Mavzu: Bolalar infeksiyasi
REJA:
1.Difteriya (bo’g'ma), etiologiyasi
, epidemiologiyasi, klinik manzarasi,
bemorlarni parvarish qilish, profilaktikasi.
2.Ko’kyo’tal, etiologiyasi epidemiologiyasi, klinik manzarasi, profilaktikasi.
3.Qizamiq, suvchechak,
skarlatina, etiologiyasi, epidemiologiyasi,
bemorlarni parvarish qilish, profilaktikasi.
4. Epidemik parotit (tepki), etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi,
davolash,
profilaktikasi.
Difteriya (bo’g'ma)
Difteriya (bo’gma)
- o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, kasallik qo’zgatuvchisi kirgan
sohada fibrinoz yallig’lanishining kelib chiqishi va
organizmning umumiy
intoksikasiyasi bilan xarakterlanadi. Bo’gma kasalligi o’tmishda juda og'ir kechgan
va ko'pgina asoratlarga olib kelgan va organizmning umumiy zaharlanishi tufayli
fojiali tugagan. Mamlakatimizda kasallikka qarshi faol emlash joriy qilingandan
keyin, so’nggi yillar ichida bo’g'ma kasalligi deyarli yakka-yakka uchraydigan
bo'lib qoldi.
Etiologiyasi. Kasallikning qo’zgatuvchisi bo’gma tayoqchasi bo'lib, fakultativ
anaerob mikroblar
guruhiga kiradi, uni 1883-1881 yillarda Klebs va Lyoffler
aniqlashgan. Bo’g'ma
tayoqchasining asosiy xususiyati uni ekzotoksin ishlab
chiqarish bo'lib, bu xususiyatiga qarab toksigen va toksigen bo’lmagan guruhlarga
bo'linadi Difteriya tayoqchasi past haroratga chidamli
120 º C da 7
kun davomida
tirik saqlanadi, ammo yuqori 30 daqiqa ichida halok bo'ladi. Bo’gma tayoqchasi
bemorning
ro’zg’or buyumlarida, o’yinchoqlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin,
lekin zararsizlantiruvchi moddalar ta'sirida tezda halok bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: