O'rta asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar. "O`zbek" atamasi
O`rta Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida bu hududga ko`chib turli elat va qabilalar ham ma'lum ma'noda ishtirok etganlar.
Yuyechjilar, xioniylar, kidariylar, eftaliylar shular jumlasidandir. O`rta Osiyo ikki daryo oralig`i tipi Sirdaryoning O`rta havzasida aniq antropologik tip bo`lib shakllangan davrda bu hududlarda "Qovunchi madaniyati" shakllanadi. So`nggi arxeologik tadqiqotlar natijalariga kova milodiy II-III asrlardan boshlab Farg`ona vodiysi, Samarqand hududlari, IV-V asrda esa Buxoro vohasi, Qashqadaryo va Surxon vohalarida Qovunchi madaniyatining ta'siri seziladi.
IV asrning oxirlaridan boshlab, O`rta Osiyoda yirik turkiy etnoslar xioniylar va eftaliylarning o`troqlashuv jarayonlari kuchayadi. V-VI asrlarga kelib, eftaliylar va xioniylarning asosiy qismi turg`un hayotga o`tadilar. Bu qabilalar o`troq hayot kechirib arfanaviy chorvachilik bilan bir vaqtda dehqonchilik bilan shug`ullanganliklari haqida yozma va arxeologik raanbalar ma'lumotlar beradi.
VI asrning o`rtalaridan boshlab O`rta Osiyoda eftaliylar va Turkiy xoqonlik o`rtasida kurash boshlanadi. Tarixiy manbalardan bizga ma'lumki, VI asrning o`rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibir, Yettisuv, Sharqiy Turkistondagi bir necha qabilalar birlashuvi natijasida yirik Turkiy xoqonlik tashkil topadi. Qisqa vaqt ichida xoqonlik kuchayib. O`rta Osiyoning katta qismini bosib oladi. Turkiy xoqonlik davrida (VI-VIII asrlar) Toshkent vohasi, Zarafshon, Qashqardaryo vohalari, Surxondaryo va Farg`ona vodiylari Xorazm hududlariga turkiyzabon guruhlarning kirib kelishi yanada kuchaydi va ularning ko`pchiligi bu hududlarda turg`unlashib qoldi.
VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr va Xorazm hududlariga bostirib kirgan vaqtlarda bu hududlarda o`troq va yarim o`troq turkiyzabon aholi, so`g`diylar, toxarlar, chochliklar va Xorazmning tub yerli aholisi bosqinchilarga qarshi tinimsiz kurash olib borgan bo`lishlariga qaramay siyosiy parokandalik tufayli ular zulmi ostiga tushib qoladilar.
Ma'lumki, VIII asrning 2-yarmidan turkiy qarluq qabilalari kuchaya boshlaydilar. IX asrning o`rtalariga kelib Yettisuv, Chimkent viloyati, Toshkent vohasi, Farg`onaning shimoliy qismlarini o`z ichiga olgan Qarluq davlati tashkii topadi. Ko`pchilik tadqiqotchilarning e'tirof etilishlaricha, O`zbek elatining shakllanishida Qarluq davlatining ahamiyati katta bo`ladi. X asr o`rtalaridan boshlab bu davlat tarixiy manbalarda Qoraxoniylar davlati nomi bilan tilga olinadi.
Yozma manbalarning ma'lumot berishicha ("Hudud al-olam"), IX-X asrlar qarluqlar egallab turgan hududlarda 20 dan oshiq shahar, ko`plab qishloqlar bо`lgan. Qarluqlar ko`p sonli, nufuzli "xalq" bo`lib, bir qismi chorvachilik bilan shug`ullangan. Qarluqlar yashagan hududlarda yirik etnoslar-chig`illar, yag`molar, xalachlar ham yashagan bo`lib, tadqiqotchilarning fikricha, ular bir-biriga qon-qarindosb bo`lib turkiy tilda so`zlashganlar.
XI asrning birinchi o`n yilligidayoq Janubiy hududlarning to Balx viloyatigacha bо`lgan yerlari dastlab qoraxoniy turkiylar, so`ng esa G`aznaviylar qo`liga o`tdi. Buning natijasida navbatdagi katta turkiy qatlam So`g`diyona, Xorazm va Toxariston yerlariga kirib boradi. Qoraxoniylar davrida Movaraunnahrning barcha hududlarida turkiy qatlamlar mavjud edi.
Qoraxoniylar davlatida qarluq-chig`il turkiy til lahjasi keng tarqaldi. Kevinchalik shu til asosida adabiy turkiy til yuzaga kelib, uni Mahmud Qoshg`ariy "eng ochiq va ravon til" deb atagan. Turkiy tilda IX-XII asrlar mobaynida bir qator asarlar yozilgan bo`lib, Ahmad Yugnakiyning (775-869)"Hibatul haqoyiq" (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni, Yusuf Xos Xojibning (XI asr), "Qutadg`u bilik" (Saodatga yo`llovchi bilim) asari, Ahmad Yassaviyning (1041-1167) "Hikmatlar"i hamda "o`g`uznoma", "Alpomish", "Go`rug`li" kabi dostonlar shular jumlasidandir.
Movarounnahr va Xurosonning forsiy-dariy tilda so`zlashuvchi aholisi X asrdan boshlab o`zini "tozik" ya'ni "tojik" deb yurita boshlaydilar. Somoniylar va Qoraxoniylar (IX asr o`rtalaridan-1213 yilgacha)dan keyin hukumronlik qilgan keyingi sulolaiar, G`aznaviylar; 997-187), Saljuqiylar (1040-1147), Xorazmshoh-anushtegeniylar (1097-231)ning barchasi turkiy qavmga tegishli bo`lib, o`z vaqtida nafaqat O`rta Osiyo, balki O`rta Sharqda bam hukmronlik mavqeyiga ega bо`lganlar. Mug`ullar istilosi garchi aholi boshiga nihoyatda og`ir kulfatlar .va yo`qotishlar olib kelgan bo`lsada, tadqiqotchilar fikricha, O`zbek xalqi etnogenezi va irqigadeyarli ta'siri bo`lmadi.
"O`zbek" etnonomining kelib chiqishi haqida qisqacha fikr yuritadigan bo`lsak, bu etnonimning kelib chiqishini ayrim guruh tadqiqotchilar Oltin o`rda xoni O`zbekxonning (1312-1341) nomi bilan bog`laydilar. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa bu fikrni inkor etadilar '"O`zbek" nomi O`zbekxongacha Oq o`rda mintaqasida, uning g`arbiy Sibir va Qozog`iston qismida yashagan turkiy qabilalariga mansub (xon qabilalar nomidan olingan bo`lishi mumkin), degan fikrni ilgari suradilar. Ayrim tadqiqotchilar esa "O`zbek" atamasini "o`zi bek", "mustaqil" so`zidan kelib chiqib XII-XIV asrlarda. Xalqimizga tan ishlatila boshlagan deb hisoblaydilar.
O`zbek etnonimi kelib chiqishi davriga qarab o`zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq xalqlarini aniq bir vaqtda paydo bo`lgan deb aytib bo`lmaydi. Bu xalqlar ming yillar davomida hozirgi yashayotgan mintaqalarida yashaganlar. Lekin u paytda hali hozirgi nomi bilan atalgan emas va bu nomlari bilan aytilmagan. Ular umumiy nom bilan "turkiy"' deb yoki bo`lmasa, o`z qabilalari nomlari bilan atalganiar.
Tarixning qadimgi davrlarida aholi ko`p hollarda o`zlari yashagar, joy nomi bilan atalgan bo`lib, o`rta asrlarga kelib bu nomlar o`zgaradi. Xususan, Dashti Qipchoq hududlarida yashagan turkiy aholi Movarounnahr yerlariga kelib, bu yerda yashayotgan o`troq aholi bilan uyg`unlashib ketgan va aholini nomi "O`zbek" deb atalgan. o`rta asrlar tarixiy adabiyotlarida ham bu nom "O`zbek", "O`zbeklar" sifatida tilga olinadi. Ammo shu narsa aniqki, Dashti Qipchoq hududlaridan kelgan turkiy qabilalar mahalliy aholi etnogeneziga, urf-odat va an'analariga sezilarli darajada ta'sir etmadilar. Aksincha, ular orasiga singib.ketib yuqori datejadagi madaniyat ta'sirida bo`ldilar.
Tadqiqotchi A.Ibrohimovning yozishicha, o`zbek xalqi asosan ikki etnik qatlamdan tashkil topgan. Birinchi qatlara Turon-Turkiston hududlarida shakllangan. Ikkinchi qatiam esa Volga (Itil) daiyo bo`ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaryoning o`rta va quyi oqimlarigacha bо`lgan hududlarda shakliangan. Bu makon o`tmishda turli nomlar, chunonchi Dashti Qipchoq, Oltin O`rda, O`zbek viloyati, O`zbek mamlakati, O`zbek ulusi deb atalgan. Xalqimizning bu qatlamini shartii ravishda shimoliy qatJam deb atash mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, o`zbek xalqining asosini hozirgi O`zbekiston hududlarida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy saklar, massagetlar, so`g`diylar, baxtarlar, xorazmiylar, qang`lilar, dovonliklar, chochliklar tashkil etgan. Kelgindi aholi mahalliy aholiga qisman ta'sir etsada, uning genetikasini tubdan o`zgartira olmagan.
Dostları ilə paylaş: |