O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


XIII asr 2-yarmi va XIV asr 1-yarmidagi madaniy hayot



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə43/86
tarix31.12.2021
ölçüsü1,88 Mb.
#113516
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o

XIII asr 2-yarmi va XIV asr 1-yarmidagi madaniy hayot

XIII asr II-yarmida XIV asr I-yarmida xo’jalik, iqtisodiy hayotdagi siljishlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, qolaversa, Chig`atoy mo`g`ullarining tobora o`troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga olib keldi. Avvalo shaharsozlik bilan bog`liq binokorlik va me'morchilik yo`lga qo`yila boshlandi. Mahalliy diniy ulamolar va dunyoviy zodagonlar, gohida mo`g`ul zodagonlarining ba'zilari qurilish ishlariga homiylik qila boshlashdi. Me'morchilikda alohida o`rin tutgan ganchkorlik, g`isht o`ymakorligi, koshinpazlik, me'moriy xattotlik qayta tiklandi. Movaraunnahr, Xorazmda mahalliy binokorlar ishtirokida xonaqo, maqbara, masjid, madrasa, saroy, minoralar qad ko`tara boshladi. Shu davrlarda barpo etilgan ko`pgina me'moriy obidalar u yoki bu urinishda hozirgi kunlargacha yetib kelgan.

Jumladan, Buxorodagi Sayfiddin Boharziy maqbarasini birinchilardan barpo etilgan me'moriy bino sifatida ko’rish mumkin. Taniqli buxorolik shayx Sayfiddin Boharziy nufuzli diniy ulamolardan bo`lib, u 1258-yili olamdan o`tgan edi. Uning qabri ustida tez orada katta maqbara va honaqo barpo etildi. 1333-yili Buxoroda bо`lgan arab sayyohi ibn Battuta ushbu maqbaraga yuqori baho bergan edi. Shuningdek, mana shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Xo’ja Ahmad maqbarasi, qo`shni Urganchdagi Najmiddin Kubro va To`rabekxonim maqbarasi, masjid va 2 ta baland minoralar (minoraning hozirgacha saqlangan qismi 62 metrni tashkil etadi, minoralarning bittasi XX asr boshlarida qulab tushgan), Xo’janddagi Duvaxon maqbarasi (keyinchalik vayron bо`lgan) va boshqalarni tilga olib o`tish mumkin. Qarshidagi buzilib ketgan saroy, Ma'sudbek hukmronligi davrida (1238-1289) Buxoroda barpo etilib, 1000 tacha talabaga mo`ljallangan "Ma'sudiya", "Xoniya" madrasalari va boshqalar to`g`risida manbalarda ma'lumot berib o`tiladi.

Ko`rilayotgan davr binokorligi va tne'morchiligida pishiq g`isht, koshin, parchin, me'moriy o`ymakor g`ishtlar hamda ganch va ohak, pista ko`mir, qumlardan tayyorlangan maxsus qorishmalar kabi qurilish mahsulotlaridan ham binolarni qurishda hamda ularni me'moriy jihatdan bezashda keng foydalaniladi. Monumental binolarning aksariyatt esa bir yoki ikki gumbazli, toqu ravoqli va peshtoqli bо`lgan. Naqshinkor g`isht, koshinlar, kitoba (lavha) bilan naqsh berish an'analari davom ettirilgan. Shuningdek naqshlarning turli tuman, guldor bo`lishi, o`ymakor amaliy san'at qayta tiklanganligidan ham darak berar edi. Kulolchilik, misgarlik, zargarlikda ham naqsh bilan ishlov berish holati avj oladi.

Shubhasiz, Chingiz o`rdalarining bosqini Movarounnahr va Xuroson ilm fan, adabiyot o`choqlariga katta zarba bo`lib tushadi. XIII asr-XIV asr oxirlariga qadar mo`g`uilar qadami yetmagan yoxud ularning ta'siri kara bо`lgan Dehli sultonligi, janubiy Yeron, Kichik Osiyo, qisman Suriya va Misrda ilm-fan, ma'rifat, adabiyot taraqqiy eta boshlagan edi. Faqatgina XIV asr oxiri- XV asr boshlariga kelibgina ma'rifat, madaniyat o`choqlari yana Movarounnahr va Xurosonga ko`chadi.

XIII asr-XIV asrning 2-yarmida fors-tojik adabiyotida ayniqsa Jaloliddin Rumiy (1207-1272), Muslihiddin Sa'diy Sheroziy (1219-1293), Atnir Xusrav Dehlaviylarning (1253-1325) o`rni va mavqei kcf tarilib, ular jahon adabiyoti olamiga taniladilar. Asli Balx shahridan bо`lgan Rumiy 14 yoshligida o’z oilasi bilan mo`g`ul bosqinidan qochib Kichik Osiyoning Ko’niya sultonligiga borib qoladi. Ko`niya, Halab, Damashqd tahsil olib, buyuk tasavvuf ilmi shoiri va faylasufi bo’lib taniladi. she'riyatda so`fiy-falsafiy janrni rivojlantirib, o’zining 36 ming baytdan iborat "Masnaviyi-ma'naviy" degan dostonini yaratadi. Sa'diy esa islom olamida o’zining "Guliston" va "Bo`ston" asarlari, g`azallari, ahlonjj fikrlari bilan keng shuhrat qozonadi. Uning asarlarida Ona-Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mehr-muhabbat g`oyalari hamisha barq urib turadi. U o’z asarlarida kishilarni o’zaro hamjihatlik va totuvlikka, hukmdorlarni adolat va insofga chaqirib, salbiy xususiyatlarni qoralab chiqadi. Sa'diy o’z umrini ona shahri Sherozda tugatgan.

Xusrav Dehlaviy Hindiston shimoliga mo`g`ul bosqinidan qochib borgan asli Kesh (Shahrisabz) lik kishilar xonadonida dunyoga keladi. U Dehlida sulton saroyida yashab, o’zining ajoyib "Xamsa" dostonini, Hindistonda hozirgacha mashhur "Xizrxon va Duvalra"ni, "Miftah al- futuh" (G’oliblik kaliti) "Nuh sipehr" (Falakning to`qqiz gumbazi) kabi asarlarni yozadi. XIII asrning 2-yarmidan boshlab tarixnavislik ham rivoj topa boshlaydi. Bu davrda asli G’ur viloyatidan bolgan Abu Umar Minhojiddin Juzjoniyning 1260-yil yozilgan "Tabaqoti Nosiriy" (Nosirga atalgan tabaqalar), Oloviddin Ota Malik Juvayniyning "Tarixi jahongo`shaiy" (Jahon fotihi tarixi), Fayzulloh Rashididdin Hamadoniyning "Jomy at-tavorix" (Tarixlarning jamlanishi) Shahobiddin an-Nasaviyning "Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankburni" (sulton Jaloliddin Mankburning hayot faoliyati) kabi nodir tarixiy asarlari ham jahon yuzini ko’rdi.

Bu asarlar o’z vaqtida mo`g`ullar istilosi va undan keyingi davrni o`rganish bobida birinchi darajali manbalar hisoblanadi. Bu paytda shuningdek, islom ahloq-odob va taqvodorligi asosida turkiy tildagi adabiyot ham rivoj topa boshladi. Xorazmdagi bu adabiyotning bir vakili mashhur faylasuf shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (] 247-1326) hisoblanadi. U nafaqat shoir, mutafakkir bo`libgina qolmay, Hindiston, Sheroz, Rumda ham beli yerga tegmagan kurashchi polvon ham edi.

Xuddi shu ma'noda "Pahlavon" taxallusi unga haqli ravishda berilgan. Xalq ichida esa uni yana behad saxovatli, bag`rikeng, adolatli inson sifatida hurmati katta edi. U g`oli-blikdan tushgan mukofotlarni yetim-yesir, nogironlarga hadya etar, po`stindo’zlik hunaridan kelgan daromadini atrofidagi kambag`allar bilan baham ko`rar edi. O’z yonidan hatto Xiva yaqinida maqbara ham barpo etadi. Uning mardligi, tantiligi haqparvarligi to`g`risida bizning kunlarimizga qadar turli hikoyat bam yetib kelgandir. Uning insonga xos bo`lgan ulug’lovchi ruboiylari xalq orasida keng tarqalgan bo’lgan vakovati, ahloqiy kamolati va ahloqiy pokligini qadimiy tilda ijod qilgan yana bir shaxs bu nomi bizgacha Nosiriddin Burhonuddin Rabg`uziydir. U XIII asr boshlarida yashab, ijod qilgan. Bizgacha uning birgina Kziv (Qissasul anbiy) asarii yetib kekgan. Bu asar muallifi? o’zini o’zining qozisi Burhon o`g`li Nosiriddin" deb aytgan. Shn asar islom dinini qabul qilgan mo`g`ul beklaridan biri bo’lmish to`qbug`aning iitimosiga ko’ra hijriy 709 (miloddan avvalgi 310) yilda yozilgan. Ushbu asar 72 qismdan ibprat bo lib, paygambarlar, Dovud Sulavraon, Muhammad) haqidagi qissalar diniy rivoyatlar, hikoyatlar, xalq og`zaki ijodi, tarixiy asarlar dmiy kitoblar asosl etilgan dtoiy-falsafiy, tarixiy, ahloqiy asaridir. Ushbu asar xalq baxshi va oqinlar orasida hamisha mashhur bo`iib kelgan. Asoa etilgan ahloqiy fezilatlar, ta'lim-tarbiya, ma'nfat xususida fikri kunga qadar o’zining dolzarb ahamiyatini yo`qotgan.

Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda, tasavvur din ilmlarining ham rivojlanishi ko’zga tashlanadi. Tasavvur mashhur namoyondasi, naqshbandiylik tanqatmmg asoschisi B.Naqshband (Sayid Muhammad ibn Jalohddm) (1318-1389)-avvalo o’z mehnati bilan halol kun ko`rish g`oyasini yoqlaydi. Uning “dil ba yoru, dast ba kor” (ya'ni diling xudoda bo`lsinu, qo’ling mehnatda bo’lsin) degan shiori keyinchalik juda mashhur bo’lib ketdi Uning nomi xalq orasida ma'lum va mashhur bo`lib ketib, Buxoro yaqinida bir musulmonlar ziyoratgohlaridan biriga aylanib qolgan. Mustaqillik inoyati bilan bu ajdodimizning nomlari qayta tiklanib, uning joylashgan yer obod va ko`rkam ziyoratgoh tusim oldi.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin