O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Mo`g`ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. Chig`atoy ulusi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə42/86
tarix31.12.2021
ölçüsü1,88 Mb.
#113516
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o

Mo`g`ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat. Chig`atoy ulusi

davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo`jalik ahvoli
Mo`g`ullar istilosidan song Movaraunnahr, Xorazm, Xurosonning gullab-yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. Sharqda dong`i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo`jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorga aylantirildi. Marvdagi mashhur suv bilan shaharni ta’minlovchi-Sultonband, Balxob daryosidagi Bandi amir. Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan yagona to`g`onlarning hammasi Chingizxon buyrug`iga ko`ra buzib tashlandi. Jumladan Balx va uning atroflari 6 oy mobaynida suv ofatini boshdan kechiradi. Samarqandning asosiy aholisi, buxoroliklarning ko`pchiligi, Urganch va Marv kabi ulkan shaharlar ahlining barchasi ona shaharlarini yo tark etdilar yoki qinb tashlandilar. Istilochilar ilk bora yuqori madaniyatli aholining ilm-fan me’morchilik sohalaridagi yutuqlarini, yuksak darajadagi hunarmandchilik, tijorat, sug`orma dehqonchilikni shu o`lkaga kelib ko`rdilar.

Bosqindan so`ng sharqqa dong`i ketgan zargarlik, qurol-aslaha yasash, nafis matolar to`qish, naqshinkor nimchalar ishlab chiqarish barham topdi. Vohalarda suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron keldi. Bir necha asrlik tarixga ega bo’lgan mashhur ipak savdo yo’llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Tirik qolgan aholi vayronalarga, zulm va zo`ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq o`z o’g’illariga mulklarini ulus qilib bo`lib berishni boshlagan edi. 1207-yildayoq katta o`g`il ilkiga Selenga daryosidan Irtishgacha bо`lgan yerlar mulk etib berilgan edi. Chingizxon o`limi arafasida (1227-yil avgust) esa boshqa o`g`illariga ham turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo`lib berdi. Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bо`lgan yerlar Jo`chiga, Oltoy tog’larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bо`lgan yerlar ikkinchi o`g`il Chig`atoyga, Xitoy va Mo`g`uliston voris bo`lmish uchinchi O`g`il O`gedeyga, Eron va Xuroson Tuliga ulus tarzida bo`lib

berildi.

Rashididdinning ma'lumotiga ko`ra, Chingizxon vafotidan so`ng Chig`atoyga 4000 ta askar tekkan ekan. Ularning boshliqlari o`z navbatida barlos, jaloyir, qovchin va orlot qabilalaridan bо`lgan. Ibn Arabshohning yozishicha qovchinlar Amudaryo shimoli Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlotlar Afg`oniston shimolida joylashgan ekanlar. Keyinchalik Mahmud Yalavoch ham o`z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko`rar edi. Mo`g`ullar ko`chmanchi xalq bо`lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. Chingizxon tiriklik vaqtidayoq xorazmlik taniqli savdogar, mo`g`ullar xizmatida anchadan beri faoliyat ko`rsatayotgan Mahmud Yalavochni Movarounnahr noibi etib tayinlashini bildirgan edi va u tez orada Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Uning qarorgohi esa Xo’jand shahrida joylashadi. Shubhasiz, Mahmud Yalavoch yirik va boy savdogar bo`lib, manbalarning xabariga ko`ra uning boyligi shunchalik ko`p bо`lganki, hatto u butun Movarounnahrdan olinadigan soliqni oldindan to`lashi ham mumkin edi. Uning ixtiyorida mo`g`ullarning tayanchi bo'lgan soliq yig`uvchi mo`g`ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, dorug`alar-harbiy ma'murlar hamda bir muncha mo`g`ul harbiy otryadlari bor edi.

Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish o’lkada mo`g`ullarga qarshi g`alayon bo`lishini oldini olish ma'suliyati yuklatilgan edi. Ko`pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar, qisman ulamolar ham o`z jonlari va qolgan mol-mulklarini saqlab qolish borasida ^yonatkorona tarzda bosqinchilar xizmatiga o`ta boshladilar.

O`z navbatida o`lkada o`zlarining tayanch vositasi bo`lishlariga harakat qilgan mo`g`ullar ham bu toifadagi kishilarni qo`llab-quvvatlay boshladilar. Mo`g`ul xonlari (viloyat hokimlari xon, oliy hukmdor esa qoon yoki xoqon deb yuritilingan) va mahalliy zodagon, yer egalarining zulmi natijasida mehnatkash xalq endilikda ikki tomonlama ezila boshlandi. O`lponu soliqlarning miqdori tobora oshib bordi, undan tashqari esa aholidan yig’ib olinadigan turli to`lovu yig`imlaj jariraalarning soni haddan tashqari oshib keta boshladi. Yangi yer solig`ining nomi-"kalon" deyilib, u hosilning o`ndan bir miqdorida olingan. 1235-yilgi qurultoydan s`ng esa chorva moi boshidan olinadigan , yalpi soliq-"qopchur" ta'sis etilgan. Unga ko'ra 100 tadan bir miqdorda chorva soliqqa to`lanar edi. (Bu soliq asosan mo`g`ullar turmush tarzij xususiyatini hisobga olgan holda joriy etilgan edi). "Yasoq"qa ko`ra, davlat xazinasi uchun "shulen" deb nom olgan oziq-ovqat solig`i joriy' qilingan.

Bu soliqqa ko`ra har bir podadan ikki yashar qo`y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan. Soliqlar asosan xonlar tomonidan barot (ijara) tarzida oldindan xazina uchun undirilib, so`ngra aholidan zo`ravonlik bilan oshirilgan miqdorda undirilar edi. Ayniqsa hunarmandlarning ahvoli og`ir bо`lgan ularning o`z yurtlarida tirik qolganlari mahalliy xonlarning mulki sifatida ishlatilinar edi. Masalan, 1262-yil Buxoroda bо`lgan Xubilay qoonning vakili bu yerda 5000 ta hunarmand Botuxonga, 3000 tasi malika Siyurko’kteniga (Xubilay va Munqalarning onasi) tegishli bо`lganligini qayd etadi. 1246-yil Mo`g`ulistonda bo`lgan sayyoh Plano Karpini eng yaxshi hunarmandlar xoqon xizmatida ekanligini va ularga qullarcha munosabatda bo`lishlarini qayd etib o`tadi. Bu guruh shaharlik hunarmandlarga esa kundalik ovqat berilib, ularga darhaqiqat qullarcha raunosabatda bo`lingan bo`lsa, ikkinchi guruh shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.

Mo`g`ullarga qarashli bо`lgan harbiy qurol-aslaha va anjomlar ishlab chiqaradigan ustaxonalar-"korxona" nomini olgan bo`lib, u yerdagi hunarmandlar esa qui darajasidagi kishilar hisoblanar edi. Hunarmandlar to`laydigan maxsus soliqning nomi "tamg’a" deb atalgan. Mo`g`ullar, shuningdek, batamom huquqsiz qullar mehnatidan ham foydalanishar edi. Mo`g`ullar hukmronligi davrida yer egaligi holati ham o`zgarib, yangi in’om etilgan yerlar mo’g’ulcha suyurg`ol nomini olgan. Suyurg`ol hajmi jihatidan (unig tarkibiga juda katta yer maydoniari, suv havzalari, dasht-yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko`p holda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism ijarador-o`rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan.

Buvuk hoqon hisoblangan O`gedey (1229-1241 yy.) davridayoq o’g’ullar o`zlariga xizmat ko`rsatayotgan ayrim kishilar, katta yerlari savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog`och taxtalardan ishlangan bo`lib. unga no`yonning muhri qo`yilar edi. Bunday payzaga ega bо`lgan kishilar, shu jumladan, elchilar, soliq yig`uvchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig`im, to`lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Ko`plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, yem-hashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli ham edi. Savdo yo`llarida joylashgan bekatlar "yom" (jom) deyilib, ularning xizmati va harajati mahalliy aholi bo`ynida edi. Bu bekatlar bo`ylab davlat ishlari bo`yicha ko`plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o`tib, ularga xalq tekinga xizmat qilib, ularni ta'minlab turishi ham lozim edi. 1235-yildan boshlab hoqon farmoniga ko`ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 2 ta tuman aholisiga yuklatildi. "Yomlar bo`yidagi aholida toqat va majol ham qolmagan edi",-deb yozgan edi Rashididdin.

Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo`lishidan qafiy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edt. Mo`g`ullarning ichki xo`jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida o`z o`rnini topadi. Aksincha, zo`rlik po`pisaga qaramay, 1232-yildan boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. Farg`ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda mo`g`ul istilosidan so`ng pul zarb etish o’z-o’zidan tugagan edi. Natijada tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.

Mislsiz jabr-zulm, aholining xo`rlik va qashshoqlik domiga tashlanishi, soliqlarning haddan ziyod o`shishi, mehnatkash aholining tinka madorini quritib yubordi. Aholi ichida mo`g`ullarning zo`ravonligi va istibdodiga qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik ayniqsa, 1238-yilgi Mahmud Tarobiy qo`zg`olonida o`z aksini namoyon qildi. Bu ozodlik qo`zg`oloni 1238-yil Buxorodan uch farsah (taxminan 18-21 km) uzoqlikdagi Tarob qishlog`ida boshlandi. Bu qo`zg`olonda mo`g`ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan ahvoli og`irlashgan hunarmand, dehqon va kambag`al aholi, ayniqsa, faol qatnashadi. Qo’zg’olonga esa asli Tarob qishlog`idan bо`lgan g`alvir yasovchi hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi.

Mahmud Tarobiy avval o`z qishlog`ida istilochilar zulmi, bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. O`z atrofiga yig`ilgan qo`zg`olonchilarga murojaat etib: "Yey haq toliblari, qachongacha kutamiz va intizorlik tortamiz. Ro’yi zaminni tangridan qo’rmaydiganlardan pok qilmoq lozim. Kimning qanday qurolga qurbi etsa qilichmi, oq yoymi, kaltakmi, qo’lga olsin. Qo’dan kelgancha tangridan qo’rqmaydigonlardan birontasini ham tirik qo’ymaslik lozim degan so’zar ozodlik kurashiga halqni da’vat etadi. Shu paytda Sherozdan kelgan harbiy anjomlar ortilgan karvon qo’zg’olonchilarning qurollanishiga yordam beradi. Qo’zg’olon qudrati oshib borayotganligini halq qo’zg’olonchilar ta’rifiga o’tib borayotganligini ko’rgan mo’g’ul no’yonlari Movarounnahr hokomo Mahmud Yalavochdan yordam so’rashga majbur bo’ladilar Mahmud Tarobiy o’zining ko’plab tarafdorlari bilan Buxoro tomon yo’l oladi. Buxorolik aqoid (diniy ilm) olimi mashhur Shayh Shamsiddin Mahbubiy ham qo’liga qurol olib, o’z safdoshlari bilan qo’zg’olonchilar safiga qo’shiladi. Tarihchi Juvayniy Mahmud Tarobiy haqida shunday deb yozgan edi. U akobir, boy-badavlat kishilarni haqorat qildi, sharmandasini chiqardi o’ldirtirdi, ularning bir qismi esa undan qochib qutildi. U oddiy halqqa va darbadarlarga aksincha, iltifot va marhamat ko’satdi. Darhaqiqat Mahmud Tarobiy Buhoro ahliga muruvvat na’munalarini ko’rsatdi. Buhorodan qochgan mo’g’ul harbiylari va Buhorolik zodagonlar Karmanaga kelib panoh topgan edilar. Bu yerda ular ma’lum kuch to’plab Mahmud Tarobiy ustiga harbiy yurishni boshlaydilar. Bundan habardor bo’lgan Mahmud Tarobiy dushmanga qarshi kurashish maqsadida shahar chetidan Karmana yo’liga katta harbiy kuch bilan chiqadi.



+++Икки ўртадаги қаттиқ жангдан сўнг истилочилар енгилиб орқага чекиндилар. Қўзғолончилар мўғулларни то Карманагача қувиб бордилар. Ушбу жангда мўғуллардан 10000 киши қириб ташланди. Лекин бу зафарли жангда қўзғолончилар раҳбарлари Маҳмуд Таробий ва Шамсиддин Махбубийлар ҳалок бўлдилар. Қўзғолончилар эндиликда шаҳид кетган Маҳмуд Таробийнинг ўрнига унинг укалари Муҳаммад ва Алини раҳбар этиб сайладилар. Лекин бу янги раҳбардарнинг ҳарбий тажрибалари йўқ, халқ уларни яхши танимас, омма ичида улар нуфузга эга эмас эдилар. Бу эса қўзғолоннинг боришига салбий таъсир ўтказди. Орадан бир хафта ўтмай мўғулларнинг юлдуз ноён ва Чаған қўрчи бошчилигидаги янги қўшинни бостириб учун етиб келди. Икки томонлама жангда Маҳмуд Таробий тарафдордари буткул тор-мор қилиниб, иккала томондан 21000 тадан ошиқ жангчи ҳалок бўлди.

Маҳмуд Таробий бошчилигидаги ушбу халқ озодлик озодлик қўзғолони халқимиз озодлик курашлари тарихида ўзига хос из қолдирди. У аввало, истилочилар ва улар томонга ўтиб кетган маҳаллий зодагонларнинг умумий зулмига қарши қўтарилган кураш эди. Бу озодлик қўзғолони мўғул истилочиларига улар қанчалик шавқатсиз тузум ўрнатмасинлар халқ ҳамиша ўз она ватани озодлиги йўлида курашдан чўчимаслигини намоён қилди. Мўғуллар бу қўзғолондан сўнг босқоқлар томонидан йиғиладиган солиқ ва ўлпонларни тартибга келтиришга ҳаракат қилдилар. Маҳмуд Таробий қўзғолонидан кейин Чиғатой қўзғолони бостиришда сусткашлик қилган, деган максадда, Маҳмуд Ялавочни ўз амалидан четлаштириб уни Мовароуннахрдан чиқариб юборди. Тез орада хоқон уни Дасин (Пекин) шаҳар ноиби этиб жўнатади. Шундан сўнг Морауннахр ҳамда ижарадори сифатида Маҳмуд Ялавочнинг ўғли Маъсудбек тайин этилади. У ўлимга қадар (1289 йил) шу лавозимни эгаллаб туради.

XIII асрнинг иккинчи чоракларидан бошлаб, мўғулларнинг ичида ҳам эндиликда маълум сиёсий низолар, парокандаликлар келиб чиқа бошлайди. 1241 йилга келиб босиб олинган Русия, Волга бўйи, улар ва бошқа ерларда Олтин Ўрда давлати ташкил топади. Мўғуллар 1256 йили Хулагу бошчилигида Эрон, Курдистон, Ироқ ва яқин шарқнинг бошқа ерларига ҳужум қиладилар. Мўғул хонлари ўртасида олий ҳукмдорлик учун кураш авж олади. Айниқса, буюк ҳоқон Гуюк хоннинг (1246-1249) ўлимидан сўнг бу кураш кескин кучаяди. 1251 йили ҳокимият тепасига Ботихон ва Берка хонларнинг қўллаб қувватлашлари билан Тулининг тўнғич ўғли Мунқа (1251-1259) улуғ хон сифатида сайланади. У дастлаб Чиғатой улусини мулк сифатида тугатади ва уни Ботухон билан бўлиб олади. Кейинчалик Мунқанинг ўлимидан сўнг Чиғатойнинг невараси Олғухон (1261-1266) Олтин Ўрдага қарши курашиб, Чиғатой улусини қайта тиклашга муваффақ бўлади.

XIII асрнинг 60-70 йилларига келиб, расман ягона хисобланган мўғул империяси аслида Эрондаги Хулагийлар, Мовароуннаҳрдаги Чиғатойлар, Олтин Ўрда деярли мустақил қисмларига бўлиниб кетган эди. Ҳар бир улус хони ўзини тамомийла мустақил санаб пайти келганда қўшни улусларга ўлжа учун хам қилиб турар эди. Масалан 1272 йили Хулагийларнинг Оқбек бошчилигидаги аскарлари Кеш ва Нахшаб шаҳарларини, 1273 йили январида Бухорони талон тарож этадилар. Бухоро даҳшатли қирғин баротни бошдан кечириб, 7 йилгача вайрона тарзда ётади. Мўғуллар тўғрисида сўз кетганда яна бир мухим хусусиятни эътиборга олмоқ керак бўлади. Босиб олинган ерларда мўғул ҳарбий саркардалари, нўёнлари зодагонлари орасида сиёсий дунёқараш ўзгара бошлайди.+++

Ba'zi no`yon, xonlar, harbiy ma'murlarning kichik qismi, ularga ergashgan mahalliy zodagonlar, savdogarlar, diniy ulamolar va boshqalar O`troq hayotga o`tish, markaziy hokimiyatni kuchaytirib, savdo-sotiq rivojlantirish tarafdorlari edi. Dehqonchilik va savdo-sotiq xazinan asosiy manbayi bo`lishi mumkin edi. Buning uchun esa shahar qishloqlarni tiklash, ekinzorlarni o`zaro payhon etishga chek qo`yib soliqlarni tartibga tushirish, shaharlar rivoji, savdo hunarmandchilikka homiylik qilish darkor edi. Yuqorida ta'kidlangan madaniylashish tarafdorlari safiga Munqaxon (1251-1259) va Chig`atoy noibi, hoqonnina yaqin maslahatchisi Ma'sudbek (1238-1289) ham kirar edilar. MunqaxoS shubhasiz tadbirli va zehnli Movaraunnahr noibi Ma'sudbekning ta'sir ostida ba'zi bir ijobiy o`zgarishlarni amalga oshirdi.

Butun mo`g`ullar imperiyasida soliqlar bir xil tarzda undirilmas edi. Masalan, Xitoyning shimoli, Movarounnahrda badavlat kishi 10 dinoan kambag`al 1 dinor to`lasa, Xurosonda badavlat kishi 7 dinor, kambag`al esa 1 dinor to`lar edi va xakozo. Munqaxon soliq va xashar ishlarini tartibga solish borasida raaxsus farmon-yorliq chiqardi. Unga ko`ra Chingizxon o`limidan so`ng berilgan payza va yorliqlar bekor etildi, yomlar bo`ylab aloqa vositasi uchun ajratiladigan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot-ulov talab etish, yomlar uchun belgilangan otlarda shaxsiy maqsadda foydalanish ta'qiqlab qo`yildi. Munqaxoning qonunlashtirib qo`ygan chora-tadbirlari aholini behisob soliq va yig`inlardan ozod etib, ularning tinchlik-osoyishtaligini bir muncha ta'minladi, shahar hayotining, ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga qisman imkon yaratib berdi. Bu islohotlar natijasida mamlakatning ayniqsa shimoliy-sharqiy rayonlari, jumladan Farg`ona vodiysida xo`jalik, iqtisodiy hayotda jonlanish sodir bo`la boshlaydi.

Ayniqsa, xo’jalik-iqtisodiy hayotni bir me'yorga tushirish, savdo va pul muomalasini izga solishda Chig`atoy ulusi noibi Ma'sudbekning xizmati va islohotlari katta o`rin tutgan. Ma'sudbek mo`g`ul qoonlariga shaxsan yaqinligi ham uning islohotlar o`tkazilishga imkon ham bergan edi. 1271-yili mo`g`ullarning madaniy, O`troq hayot tarafdorlari madadi, Talas qurultoyi (1269-y.) qarorlariga tayanib, Ma'sudbek yangi pul (moliyaviy) islohot o’tkazishga kirishdi. Unga ko`ra, har qanday shaxs o`ziga kerakli tangalarni zarbxonalarga olib borib, uni xohlagan tarzda, lekin bir xil hajm, qiymat, vaznda zarb etish mumkin edi. Avval boshida qiyinchilik bilan kechgan bu jarayon XIII asrning 80-yillariga kelgandagina faollasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va viloyatlarida bir xil vazn va yuqori qiymatga ega sof kumush tangalar zarb etilib, kiritildi. Garchi atrofdagi islohotlarga qarshi mo`g`ul harbiylari Erondan, Yettisuvdan Movaraunnahrga vayronagarchilik keltirib chiqaruvchi kurashlafni amalga oshirib tursalarda, lekin islohotlara to`sqinlik qila olmadilar. Ma'sudbek 1273-1276-yillari qayta )an Buxoroning tiklanishiga o`zi bosh qosh bo`ldi. 1282-83-yillarda Buhorodagi zarbxonalar to`laqonli ishlashga kirishdi. Savdo-iqtisodiy sabatlar rivojlanib borayotgan Farg`ona vodiysida esa Chig’atoy Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham asos sotindi. XIV asrning 1-yarmiga kelib, Chig`atoy ulusida mo`g`ullarning qlashuv jarayoni kuchayib, mo`g`ul zodagonlarining katta qismi savdo doiralari bilan yaqinlashib, islom madaniyati ta'siriga berilishi jchayib bordi. Movarounnahr madaniy o`lkasi bilan yaqin aloqa o`rnatib, O`troq hayot kechirishga intilgan Chig`atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309, 1318-1326) bo`ldi. U butunlay Movarounnahrga ko`chib kelib, o`z qarorgohini Nasaf shahri yonida barpo etdi. Keyinchalik bu saroy o’rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon davlatni idora etish, uning ma’muriy tuzilishini qayta tashkil etish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida 2 xil ma'muriy va moliyaviy islohot o`tkazdi. Ma’muriy islohotga ko’ra mahalliy tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar-maliklar, sadrlarning o’rinlari turkiy-mo’g’ul urug` boshliqlari qo`liga o`tdi. Noiblik esa merosiy bo`lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha mustahkamlashda o`zining ijobiy samarasini berdi.

Ma'sudbek davrida pul islohoti amalga oshirilgan bo`lsa-da, Kebekxon uni takomillashtirmoqchi bo`ldi. Juraladan, u Xulagiylar va oltin O`rda tangalari namunasida 2 xil pul: yirik kumush tanga-"dinor" va mayda kumush tanga "dirham" lar zarb ettiradi.

Dinor (2 misqol, 8 gr. atroflarida) 6 ta dirhamdan iborat bo`lib qoldi. Kebek nomidan tangalar asosan Buxoro va Samarqandda zarb etilar edi. Shuningdek, O`tror zarbxonasi ham faol ishlay boshladi.

Kebekxonning islohotlari anchadan beri O`troq hayot, mahalliy aholi madaniyati bilan yaqinlashuviga qarshi bо`lgan guruhlarning ham faoliyatini kuchaytirib yuboradi. Kebekxoning ukasi Oloviddin Tarmashirin (1326-1334) akasining siyosatini davom ettirib, o`troq hayot an'analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib, islom dinini Chig`atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin siyosatidan norozi ko`chmanchi mo`g`ul zodogonlari isyon ko`tarib 1334-yilda uni o’ldirishadi. Tarmashirindan so`ng hokimiyat tepasida bо`lgan Changshi (1334), Bo’zan (1334-1338), Eson-Temur (1338-1342).

Muhammad (1342-1343)lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy hayotida sezilarli o’zgarishlar bо`lganligi yo`q. Aksincha" mahaliiy qabilalar hokimiyati, urug` boshliqlarining ta'siri bu paytga kelib yanada kuchayib, Chig`atoy hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi. XIV asrning 40-yillariga kelib, Yettisuvda Dug`lot amirliginimj yuzaga kelishi, amalda Chig`atoy ulusining tarqab kelishidan. O`rniga Movarounnahr amirligi yuzaga kelganligidan dalolat berar edi. Chig`atoy xonlarining so`nggi vakilaridan biri Qozonxon (1343-1346) markaziy xon hokimiyati kuch-qudrati ta'sirini ko`tarib, ichki siyosatda Kebekxon-Tarmashirin yo`lini tutishga harakat qildi. U ko`chmanchi harbiylarga qarshi kurash olib borib Qashqadaryo vohasida hatto ularga qarshi tayanch markazi etib-Zanjirsaroy qal’asini ham barpo etgan edi. Qozag`on boshchiligidagi bir guruh ko`chmanchi, talonchilik siyosati tarafdorlari 1346-yili fitna natijasida Qozonxonni o`idirishga muvaffaq bo`lishadi.

Qozag`an o’ziga amir unvonini olib, davlat boshqaruvini o’z qo’liga oldi. Movarounnahr Qozag`on davridayoq bir necha yarim mustaqil qismlarga bo`lib ketgan edi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib, o’zaro nizolar yanada kuchaygan edi. Kesh (Shahrisabz) atrofidagi yerlar Hoji Barlos boshchiligidagi barlos urug`iga, Xo’jand Boyazid Jaloyiriyga qaram bo`lib qoldi, Balx va uning atrofidagi yerlar Qozog`onning nevarasi amir Husaynga tobe bo`ldi, Shiburg`on esa Muhammadxo’ja Apverdi qo`liga o`tib ketdi. Bundan tashqari Buxoroda diniy ulamolardan iborat sadrlar, Xuttalonda mahalliy hokimlardan bo`lishi Kayxusrav, Termizda-sayidlar, Badaxshonda o’zboshimcha mahalliy shohlar hokimiyatni qo`lga olishdi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin