O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Yuqumli kasalliklar tasnifi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Yuqumli kasalliklar tasnifi 
Yuqumli kasalliklar qaysi muxitda tarqalishiga qarab 2ga bo'linadi. Faqat 
odamzodga xos bo’lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar deb ataladi. Bu 
kasalliklar faqat odamlarda uchraydi. Masalan:qizamiq, difteriya, ich terlama va 
boshqalar ana shu guruhga kiradi.
L.V.Gromoshevskiy yuqish yo’llariga qarab yuqumli kasalliklarni 5 guruxga 
ajratadi.
1. Ichak yuqumli kasalliklari. Bu kasalliklar fekal-oral yo’l bilan tarqaladi. Bemor 
ichagidagi patogen mikroblar, uning axlati orqali tashqariga chiqariladi va har xil 
yo’llar bilan sog'lom odamning og'zi orqali ichagiga tushadi. Bu kasalliklarga ich 
burug', ich terlama, xolera, gelmintozlar kabi kasalliklar misol bo'ladi.
2. Nafas yo'llari infeksiyasi. Bu kasaliklarni qo’zg’atuvchi mikroblar va viruslari 
bemorning nafas yo'llari shilliq qavatida joylashgan bo'lib, yo’talganda, gapirganda 
tupik zarrachalari bilan tashqariga chiqariladi va havo orqali sog'lom odamlarga 
yuqadi. Gripp, qizamiq, ko’k-yo’tal, bug’ma shunday kasalliklar jumlasidandir. 
3. Qon orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar. Bu kasalliklarni qo’zg’atuvchilari 
faqat bemorning qonida bo'ladi. Shu sababdan bu kasalliklar faqat qonso’rar 
hashoratlarning chaqishi orqaligina yuqadi. Ular asosan rikketsioz kasalliklardir 
(bezgak leyshmanioz qaytalama tif, sariq isitma kabilar).
4. Teri va tashqi shilliq pardalarida joylashadigan yuqumli kasalliklar. Bu
kasalliklar kiyim-kechak, bosh kiyim, choyshablar, idish-tovoqlar, kundalik 
ro’zg'ori buyumlari, suv ifloslangan qo'l orqali yuqadi (qo’tir.kuydirgi, qoqshol, 


bo’g'ma va boshqalar). Ba'zi hollarda kasallik bemor bilan bevosita muloqatda 
bo’lganida yuqadi. (venerik kasalliklar, quturish, OITS va boshqalar)
5. Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Bu guruhga mansub kasalliklarda 
patogen mikrob odam tanasiga turli yo’llar bilan tushadi. Ayniqsa kasalliklardan 
brusellyoz, kuydirgi, o’lat, tuberkulyoz, bug’ma mikroblari shu tariqa 
yuqadi.Yuqumli kasalliklarning muayyan jamoada kelib chiqishi, tarqalish yo’llari 
va ularning oldini olishga asoslangan qonuniyatlarini o'rganadigan ta'limot 
epidemiologiya deyiladi. Epidemiologiya lotin tilidan epi-ko'p, demos-aholi degan 
ma'noni anglatadi. 
Epidemiologiya nuqtai nazaridan har bir yuqumli kasallikka xos epidemik 
jarayon mavjud. Lekin har qanday epidemik jarayon 3 bo’g'indan iborat.
l.Infeksiya manbai. 
2.Kasallik mikroblarning tarqalishi. 
3.Kasallikka moyil odam.
Infeksiya manbai. Antroponoz kasalliklarda infeksiya manbai odam 
hisoblanadi. U bemor odam yoki bakteriya tashuvchi bo'lishi mumkin.Zoonoz 
kasalliklarida infeksiya manbai odam yoki hayvon hisoblanadi. Masalan 
brusellyozda infeksiya manbai faqat uy hayvonlari hisoblanadi. Kuydirgi o’lat kabi 
kalliklarda kasal hayvon ham infeksiya manbaidir. Kasallik mikroblarining 
tarqalishi yo’llari. Epidemik davom etishi uchun patogen mikrob, infeksiya 
manbaidan tashqariga chiqishi kerak. Har bir kasallikda mikrobning tarqalish 
yo’llari turlicha bo'ladi. Nafas yo'llari infeksiyasi havo - tomchi yo'li bilan tarqalsa, 
ichak infeksiyalari mikroblari esa asosan najas bilan ajralib, sog’lom kishi 
organizmiga og'iz orqali tushadi. Odam va hayvon to'qimalairida kasallik 
qo’zg'atuvchisi ko'payishi uchun imkoniyat bo’lgan taqdirdagina shu organizm 
yuqumli kasallikka moyil bo'ladi. Qizamiq, gripp kabi kasalliklar atrofdagi 
odamlarga juda oson yuqadi. Bo’g'maning yuqish ehtimoli o'rtacha, ichak 
infeksiyalarida undan ham kamroq. Boshqa tomondan, yuqumli kasalliklarning 
qanchalik og'ir o’tishi odam organizmining genetik hususiyatlari, ushbu mikrobga 
qanchalik bardosh berishiga bog'liq. Shu sababdan bir xil sharoitda xastalik yuqqan 
bo’lsa hali, ba'zilarda uning alomatlari unchalik sezilmasa boshqalarda o'rtacha 
og'irlikda, hatto g’oyat og’ir holda kechishi mumkin. 
Yuqumli kasallikka yo'liqqan odamlarning ko'p yo ozligiga qarab, 
epidemiologik jarayonning turli xillari ajratiladi. 
1.Sporadik kasalliklar. Kasallikka yo'liqqan kishilar soni unchalik ko'p 
bo'lmaydi va bemorlar onda-sonda uchraydi. 
2. Epidemiya-yuqumli kasallikning bironta o’lka, viloyatda yoki mamlakatda 
keng tarqalib ketishi. 
3.Pandemiya - bir vaqtda xalqaro miqyosda, ya'ni bir necha mamlakat va 
qit'alar bironta 
yuqumli kasallikning keng tarqalib ketishi (masalan: xolera, gripp epidemiyalari). 
4.Endemiya - muayyan hududda bironta, yuqumli kasallikning doimiy uchrab 
turishi 
5.Ekzotik kasalliklar-xorijdan keltirilgan yuqumli kasalliklar (masalan: 
bezgak, OITS kabilar). 


Yuqumli kasalliklarning profilaktikasi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda 
amalda oshiriladigan chora-tadbirlarini shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin. 
1.Umumiy chora-tadbirlar. 
2. Maxsus chora - tadbirlar. 
Umumiy chora - tadbirlar davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bunda aholi 
turmush sharoitini yaxshilash, tibbiy xizmatini takomillashtirish, odamlarning 
ishlash va dam olish sharoitlarini qulaylashtirish, uy-joy sharoitini talabga javob 
beradigan bo'lishi va shu kabi boshqa chora-tadbirlar ko'zda tutiladi.
Maxsus profilaktik chora-tadbirlar sog'liqni saqlash tashkilotlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Umumiy va maxsus chora-tadbirlar epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-
tadbirlarni o’z ichiga oladi. Profilaktik chora-tadbirlar uch yo’nalishda olib 
boriladi: 
1.Infeksiya manbaini zararsizlantirish; 
2. Kasallikning yuqish yo’llarini qirqish; 
3. Odamlarda yuqumli kasalliklarda qarshi immunitet hosil qilish. 
Infeksiya manbaini zararsizlantirish avvalo tashxisni barvaqt aniqlab, bemorni 
tezda kasalxonaga joylab uning organizmidagi yuqumli mikroblarni yo’qotish 
choralarini ko’rish kerak. Bakteriya tashuvchilar qattiq nazorat ostiga olinadi. Ular 
sanasiya qilinadi. Bemorning idish-tovoqlari, kiyim-kechaklari, choyshablari va 
buyumlari dezinfeksiya qilinadi. Bemorni imkoni boricha yaxshilab davolash va 
uni kasallik qo’zgatadigan mikroblardan halos qilish zarur. Infeksiya o’choqlarida, 
yuqumli kasallikdan sog'aygan kishilar va ayniqsa oziq - ovqatga, ichimlik 
suvlariga aloqador, bolalar muassasalarida ishlaydigan xodimlar orasida bakteriya 
tashuvchilarni izlab topib, ishdan vaqtincha chetlashtiriladi, nazorat ostiga olinib 
qayta-qayta tekshiriladi va davolanadi. Bemorlar bilan muloqatda bo’lgan kishilar 
nazorat ostiga olinib tibbiy tekshiruv o’tkaziladi. Bu nazorat yuqumli kasallik 
inkubasion davri muddatiga qarab aniqlanadi. Aholida o’ta havfli kasalliklarda 
(o’lat, vabo, kuydirgi) bemorlar bilan muloqatda bo’lgan hamma odamlar, maxsus 
izolyatorlarga yotqiziladi (observasiya qilinadi). Izolyatorda saqlash muddati 
kasallik inkubasion davriga bog'liq. Masalan, o’latda 6 kun, vaboda 5 kundir. 
Zoonoz kasalliklariga qarshi chora-tadbirlar veterinariya xizmati xodimlari bilan 
hamkorlikda olib boriladi. Kasallik manbai kemiruvchi hayvonlar (kalamush va 
sichqonlar) bo’lgan hollarda, deratizasiya choralari amalga oshiriladi. 
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi epidemik jarayonning ikkinchi bosqichi, 
kasallikning yuqish yo’llarini qirqish katta muhim o'rin tutadi. Bu yo’nalishda 
bajariladigan profilaktik choralar 3 guruhga bo'linadi:
1.Sanitariya va gigienaga taalluqli chora-tadbirlar.
2.Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizasiya. 
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning uchinchi bosqichi, aholining yuqumli 
kasallarga moyilligini kamaytirishdir ya'ni organizmning immunitetini oshirishdir. 
Aholining umumiy kuch qudratini oshirishda ularning turmush sharoitlarini, 
moddiy imkoniyatlarini oshirish muhimdir. Bundan tashqari, odamlarni emlash 
yo'li bilan yuqumli kasalliklarga qarshi sun'iy immunitet hosil qilish alohida o'rin 
tutadi.Yuqumli kasalliklar profilaktikasida dizenfeksiya ishlarining amalga 


oshirilishi katta ahamiyatga ega.Dezinfeksiya tashqi muhitdagi yuqumli 
kasalliklarning qo’zg'atuvchilarini va ularning manbalarini yo’qotish usullari va 
vositalari. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin