Davosi. Organizmga tushgan zararli omilni tezroq bartaraf qilish uchun, oshqozon
iliq suv bilan yuviladi. Bemor o'rinda yotish rejimiga rioya qilishi kerak. Dastlabki
1-2 kun ovqat yemay turiladi. Keyinroq parhezga qattiq amal qilinadi. Og’riqni
qoldirish uchun qator dori-darmonlar, xususan beladonna preparatlari tayinlanadi.
Og’ir hollarda teri ostiga lidaza, izotonik natriy xlorid eritmasini yuborish kerak.
Oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi surunkali qaytalanuvchi
kasallikdir.
Etiologiyasi. Yaraning paydo bo'lishida oshqozon
va 12 barmoqli ichak
harakatining buzilishi, oshqozon shirasining
kislotaliligi va
peptik faoliyati ortib
ketishi, shilliq ishlab chiqarishning kamayishi, oshqozon shilliq qavatida qon
aylanishning pasayishi muhim rol o'ynaydi. Bu o'zgarishlarga asosiy sabab ruhiy
xayajonlanish, aqliy va jismoniy charchash, doimiy xavotirda bo’lish va
boshqalar
hisoblanadi. Kasallik nasl surishi mumkin. Yara kasalligi omillariga noto'g'ri
ovqatlanish. (quruq ovqat yeyish, tartibsiz ovqatlanish. yaxshi chaynamaslik,
dag’al, haddan tashqari achchiq, issiq va sovuq ovqatlar is'temol qilish, tish
yo’qligi
va boshqalar) sabab bo'ladi. Chekish, spirtli ichimliklar ichish, oqsil,
vitamin yetishmovchiligi sabab bo'ladi. Yara kasalligining rivojlanihida mikroblar
muhim ahamiyatga ega.
Klinik manzarasi.
Yara kasalligining muhim
belgilaridan og'riq, qusish, qon oqishi
hisoblanadi. Og'riq ovqat is'temol qilgandan so’ng paydo bo'ladi, paydo bo’lish
vaqtiga qarab ular erta (1,5 - 1 soatdan so’ng) va kechki
(2-4 soatdan keyin)
og'riqqa ajratiladi.
Og'riq yuqoriga va chapga (yara yuqori joylashganda), orqada
o’ng ko'krak va o’ng qovurg'a ostiga (piloroduodenal yarada) tarqaladi Og’riq
davomiyligi, kasallikning og’irligi, asoratiga qarab har xil bo'ladi. Ovqat yegandan
so’ng issiq qo'llash yoki qusishdan so’ng (ba'zan
sun'iy chaqirilgan) og’riq
kamayadi. Qusish ko’pincha og’riq avjiga chiqqan paytda paydo bo'ladi. Shuni
ta'kidlab o’tishli kerakki, qusish ko’p hollarda kasal ahvolini
tez yengillashtiradi.
Shuning uchun
ular qusishni
ba'zan sun'iy ravishda chaqiradilar. Qon oqishi
ochiqdan-ochiq
yoki yashirin bo'lishi mumkin. Ochiqdan-ochiq qon oqishi 25 %
hollarda kuzatiladi. Ko'p qon ketganda qon to’q qizil rangda bo'ladi yoki sekin qon
oqqanda qon xlorid kislota ta'sirida o'zgarishga ulguradi va kofe quyqasi
ko'rinishida
bo'ladi. Qon ketgandan biroz
keyin qoramoysimon ich keladi, qon
yo’qotish belgilari bo'lishi mumkin.Yashirin qon ketish 80% hollarda kuzatiladi.
Uni bemorning ahvoliga
va maxsus kimyoviy reaksiyalar orqali aniqlanadi.
Bemorda jig'ildon qaynashi, ko’ngil aynishi. so'lak oqishi,
kekirish kuzatiladi.
Ishtaha saqlanib qoladi, ko'pincha baland bo'ladi, ammo bemor og'riq va qusishdan
qo’rqib ovqat yemaydi, tez
charchashi, uyqu buzilishi, jahldorlik belgilari
ko'rinadi. Kasallikning kechishida mavsumiylik kuzatiladi. Kasallik zo’raygan
vaqtida bemor ozib ketadi.
Davosi. Yara kasalligida kompleks davo qilish zarur ya'ni tayinlangan dori-
darmonlarni parxez ovqatlar, fizioterapiya va davolashning boshqa usullari bilan
qo’shib olib borish kerak.Yara kasalligida fizioterapiya
parafin bilan davolash,
balchiq bilan davolash, shuningdek markaziy nerv tizimini
tinchlantiradigan turli
shifobaxsh vannalar (igna bargli, natriy xloridli
) eng muhim davo tadbirlari
hisoblanadi. Davolashda barjom, yesentuki singari mineral suvlar katta rol
o'ynaydi. Medikamentoz davolashda teri ostiga atropinnig 0,3 - 1 ml 0,1 % li
eritmasi yuboriladi yoki tomchilar holida ichiladi ovqatdan oldin 5-6 tomchi suv
bilan vikalin, gangleron, vitaminlar qo'llaniladi.
Profilaktikasi. Ovqatlanish rejimini to'g'ri tashkil etish, har kuni sof havoda sayr
qilish, jismoniy tarbiya mashqlari kompleksini bajarilishi lozim. Bizning
mamlakatimizda yara kasalligiga qarshi ovqat rasionlari. №1 deb atalgan, dietalar
ishlab chiqilgan. Ular uchta rasion: № l a. 1b va
1 dan iborat
. Yara
kasalligi
bo’lgan bemorlarning ovqatlanish rasionlari asosini oshqozon va ichak shilliq
pardasini imkon boricha ehtiyotlash (mexanik, kimyoviy, termik) prinsiplari
tashkil qiladi.
Enterit - bu ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanishi. Kasallik har xil
infeksiya (ich terlama, paratif), gelmintoz ta'siri ostida zaharli va ba'zi bir dori
moddalar ta'siri, to’la qimmatli ovqatlanmaslik oqibatida paydo bo'ladi. Enterit
rivojlanishiga ichkilik ichishga ruju
qiyish va chekish yo’l ochadi. Me'da
faoliyatining buzilishi, me'da osti bezi kasalliklariga o’z vaqtida davo qilmaslik
ham bu kasallikning vujudga kelishiga sabab bo'ladi.O'tkir
va surunkali enterit farq
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: