O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


-mavzu. Antik davr davlatlari. Buyuk ipak yo`li, shakllanishi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə20/86
tarix31.12.2021
ölçüsü1,88 Mb.
#113516
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o

5-mavzu. Antik davr davlatlari. Buyuk ipak yo`li, shakllanishi,

rivojlanish bosqichlari Salavkiyiar, Parfiya va Yunon-Baqtriya daviatlari

Makedoniyalik Iskandarning mil.avv. 334-324 yillardagi harbiy yurishlari natijasida Boiqon yarim oroli, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyo, Misr, Old va O`rta Osiyo, Hind daryosining quyi oqimigacha bо`lgan hududni qamrab oluvchi ulkan davlat tashkil topdi. Yunon-makedonlarning 330-327 yillardagi O`rta Osiyoga bosqinchilik yurishlariga qaramasdan o`sha- davrda bu hududlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim o`zgarishlar bo`lib o`tdi. O`rta Osiyoga Ellin (Ellada) madaniyati kirib keldi. O`rta Osiyoning janubiy viloyatlari yirik ellinistik davlatlar tarkibiga kirib, bu viloyatlarda yangi siyosiy-ma'muriy tartib joriy etildi. Bu tartib O`rta Osiyoda madaniy, iqtisodiy, tovar-pul munosabatlarining rivojiga turtki bo`ldi. Xususan, bu davrda O`rta Osiyoda dastlabki tanga pullar zarb etildi. Yunon yozuvi kirib keldi. Shaharsozlik, me'morchilik va amaliy san'atda birrauncha o`zgarishlar bo`lib o`tdi.

Ammo Makedoniyalik Iskandar davlati ham turli xalqlar, elatlar va qabilalarning zo`rlab birlashtirilgan yig`indisidan iborat bo`lib, faqat qo`rqitish va qurol kuchi- orqali idora qilinar edi. Mil.avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandarning Bobilda to`satdan vafot etishi siyosiy vaziyatning keskin o`zgarishiga sabab bo`ldi. Yunon diadoxlari (hukmdorlar, amaldorlar) o`rtasida hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlandi.

Bu paytda yunonlar va makedonlar O`rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi qatlamini tashkil etar edilar. Makedoniyalik Iskandar vafotiga qadar Baqtriya va So`g`diyona satrapi asli makedonlardan bо`lgan Filipp edi. Undan keyin esa bu hududlar asli Kipr orolidan bо`lgan yunon Stasanor qo'l ostiga o`tdi. Bu paytda ikki diadox - Evmen va Antigon Iskandar davlatining asosiy yerlarini qo`lga kiritish uchun o`zaro kurashayotgan edilar. Filippning katta qo`shinlari bilan yordam bergani tufayli Antigon Iskandar davlatining katta qismiga hukmronlik o`rnatishga muvaffaq bo`ldi. Ammo uning bu hukmronligi uzoqqa cho`zilmadi.

Mil. avv. 312 yilda Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin