1-tajriba
III.2. 2.4-Dinitroxlorbenzol sintezi
250 ml sig`imli uchog`izli kolba olinib, mexanik aralashtirgich, tomizgich
varanka va termometr o`rnatiladi. Kolbaga 16 ml tutovchi nitrat kislota (p=1,52
sm
3
) va 25 ml 8% li oleumdan iborat aralashma quyiladi, 80ºC gacha qizdiriladi va
mexanik aralashtirib turgan holda tomizgich voronkadan 15 gramm xlorbenzol
qo`shiladi.
Shu vaqt mobaynida aralashma xarorati 50-55ºC da ushlab turish uchun
sovuq suvli xammomda davriy ravishda ushlab turiladi. So’ngra aralashma qaynoq
suv hammomida 2 soat davomida qizdiriladi, sovutiladi va ehtiyotlik bilan shisha
tayoqcha bilan aralashtirib oz-ozdan 250-300gr muz solingan idishchaga quyiladi.
Cho’kmaga tushgan sariq kristall modda Byuxner voronkasida filtrlanadi. So’ngra
filtrda sovuq suv bilan neytral muhitgacha yuviladi.
Havoda quritiladi va spirtdan qayta kristallanadi. Unum 25 gramm (90%
nazariyga nisbatan) suyuqlanish harorati 52ºC.
Dostları ilə paylaş: |