O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Davotash. Nevrosteniyaning boshlang’ich



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Davotash. Nevrosteniyaning boshlang’ich bosqichlarida vitaminlarga boy 
ovqatlami iste'mol qilish, oila va ishda xotirjam bo’lish, vrach ko'rsatmalarini o’z 
vaqtida bajarish bemorni tezda sog'ayib ketishiga va mehnat qobiliyatini 
tiklanishiga olib keladi.Bemorga uyquni yaxshilaydigan, tinchlantiradigan 


bromidlar, trnkvlizatorlar (elenium, relanium, seduksin ba'zan uxlatuvchi dori 
moddalar buyuriladi, fizioterapevtik muolojalar o’tqaziladi. Og’ir hollarda 
davolash kursi tugagandan keyin sanatoriylarda dam olish tavsiya etiladi.
Isteriya - yunoncha “hustera” bachadon degan ma'noni anglatadi. Qadimgi 
yunonlar bu kasallikni bachadonni organizmda aylanib yurishiga bog'liq deb 
hisoblagan edilar.lsteriyaning klinikasi tushga, uning ba'zi alomatlari boshqa 
kasalliklarning belgilariga o’xshab ketadi. Shuning uchun bu kasallikni buyuk 
taqlidchi deb ham atashadi.Isteriya isterik tutqanoq xurujlari, vegetativ va 
sensimator o'zgarishlar bilan xarakterlanadi.Isteriya tutqanog'i qanday bo’lmasin 
biror xildagi bemor ruhiyatini shikastlaydigan tashqi taasurotlar yoki o’tmishdagi- 
ko’ngilsiz voqealarni esga soladigan voqealar bilan bog'liq bo'ladi Tutqanoqlar 
ko'pincha kunduzi tutadi, bemorni harakatlari tartibsiz bo’ladi, lekin bemor birdan 
yiqilib tushmaydi, ohista yumshoqroq joyga yiqiladi. O’zini shikastlantirmaslikka 
harakat qiladi. Bemorning es-hushi butunlay yo’qolmaydi, reflekslar va ko'z 
qorachiqlarining yorug’likka reaksiyasi saqlanib qoladi. Muskullarning qisqarishi 
titrashlar ko'rinishida bo'ladi, tilini tishlab olmaydi, og'zidan ko'pik chiqmaydi, 
beixtiyor siyib qo’yish hollari kuzatilmaydi. Isteriya tutqanog'i bir necha minutdan 
bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar bemorni atrofida odamlar ko'p 
bo’lsa, tutqanoq uzoq davom etadi.lsteriyada harakat va sezuvchanlikning buzilishi 
kuzatiladi va falajlar, giperkinezlar holida uchraydi. Isteriya falajida muskullar 
tonusi o’zgarmaydi, patologik reflekslar bo’lmaydi. Oyoqlarning barcha harakatlari 
va koordinasiya saqlangan bo'ladi, lekin bemor tik tura olmaydi, yura olmaydi. 
Isteriyada ko'pincha me'da-ichak yo'lining faoliyati buziladi, qayd qilish, ichak 
parezi, hiqichoq tutushi shular jumlasidandir.
Isterik tutqanoqda birinchi yordam ko’rsatish. 
1. Bemorni tinch joyga ko’chirish kerak. 
2. Burniga nashatir spirti bug'lari hidlatiladi. 
3. Sovuq suv ichiriladi. 
4. Bemor yotgan xona chirog’i hiraroq qilib yoqib qo’yiladi. 
Isterik tutqanoq bemorda bartaraf etilgandan keyin uxlab qolish va xotirasini 
yo’qotish holatlari uchramaydi. Bemor bemalol ishini davom ettirishi mumkin. 
Psixosteniya – ko’ngildan ko’tarilmaydigan hayollar bilan bo'ladigan holatlar 
nevrozi bo'lib, bu holatlar xilma-xil bo'ladi.Bemor fikri-zikrini band qilib oladi va 
turli klinik ko'rinishlarida namoyon bo’ladi. Bunday holatlarga vahimalar, 
hayollar, qattiq harakatlar kiradi. Fikri-zikrini band qiladigan holatlar ko’pincha 
xavotirlanish, qo’qish, yurak urishining tezlashuvi, terlash, arterial bosimning 
ko’tarilishi kabi vegatativ o’zgarishlar bilan birga kechadi. Bemor ko’nglini o’z 
hayoti uchun xavotirlanish, yurish-turishida, odob-ahloqida xato qilib qo’yish 
vahimalari egallaydi. Ko'pincha bemorlarda og’ir kasallik bilan kasallanib qolish 
vahimasi paydo bo’laldi. Bu vahimalar o’lib qolish, o’z-o’zini o’ldirib qo’yish, 
yaqin kishisiga nisbatan tajovvuzkorona hatti-harakat qilishdan qo’qish bilan birga 
davom etadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin