"Inog`omovchilik" 1926-1931 yillarda mustabid tuzum tomonidan niilliy rahbar va ziyolilarning qatag`on qilinishiga sabab bо`lgan uydirma. "Inog`omovchilik"- o`sha yillarda O’zSSR Maorif Xalq Komissari vazifaslni bajarib kelgan Rahim Inog`omov (1902-1938) nomi bilan bog`liq.
R.Inog`omov va uning tarafdorlari xalq ta'limi va madaniyatini proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP (b) MQ o’rta Osiyo byurosi faoliyatini tugatish talabini ko`tarib chiqadilar. Shuningdek, R.Inog`omov o’zbek mehnatkashlarining oktabr to’ntarishiga tayyor bo’maganliklari va uning yevropalik proletar kuchlar tomonidan amalga oshirilganligi hamda rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni faqat ziyolilar o`ynagan, bizda esa hali proletariat yo’q degan dadil fikrlarni bildiradi.
Maxsus uyushtirilgan viloyat plenumlarida "inog`omovchiltk" qoralanib, u bilan ayovsiz kurash olib borishga da'vat etiladi. Hatto "inog`omovchilik" ni partiya saflaridagi "burjuaziya agenturasi" deb baholashadi.
"Inog`omovchilik" ka qarshi kurash matbuotda ham davom etadi. O’rta Osiyo byurosining "Za partiyu" degan jurnalida L.Zelenskiy "inog`omovchilik" ni qattiq tanqid qilib, uning kommunistlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmaganligi, unga qatiq zarba berilganligini alohida ta'kidlaydi.
Rahim Inog`omovga shu kabi asossiz "aybnomalar" qo`yilgandan so`ng, uni Qashqadaryo viloyatinmg eng chekka qishloqlarining biriga ishga yuborishadi. Quvg`in va ta'qiblar ta'sirida R.Inog`omov matbuot orqali tavba-tazarru mazmunidagi "ochiq xati bilan chiqadi.
Inog`omovning qarashlari xususida Mustafo Cho`qaev quyidagi fikrlarni bildirgan: Biz ruslarga iqtisodiy jihatdan qaram bo’ishni istamaymiz. Mana shu haqiqatni kommunist bo’lishga shoshilgan turkistonlik yoshlar anglay boshladi. R.Inog`omov boshliq guruh O’zbeklarga o’z-o’zini boshqarish huquqini berish, Turkiston ustidan O’rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilinishini talab qilgan.
Dostları ilə paylaş: |