O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə19/86
tarix31.12.2021
ölçüsü1,88 Mb.
#113516
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o

Qo`shinlar. Ahmoniylar davlatida muntazam qo`shin mavjud bo`lib, uning asosini tarkibida o`n ming jangchi bо`lgan «abadiy o'lmas» polk tashkil etgan. Qo`shinlarning bosh qo`mondoni shahanshoh edi. Harbiy tuzilmada keyingi o`rinda «xazarpat»-mingboshi turgan. Ahmoniylar qo`shinlari quyidagi qismlardan ifaorat bо`lgan: 1. - «abadiy o`lmas» polk; 2-piyoda qo`shinlar; 3-otliq qo`shinlar (suvoriylar); 4-satraplar qo`shinlari; 5-yunon yollanmalari: 6-ko'ngilli qo`shin. Qo`shinning qismlari 10,100,1000, 10000 kishilik harbiylardan iborat bo`lib, har bir qisraning tayinlab qo`yilgan boshiig`i bо`lgan.

Yilda bir marta shahanshohning shaxsan o`zi qo`shinlarni ko`rikdan o`lkazib, yaxshi xizraat qilganlarni taqdirlagan, harbiy qoidalarni buzganlarni jazolagan. Butun davlat hududi to`rtta harbiy okrugga bo`lingan. Har bir okrug harbiy boshlig`i markazdan tayinlanib bevosita shahanshohga bo`ysungan. Bosib olingan hududlar va chegara rayonlarda harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Ahmoniylar qo`shinlarining harbiy tartibi haqida Gerodot va Kursiy Ruf batafsil ma'lumotlar beradilar. Bu ma'lumotlarga ko`ra, ularning asosiy harbiy qurollari qilich, gurzi, o`q-yoy, qalqon, xanjar, harbiy bolta va nayzalardan iborat bо`lgan.

Yuqorida ta'kidlanganidek. Ahmoniylar bosib olgan barcha ftududlar satrapiya hokimliklarga bo`lingan bo`lib ularni fors podsholari tomonidan tayinlab qo`yilgan satrap-hokimlar boshqarganlar. Gerodot ma'lumot!ariga ko'ra, Baqtriya XII satrapiya bo`tib 300 talant (talant-Bobil pul birligi bo`lib, 1 talant 30 kg dan ziyodroq kumushga teng), saklar va kaspiylar XV satrapiya bo`lib 200 talant Xorazm, So`g`d, Parfiya va Ariya XVI satrapiya bo`lib 300 talant miqdorda yillik soliq to`lar edilar. Shuningdek, O`rta Osiyoliklar soliq sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqoncbilik mahsulotlarini ham fors podsholariga berib turganlar.

Mil. avv. Vl-lV asdar O`rta Osiyo viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot ancha rivojlanadi. Bu davrda Baqtriya yirik davlat bo`lib, fors podshoiarining Sharqdagi yirik markazlaridan biri edi. So`nggi yillarda O`rta Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o`ttizdan ziyod ahmoniylar davriga oid manzilgohlar ochilgan. Ularning har birida o`zlashtirilgan maydonlar va sug`orish tartibidan tashqari turar joylar va xo`jalik xonalari. mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjuddir.

Bu davr Baqtriya aholisimng asosiy mashg`uloti dehqonchilik edi. Qalayimir, Kuchuktepa, Qizilcha, Bandixon kabi ko`plab yodgorliklardan dehqonchilik bilan bog`liq bо`lgan mehnat qurollari-o`roqlar, ketmonlar, yorg`uchoq va dehqonchilik mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik asosan sun'iy sug`orishga asoslanganligini ko`rsatadi.

Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (Hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari olib borilib, u yerdan topilgan kulolchilik buyumlari ko`hna shaharning eng qadimgi qatlamiari rail. avv. 1 ming yillikning o`rtalariga oid ekanligidan daloiat beradi.

Bu davrda Baqtriyada badiiy hunarmandchilik ham yuqori darajada bо`lgan. 1877 yilda Kobadiyon bekligi (Tojikiston) dan oltin va kumushdan iborat katta xazina topilgan, "Amudaryo xazinasi" nomi bilan mashhur bо`lgan bu xazinada oltin va kumushdan quyilgan jang aravalari, jangchilar qiyofasi, hayvonlar tasvirlarini uchratish mumkin. Bu xazina mahalliy ustalar ijodi bo`lib, mil. avv. V-IV asrlarga oiddir.

Mil. avv. VI-IV asrlarda So`g`diyona hududlarida ko`plab shahar va qishloqlar bo`lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to`lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid Uzunqir, Yerqo`rg`on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo`ja Bo`ston kabi 50 dan ziyod ko`hna shahar va manzilgohlar ochib o`rganilgan.

So`g`diyonaning poytaxti bo`lgan Afrosiyob (Samarqand)da shahar hayotining rivojlanishi So`g`diyona va butun O`rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. So`g`diyonaning "ikkinchi poytaxti" bо`lgan Yerqo`rg`onni (Qashqadaryo) tadqiqotchilar yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar.

So`g`diyona hayotida dehqonchilik katta ahamiyatga ega edi. Shunisi muhimki, dehqonchilik sun'iy sug`orishga asoslangan bo`lib, bu haqda yozma manbalar ma'lumot beradi. Xususan, Straboning yozishicha, Politimet (Zarafshon) daryosi vohadagi eng katta suv manbayi bo`lib, sug`oriladigan yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan. Qo`hna shaharlarda esa hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib borgan.

Mil. avv I ming yillikning o`rtalarida Xorazm ham rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI-IV asrlarda bu hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davrda Xorazmda inshootlar qurilishida xom g`isht, paxsa ishlatilgan. Manziigohlar va turar joylardan topilgan topilmalarning boy va qashshoqligi bu yerda mavjud bо`lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizlikdan dalolat beradi. Shaharlar aholisining asosiy raashg`uloti hunarmanclchilik bо`lgan. Ko`plab topilgan sopol, bronza, temir buyumlar fikrimiz dalilidir. Xorazmda bu davrda mahalliy o`troq aholidan tashqari ko`chmanchi chorvadorlar hara yashagan bo`lib, ular o`rtasida doimiy harbiy to`qnashuvlar, iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo`lib turgan.

O`rta Osiyo xalqlari ahmoniylar madaniyat yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa qo`shdilar. Bu davrda O`rta Osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar. O`rta Osiyo hududidan ahmoniylar pul tartibiga oid oltin dariklar va boshqa tangalar topilgan. Ahmoniylar davrida kO`pgina Sharq xalqlarining siyosiy birligi - butun jahon tarixida, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida rauhim davr bo`lib qoldi. Bu O`rinda O`rta Osiyo hududidagi xalqlar va qabilalarning hara hissasi nihoyatda katta bo`ldi.

Ma'luraki, ahmoniylar davlati turli xalqlar va elatlarni bosib olib birlashtirish yo`li bilan tashkil topgan edi. Bu davlat tarkibidagi xalqlar doimiy ravishda o`z ozodligi va mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Undan tashqari ahmoniy hukmdorlarining taxt uchun kurashlari ham davlatni zaiflashtirib bordi. Mil. avv. IV asrning o`rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi. Bu davrda Makedoniya podshosi Fillip II Bolqon yarira orolida o`z mavqeini mustahkamlab oldi va ahmoniylarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko`ra boshiadi.

Fillip II o`z davriga mos harbiy islohotlar o`tkazib tartibli va yaxshi qurollangan qo`shin tuzishga muvaffaq bo`ldi. Mil. avv. 336 yilda ahmoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Fillip II ning o`ldirilishi tufayli bu kurash to`xtab qoldi. o`sha yili taxtga Fillip II ning o`g`li 20 yoshli Iskandar (Aleksandr) o`tirdi. Bu paytga kelib, yimon shahar-davlatlarida Iskandarga qarshi harakatlar boshlangan bo`lib, yosh podsho bu harakatlarning barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi, Iskaadar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo`shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo`shinlar oldiga aniq vazifalar qo`ydi.

Mil. avv. 334-yilning bahorida makedon qo`shinlari "urush olovini Osiyoga, Osiyo baxtini esa o`zimizga qaratamiz" shiori ostida forslarga qarshi yurish boshladi. Mil. avv 334-yiI may (Granik daryosi yonida), 333-yil noyabr (Issa shahri, Suriya chegarasida), 335-yil oktyabr (Gavgamela, Shimoli-sharqiy Mesopotaraiyada) bо`lgan hal qiluvchi janglarda fors qO`shinlari to`la mag`lubiyatga uchradi. Arrianning malumot berishicha ahmoniylarning so`nggi hukmdori Doro III Baqtriyaga qochib ketadi va Baqtriya satrapi Bess tomonidan fitna uyushtirilib o`ldiriladi.

Mil. avv. 330-329-yiiiar qishida Makedoniyalik Iskandar qo`shinlari Hinduqush dovonidan o`tib Shimoliy Baqtriya yerlariga chiqib keladilar. Bess o`z qo`shinlari bilan Iskandarga qarsbi chiqdi. Ammo, tajribali yunon-makedon qo`shiniaridan mag`lubiyatga uchradi. Iskandar Baqtriyaning poytaxti Baqtra. shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkam qaPalarni egalladi.

Mil. aw. 329-yilning bahorida Makedoniyalik Iskandar qo`shinlari aks (Amudaryo) bo`ylariga yetib kelib katta qiyinchilik bilan daryoni kechib o`tdilar. Daryodan o`tgan qo`shinlarning dastlab Ptolemey Lag boshchiligidagi ilg`or qismi keyin esa asosiy qo`shinlar Navtaka viloyatiga (Sharqiy Qashqadaryo) kirib boradilar. Bu yerdan esa Iskandar qo'shinlari So`g`diyonaning poytaxti Marokandaga (Samarqand) yo'1 bilar. Kursiy Ruf ma'lumotlariga qaraganda, yunon-makedon qo`shinlari Maroqandani egallashda unclialik qarshilikka uchramadilar va saharda o`z garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib", shimoli-sharqqa tomon harakatlana boshladilar.

Maroqandadan so`ng yunon-makedon qo`shinlarining yurishi nihoyatda og`ir kechdi. Mahalliy so`g`diy aholi dushmanni o`ta norozi kayfiyatda kutib oldi hamda bir tan- bir jon bo`lib unga qarshi chiqdi. Ular o`z yerlarining ozodligi va mustaqilligini mardonavor turib chet el bosqinchlaridan himoya qildilar. Iskandar Ustrushonaning (Samarqand va Jizzax oralig`ida) tog`li hudud aholisini qiyinchilik bilan yenggach dasht ko`chmanchilari (saklar) va o`troq aholi (so`g`diylar) o`rtasida chegara hisoblangan Yaksart (Sirdaryo) tomonga harakat qila boshladi. Yunon-makedonlar daryo bo`yida to`xtab bu yerdagi shaharlarga o`z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko`p o`tmay bu shaharlar aholisi Iskandarga qarshi qi`zg`olon ko`taradilar. Daryoning o`ng qirg`og`idagi saklar ham o`z qo`shinlarini bir yerga to`play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va So`g`diyona hududlarida ham Iskandarga qarshi qo`zg`olonlar boshlanib ketadi.

Iskandar dastalab Yaksart bo`yida o`z mavqeini mustahkamlashga qaror qilib, bu yerdagi qo`zg`olonlarni bostirdi. So`g`diyonada mil. avv. 329 yil" kuzida Spitaman boshchiligidagi qo`zg`olonni (Maroqandada) bostirish uchun sarkarda Farnux boshchiligidagi qo`shinlarni jo`natdi. O`zi asosiy kuchlar bilan saklar ustiga yurish qildi. Ammo bu yurish muvaffaqiyatsiz tugadi.

Farnux boshchiligida Maroqandaga jo`natilgan qo`shinlar Spitaraan tomonidan mag`lubiyatga uchradi. Iskandarning o`zi asosiy kuchlar bilan So`g`diyonaga qaytishga majbur bo`ldi. O`rta Osiyo hududlarida ko`tarilgan qo`zg`olonlar yunon-makedon zulmidan ozod bo`lishga qaratilgan bo`lib, Iskandarning "varvar"larni osonlikcha bosib olmoqchi bо`lgan rejalarini puchga chiqardi.

So`g`diyonaning tog`li hududlaridagi bosqinchilar qadami yetmagan joylarda qo`zg`olonchilar yashirinib olgan edilar. So`g`diyonaning deyarli barcha aholisi Spitaman tomonida bo`lib, uning g`alabalariga katta uraid bog`lagan edilar. Iskandar esa, mil. avv. 329-28 yillar qishlovini Baqtriyada (ba'zi manbalarda Navtakada deyiladi) o`tkazar ekan vaqtni behuda ketkazmadi. U bu yerda Xorazra hukmdori Farasman bilan muzokaralar olib bordi. Natijada Iskandarning Xorazmga yurisb rejasi to`xtatildi

Mil avv, 328-yilning bahoridan yunon-makedonlarga qarshi kurash yana avj oldi. Mahalliy aholi yirik shaharlar, qapalar, tog`li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Ahvol jiddiylashganidan xavotirga tushgan Iskandar 30 ming qo`shinini 5 guruhga bo`lib, bu guruhlarga ishonchli sarkardalar-Gefestion, Ptolemey Lag, Perdikka, Ken va Artabozlarni boshliq etib tayinladi.

Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko`pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qolganlari ham tog`li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Bu o`rinda Spitamanning jasorati haqida to`xtalish joizidir. U doimo raqiblarining zayif joylarini izlar va ularga aynan o`sha joylardan zarbalar berar edi. Spitaman so`g`diy va baqtriyalik zodagonlar, hamda saklar bilan ittifoqlikda dushmanga qarshi kurashishga harakat qildi. Manbalarning maMumot berishicha tnil. avv. 328-yilning oxirida Spitaman o`z vatandoshlari xiyonatining qurboni bo`ladi. Spitaman tajribali davlat arbobi va sarkarda bo`lib, u bosqinchilarni Ona-yurtidan haydab chiqarishi uchun imkoniyati bо`lgan barcha tadbirni ko`rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo`lib dushmanning kichik xatosidan ham unumli foydalanar va uning zayif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Iskandar harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi.

Spitaman halok bо`lganidan so`ng asosan tog` qapalari qo`zg`olon o`choqlariga aylanadi. Yozma manbalarda eslatilgan "So`g`d qoyasi" (yoki "Arimaz qoyasi"), "Xoriyen qoyasi" shular jumlasidandir.

Makedoniyalik Iskandar mahalliy aholini kuch bilan yengish nihoyatda og`ir ekanligini anglab yetganidan so`ng turli yo`llar bilan ularga yaqinlashishga qaror qildi. Mahailiy xalq vakillariga nisbatan siyosatini tubdan o`zgartirdi. Xususan, zardo`shtiy kohinlariga birmuncha erkinliklar berib o`zi ham bu dinni qabul qildi. Qo`zg`olon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xoriyen kabilarni avf etib, raol-mulklarini qaytarib berdi. Hatto, qo`zg`olonga qatnashganlarga mukofotlar tarqata boshladi. Mahalliy aholi biian qarindoshlik munosabatlarini o`rnatib Oksiartning qizi go`zal Roksanaga (Rohshanak) uylandi. Natijada mahalliy zodagonlarninng deyarli barchasi Iskandar hokimiyatini tan olib uning xizmatiga o`tib ketdilar. Mil. avv. 327-yilning oxirida So`g`diyonadagi qo`zg`olonning so`nggi o`choqlari ham bostirildi.

Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O`rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko`rsatdilar. Ular yunonlar o`ylaganidek, "varvarlar" va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki o`z davrining yuksak harbiy sarfati va nadaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Iskandar qo`shinlari butun. Sharq davlatlarini o`zlariga bo`ysundirganlarida .So`g`diyona va maqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Iskandar yozgan ko`pgina qadimgi davr tarixchilari ham e'tirof etadilar.

O'zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi qadimgj davrlardan boshlab bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurash oiib borib o`z ozodligi va mustaqilligi yo`lida bir tan-bir jon bo`lib harakat qilganlar. Ammo kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi ko`p hollarda bosqinchilar ustunligini ta'minlagan.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, Ilk temir davri O`rta Osiyoda yashagan xalqlar va qabilalar orasida keng tarqaigan va asosiy din zardp`shtiylik edi. Bu diniy ta'limotning asoschisi Zaratushtra va bu dinning muqaddas kitobi "Avesto" haqidagi bahs va munozaralar tadqiqotcbilar orasida hozirgacha davom etmoqda.

Zaratushtra (O`rta fors tilida "oltin tuyali", "oltin tuya yetaklagan odam") tarixiy shaxs bo`lib, Spitama avlodidan kelib chiqqan. Zaratusbtraning otasi Pourushasp qohinlar avlodidan bо`lgan. Zaratushtra tug`ilgan joy' haqida aniq ma'lumotlar yo`q. Uning tug`ilgan yilini tadqiqotchilar keng sanalar bilan (mil. avv. 1500-1000 yillardan boshlab, mil. aw. VII-VI asrlargacha) bog`laydilar. Sosoniylar davri (III-VII asr) zardo`shtiylar an'ana)ariga e'tibor beradigan bo`lsak, Zaratushtraning bayoti mil, avv. VII-VI asrning boshlariga to`g`ri keladi. Ko`pchilik tadqiqotchilar bu sanani to`g`ri deb hisoblaydilar.

Zaratushtra tug`ilgan joy bamda "Avesto" paydo bо`lgan hudud haqida ham olimlar oraslda yagona fikr yo`q. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon, yana bir guruh qadirngi Baqtriyada, boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tug`ilib feoliyat ko`rsatgart va "Avesto" ham shu hududlarda paydo bо`lgan deb hisoblaydilar.

Zaratushtraning yangi ta'limoti o`z vatanida tarafdorlarini topmaganligi sababli u o`z yurtidan ketishga majbur bо`lgan. Zaratushtra diniy ta'limotini birinchi bo`lib qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, rnalika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o`z g`oyalarida qonli qurbonlik qilishni qafiyan qoralaydi. U yana shuni ta'kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo`lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo`q.

Zaratushtra o`z g`oyalarini targ`ib qila boshlagan davr O`rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhini davr edi, Ibtidoiy jamoa munosaballari o`zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din esa bu o`zgarishlarni o`zida aks ettirib, tug`ilayotgan sinfiy jamiyatga xizmat qilar edi. U birlashishga va kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, O`sha davrda O`troq dehqonchilik bilan shue'ullanuvchi vodiy aholisi uchun "xudoning qamchisi (tig`i)" hisoblangan ko`chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi.

Zardo`shtiylarning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash yorug`lik, yaxshilik kuchlari xudosi Axuramazda, qora va zulmat kuchlari xudosi Axriman o`rtasida boshlanib jamiyat va insonlar orasida davom etgan;

Zaratushtra ta'limotiga ko`ra jamiyat yaxshilik va yomonlikdan iborat. Shuningdek. bu ta`limotga ko`ra insonlar hayotining asosiy mazmuni doimo xayrli ishlar qilish, bir-biriga mehr-oqibatli, xushmuomala bo`lish va olijanob fazilatlardan iborat. Zardo`shtiylarda to`rt unsur - olov, yer, suv va havo muqaddas hisoblangan va ular doimo ardoqlanib kelingan.

Zardo`shtiylar o`limni dunyoda, jamiyat taraqqiyotida eng yovuz narsa deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular muqaddas yerga o`likni ko`mmaganlar hamda o`ziga xos ko`mish marosimlariga amal qilganlar. O`likni (odam, hayvon) yerga ko`mish qattiq jazolangan, Zardo`shtiylar o`likni maxsus joylarda saqlab, hayvonlar va qushlar ular suyaklarini tozalaganidan so`ng tozalangan suyaklarni tosh, loy yoki ohakdan yasalgan maxsus "astadon" ("ossuariy")larga dafn elganlar.

Zaratushtra dini vaqt o`tishi bilan asta-sekin, eron tiliga mansub xalqlar o`rtasida tarqalar ekan o`z asosini saqlagan holda biroz o`zgaradi. Axuramazda va Axriraandan tashqari "Avesto" bir qator boshqa xudolar -Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabi ulug` xudolar faoliyati haqida ham bikoya qiladi.

Zardo`shtiylik Sosoniylar davrida (mil. III-VII asrlar) uzii-kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardo`shtiylik adabiyoti ham keng tarqaldi. Dastlabki paytlarda zardo`shtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlarga og`zaki yetkazilgan va Zaratushtra o`limidan so`ng bir necha asr o`tgach ma'lumotiar to`planib yagona matn yozilgan. "Avesto" shu tariqa yuzaga kelgan, Bir qator olimlar zardo`shtiylik aqidalariga tayanib "Avesto"ni ilk sosoniylar (III-IV asrlar) davriga bog`lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. T asrda bo`lib o`tgan deb hisoblanadi. "Avesto" ("Asos", "Asosiy matn") jumlasi ham o`sha paytda paydo bo`ladi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O`rta Osiyo hududlarida madaniy hayot, milliy urf-odatlar, an'analarning rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. .Shunday an'analardan biri Navro`z bayramidir.

Navro`z qadim avlodlarimizdan bizgacha yetib kelgan muqaddas urf-odatlardan bo`lib, uni bayram qiJish O`rta Sharq va O`rta Osiyoda qadimdayoq rasm bо`lgan. Asrlar o`tishi bilan Navro`z bilan bog`liq an'analar xajqlar va elatlar o`rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi zaminida keng yoyila borib, ko`p o`lkalarning an'anaviy milliy bayramiga aylandi.

Narshaxiyning ma'Iumot berishicha, "Navro`z - Yangi yil bayramini o`tkazish" an'analari boshlanganiga uch ming yildan o`tgan. Ingliz olimasi.M.Boys fikricha, zardo`shtiylarda "olov hamda ezgulik homiysi Asha Vahishta sharafiga bahoriy udum - Navro`zni o`tkazish an'anasi paydo bo`lgan". Beruniyning yozishicha, "Navro`z yangi yilning birinchi kuni bo`lib, uning forscha nomi ham shu ma'noni taqozo etadi. Yeroniiklar o`traish zamonlarda yillarni qabisali oylarga bo`lishgan. Bu vaqt quyoshninng Saraton burjiga kirish paytiga to`g`ri kelar edi. So`ngra u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo`ldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, ya"ni, bahor yomg`irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha o`simlik unib chiqa boshlashidan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro`z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan.

Demak, Navro`z 3-3,5 ming yillar ilgari paydo bо`lgan bo`lib, asrlar davomida yangicha qarashlar va arfanalar bilan boyib bordi. Shu bilan birga uning tarkibida ajdodlarimining qadimgi mifologik tasavvuriari va hayot tarzi bilan aloqador raarosim va urf-odatlar ham saqlanib qoldi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin