarning ba`zi xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Ammo bu usul tashkiliy zarrachalarning tuzilish jarayonini qo`pol ifodalaydi.
Bu har ikkala usulni birlashtirish tez zarracha va ikkilamchi kaskad zarrachalarning nuklonlar bilan o`zaro ta`sirlarini effektiv hisoblash imkonini beradi. Klasterlarning fazoviy impuls va energetik taqsimotini bilish, yadrolarda nuklonlar va klasterlarning sochilishini bilish yadro klaster erkinlik darajalari hisoblashlarini imkonini beradi.
Hozirgi kunda bu yo`nalish ustida ish olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |