O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O’zbekiston davlat konservatoriyasi



Yüklə 37,38 Kb.
səhifə2/4
tarix04.11.2022
ölçüsü37,38 Kb.
#118935
1   2   3   4
Fayzulla Karomatov

Folklor namunalarini yozib olish



30-yillarda Folklorni toʻplash va oʻrganishga, bir qancha epik asarlar hamda xalq ijodi namunalarini nashr etishga alohida eʼtibor berildi, folklor boʻyicha xrestomatiya va oʻquv qoʻllanmalari tuzildi. Bu davrda xalq teatri, raqsi va tomosha sanʼati (sirki)ni oʻrganish boshlandi.. Musiqa xalq sanʼatini oʻrganishda esa V.Uspenskiy, Ye.Romanovskaya, N.Mironov, Ilyos Akbarov, Yunus Rajabiy va boshqalarning hissalari katta 
60-yillarning oxirlaridan boshlab, xususan, mustaqillik yillarida folkloristik ishlarning miqyoslari yanada kengaydi, ekspeditsiyalar uyushtirish doimiy ravishda yoʻlga qoʻyildi, nisbatan yirik, miqyosan keng, fundamental ishlarni yaratishga intilish kuchaydi. Folklorning turli janrlariga bagʻishlangan monografiyalarning yaratilishi, "Oʻzbek folklori ocherklari", "Oʻzbek xalq ijodi boʻyicha tadqiqotlar" nomida turkum toʻplamlarning yuzaga kelishi, "Uzbek xalq ijodi", "Bulbul taronalari", "Alpomish" dostonining akademik nashri kabi ulkan nashrlarning amalga oshirilishi bunga yorqin misoldir. Bu ishlarni amalga oshirishda sanʼatshunos olimlar F.Karomatov, M.Qodirov, R.Abdullayevlar Oʻzbekistonda musiqa va teatr folklorning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshishgan.
Ekspeditsiya va xalq ijodini o’rganish borasida milliy musiqashunos vakillarimiz ham yetarlicha faoliyat yuritgan bo’lib, ularning ijodiy ishlari hozirda yuksak baholanib kelinmoqda, jumladan Fayzulla Muzaffarovich Karomatov ham o’z davriniing eng yuqori iqtidor egasi bo’lgan san’atshunos olim sifatida yurtimizning qadimiy folklor namunalarini izlash va ularni yozib olish bo’yicha shug’ulllangan.
Fayzulla Karomatov ayniq folklorshunoslik bo’yicha amalga oshirgan ishlari yuqori baholanib, “El-yurt hurmati” unvoniga ega bo’lgan olim sanaladi. 2005-yil tavalludining 80-yilligi muosabati bilan katta anjuman o’tkazilgan.
Ana shu qutlug‘ sana munosabati bilan “San’atshunoslik masalalari II ilmiy makolalar tuplami” nomli olimlarning ilmiy maqolalari to‘plami nashr etildi va San’atshunoslik instituti devorlarida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. San’atshunoslik fanlari doktori, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.Karomatov O‘rta Osiyoda yosh musiqashunoslarning shakllanishiga har tomonlama hissa qo‘shayotgan atoqli olim sifatida mashhur. Uning “O‘zbek cholg‘u musiqasi”, “O‘zbek dombra musiqasi”, “O‘zbek xalq musiqasi merosi XX asrda” va boshqa asarlari, bundan yarim asrdan ko‘proq avval yaratgan folklor-etnografik ekspeditsiyasi ham o‘zining yuksak marrasini yaratishga munosib hissa qo‘shdi. milliy musiqa madaniyatini rivojlantirish va badiiy merosni targ‘ib qilish.

B.Yerzakovichning taʼkidlashicha, “Fayzulla Muzaffarovich, birinchi marta oʻzbek cholgʻu musiqasi va xalq cholgʻu asboblari xalq orasida mavjud boʻlgan koʻp asrlar davomidagi taraqqiyotini eng izchil kuzatib, tizimlashtirib, umumlashtirib, hozirgi Oʻzbekiston musiqa madaniyatidagi ahamiyatini koʻrsatdi. ”. F.Karomatov Sharq xalqlari musiqa san’atini targ‘ib qilish, turli musiqiy mavzularga bag‘ishlangan turli musiqiy anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish borasida katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda, buning natijasida ishtirokchilar boshqa xalqlar ijodi haqidagi bilimlarini boyitmoqda. xalqlar, xalq milliy cholg'u cholg’ularinilarini chalish shakllari va vositalarining xilma-xilligi.




  1. Yüklə 37,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin