O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə9/86
tarix31.12.2021
ölçüsü1,88 Mb.
#113516
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o

So`nggi paleolit uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi bo`lib, nisbiy tarzda mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o`z ichiga otadi-. Bu davr yodgorliklari mustye madaniyati yodgorliklari madaniyatiga nisbatan kamroq o`rganilgan. Hozirgi kunga qadar O`rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning o`zida), Xo`jag`or (Farg`ona vodiysi), Shug`nov (Pomir etaklari), Ko`lbuloq (Toshkent viloyati), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog`iston) yodgorliklari shular jumlasidandir.

Toshkent viloyatida (Ohangaron) joylashgan Ko`lbuloq makonining eng tepadagi uchta qatlami so`nggi paleolit davriga oiddir. Bu qatlamlardan nisbatan takomillashgan tosh qurollar hamda ko`plab hayvon suyaklari topilgan. Shuningdek, so`nggi yillarda Toshkentning g`arbidagi Bo`zsuv I makoni ham so`nggi paleolit davriga oid ekanligi aniqlangan.

Samarqand shahrida 1939-yilda ochilgan yodgorlik mintaqadagi so`nggi paleolit davriga oid dastlabki makon hisoblanadi. Samarqand makoni ko`p qatlamli bo`lib bu qatlaralardan ko`p sonli (7,5 ming) xilma-xil topilmalar topilgan. Ular orasida qirg`ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, ushatgichlar, boltalar .kabilar bor. Shuningdek, madaniy qatlamlardan gulxan qoldig`i, ko`mir parchalari va gulxan atrofidan hayvonlar hamda o`simliklaf qoldiqlari aniqlangan. Bu topilmalar bu yerda yashagan kishilarning ovchilik va termachilik bilah shug`ullanganliklaridan dalolat beradi.

Umuman olganda, ko`pchilik tadqiqotchilar O`rta Osiyo so`nggi paleolit davrini asosan uchta - Samarqand, Xi`jag`or va Ki`lbuloq rnadaniyatlariga ajratadilar. Bu davrga oid madaniyatlardan faqaq Samaixiand shahridan si`nggi paleolit davri odamining qoldiqlari, ya'ni, yelka suyak qismlari, pastki jag` va tishlar topilgan bo`lib, tadqiqotchilar bu suyklarni 25-30 yoshli kromanyon qiyofali ayolga tegishli bо`lgan deb hisoblaydilar.

So`nggi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Xususan, odamlar g`orlardan cbiqib yengil turar joylar, chayla va yarim yerto`lalarda yashay! boshladilar. Ular endi faqat tog`li hududlarda yashab qolmay vohalarj bo`ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko`llar bo`ylarida joylashadilar hamda qarindosh-urug`chilik jamoalariga bo`linadilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo`ladi hamda ular ayrim urug`larni birlashtirib urug` jamoasini tashkil etadilar.

Urug`chilik (matriarxat) qadimgi jatniyat tarixining alohida bosqichini tashkil etib, bu jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o`zgarishlarning paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Lekin dastlabki urug`chilik tuzumi nisbatan rivojlanishning yuqori bosqichiga ko`tarilgan bo`lishiga qaramay, bu davr odamlari ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirar edilar.

Paleolit;davriga xulosa yasab, shuni aytish mumkinki, bu davrda odamning paydo bo`lishi jarayoni (antropogenez) asosan tugadi. Qadimgi odanilar xo`jalik yuritishning eng oddiy yo`llaridan (terib-termachlab) murakkabroq ko`rinishlariga (ovchilik, baliqchilik)ga o`tdilar. Olov kashf etildi. Insoniyat to`da davridan urug`chilik tuzumiga o`tdi. Mehnat quroilari takomillashib, ularning turlari ko`paydi va sifati yaxshilanib bordi.

Bir davrda qadimgi odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo`ldi. Teshikteshda murdani maxsus qabr qazib ko`milishi, uning yoniga tog` echkisining shoxlari va tosh qurollar qo`yilishi mutlaqo tasodifiy hol emas edi. Bu-jarayon paleolit davri neandertal odamlari garchi sodda bo`lsada, ko`mish marosimlariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin