O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

 
 
 
 


Mavzu: Epidemiologiya asoslari. Immunitet 
 
R E J A : 
 
1. Yuqumli kasallik haqida tushuncha va uning qisqacha tarixi. 
2. Epidemiologiya fani haqida ma'lumot va uning vazifalari. 
3. Yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari. 
4. Immunitet va uning turlari, immunitetni kuchaytirish yo’llariю 
Yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamondan ma'lum. Chinchechak, vabo, 
o’lat kabi xatarli yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab 
odamlarning yostig'ini quritgan. Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari uzoq 
vaqt noma'lum bo'lib kelgan.
Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’zining “Tibbiyot 
qonunlari" kitobida "Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi, bular deb yozadi u 
moxov, qo’tir, chinchechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi 
xastaliklardir".Yuqumli kasalliklar deb, yuqumli (patogen) mikroorganizm bilan 
makroorganizm (odam, hayvon) o'rtasidagi tashqi muhit omillari ta'siri natijasida 
bo'lib o'tadigan munosabatlardan kelib chiqadigan kasallikka aytiladi. 
Mikroorganizm bilan makroorganizm o'rtasidagi munosabat turlicha yakunlanishi 
mumkin: 1) mikrob makroorganizm himoya vositalari ta'sirida tezda halok bo'ladi; 
2) mikrob o’ziga qulay sharoit topib ko'payadi va organizmning qarshiligiga 
bardosh berib, uzoq saqlanadi. Organizmda mikrob bor ekan yuqumli kasallikka 
xos o'zgarishlar oz bo’lsada, yuz beradi, lekin kasallik latent yashirin shakllarda 
kechadi; 3) patogen mikrob organizmda tez ko'payadi va uning himoya kuchlarini 
yengib, o'zining patogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Organizmda kasallik avj 
olib boradi. 
Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan farqli ravishda o’ziga xos kechish 
xususiyatlariga ega.
l. Yuqumli kasalliklarni tirik patogen (yuqumli) mikroorganizm qo’zg'atadi. 
2. Yuqumli kasallikni tarqatuvchi manbai bo'lib, kasallikni boshqalarga tarqatishi 
mumkin. 
3. Yuqumli kasalliklarning yuqish va tarqalish yo’llari mavjuddir. 
4. Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan kechadi. 
5. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o’tsa, uning organizmida o’sha 
kasallikka qarshi immunitet hosil bo'ladi. 
6.Yuqumli kasalliklar mavsumiy tarzda uchraydi. 
lnfeksiya so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, "ifloslanish" degan ma'noni 
anglatadi, tor ma'noda olinganda mikroorganizmning makroorganizmga kirishidir. 
Infeksion jarayon esa patogen omil kirgan organizmda yuz beradigan fiziologik va 
patologik o'zgarishlar yig'indisidir.Yuqumli kasalliklarni bakteriyalar, viruslar, 
sodda jonivorlar, parazitlar, rikketsiyalar kabi mikroorganizmlar 
qo’zg'atadi.Yuqumli kasalliklar sog’lom odam yoki hayvonga bemor sog’lom 
mikrob tashuvchilar, rekonvalessentlardan yuqishi mumkin.Yuqumli kasalliklar 
quyidagi yo’llar bilan tarqaladi: 1. havo tomchi yo'li orqali; 2.alimentar yo’l: 3. 


fekal-oral yo'li; 4.kontakt yo’l; 5. transmissiv yo’l; 6. parenteral; 7 suv orqali; 8. 
transplasenlar yo’l orqali. 
Yuqumli kasalliklarning kechishida davriylik xos bo'lib, ular quyidagilardan 
iborat: 1. yashirin i inkubatsion davri; 2. boshlang'ich yoki prodromal davri; 3. avj 
olish davri; 4 tuzalish (rekonvalesensiya) davri; 5. sog'ayish davri;
Yuqumli mikroorganizm odam organizmiga tushgandan keyin kasallik 
alomatlari darxol yuzaga chiqmaydi. Bu davr yuqumli kasalliklarda turlicha bo'lib 
yashirin davr deb ataladi.Keyingi davr boshlang'ich (prodromal) davri deb 
yuritiladi. Bunda kasallikning boshlang'ich belgilari yuzaga chiqib rivojlanib 
boradi. Kasallikning avj olish davrida kasallikka xos bo’lgan klinik belgilar paydo 
bo'ladi. Kasallik alomatlari kamaya borib, bemor o’zini yaxshi his qila boshlashi 
bemorda tuzalish (rekonvalesensiya) davri boshlaganligidan darak beradi. Bu 
davr ko'pincha sog'ayish davri bilan tugallansa, ayrim hollarda kasallik zo’rayishi 
mumkin.Yuqumli kasalliklarda to’la sog’ayish faqat kasallik alomatlarining 
butunlay yo’qolishi emas, balki bakteriologik sog'ayish bilan aniqlanadi. Ba'zi 
kasalliklarda, masalan ich terlamada bemor tuzalib ketgandan keyin ham uning 
organizmidan yuqumli mikroblar ajralib turadi. Bu holat kasallikdan keyin 
bakteriya tashuvchilik holati deb ataladi. Bu xolat 3 oygacha davom etsa, o'tkir 
bakteriya tashuvchilik hisoblanadi.Yuqumli kasalliklardan so’ng bemor 
organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan immunitet paydo bo’ladi. Bu 
immunitet orttirilgan tabiiy immunitet bo'lib, himoya xususiyati turli muddatgacha 
saqlanib qoladi. Yuqumli kasalliklar yil davomida mavsumga qarab ko'payib va 
kamayib turadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin