O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Vatan tarixini o`qitishning ahamiyati



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə7/86
tarix31.12.2021
ölçüsü1,88 Mb.
#113516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o

Vatan tarixini o`qitishning ahamiyati
Taraqqiy etgan millatlarning o`z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e'zozlashi ko`z qorachig`idek asrashining ko`pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bо`lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog`liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab. o`z o`tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.

Boshqacha bir ma'noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to`g`ri anglagandagina, xalqlar o`z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi AAvgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya'ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o`rnini ko`rsatib, shunday degan edi; "G`aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo, uning tarixini uyg`ot".

XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni o`zining quyidagi to`rtligida yanada teran ma'noda mana bunday bayon etadi:

Kimki tutmas qalbida tarixni,

U inson ham emas, olim ham emas.

Biroq kimki uqsa o`tmishini,

Ko'p boyitar o`z tunnushini.

Salkam bir yarim asr hukraronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o`rnini to`g`ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o`chirib, uni abadiy, qalban ma'naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.

Shu o`rinda, Farg`ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu wovinistik shiorga araal qilganligini aytib o`tish joizdir: "Millatni yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo`q qilsangiz bas, tez orada o`zi adoyi tamom bo`ladi".

Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig`i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo`mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfvylikda ishlab chiqqan ko`rsatmasida o`z aksini quyidagicha topgan edi: "Tarix darslarida o`tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizraat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e'tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozirn".

Shuning uchun ham o`tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida O`zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta'limi sohasida o`qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat. maktabning 5-sinflaridagina "O`zbekiston tarixidan hikoyalar" degan "hikoyalar" predmeti o`qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o`z o`tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo`ldi. Bu mash'um siyosatning "samarasi" o`laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrira koramunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O`zbekiston tarixini oliy o`quv yurtlarida o`qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko`rsatdilar. Bu antiqa "qarshilik" to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o`quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o`quv yurtlarida o`qitiladigan fanlarning orasida o`zining qonuniy o`rni va nufuziga ega bo`ldi.

O`zbekiston hukumati mustaqillikdan so`ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma'naviyati va mafkurasi, xalqj ta'limida tutgan o`rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri darajasiga ko`tardi.

O`zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachiiik g`aflat uyqusidan ko`z ochib uyg`ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir,

Umuman, Ona tarixni o`qitish va o`rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj rnilliy ma'naviy-mafkuraviy uyg`onish, madaniy va iqtisodiy. yuksalishlarga bо`lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bо`lgan millat ehtlyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg`onishning asosidir.

Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o`rganish va o`qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g`oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o`qitish va o`rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo`ysinmaslik, begona e'oya va mafkura hamda zug`umlar ta'siriga berilmaslik ma'naviyatiga ega bo`ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.

O`zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo`lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g`oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g`urur va o`zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To`rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e'zozlash. asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo`ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e'tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash.

O`zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o`zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo`shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o`rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e'tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o`zi guvoh. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog`imiz lozimdir.

Mahmudxo`ja Behbudiy "Turkiston tarixi kerak" nomli maqolasida yozadi: "Tarixning foydalaridan ba'zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo'l ila taraqqiy etganin o`qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo`lib (tugab-bitib) ketganin o`quv mundan ham istifoda etmak mumkindir"

Nushiravon. Yovushev esa "Turkiston tarixi" nomli maqolasida tarixga quyidagicha baho beradi: "O`z milliy tarixini bilmagan millat, o`z otasini bilmagan ... bir bolaga o`xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma'naviy hayotidur".

Xulosa shuki, O`zbekiston tarixini o`qitishning ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov tarixni o`qitishga katta e'tibor berib, tarixchilarga qarata da'vatkorlik bilan shunday deydi: «... Millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki xalqimizga ma'naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g`ururini uyg`otsin».


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin