Klinikasi. Bo’gma kasalligida turli a'zolar zararlanishi mumkin, shuning uchun
klinik nanzarasi ham qaysi a'zoning ko'proq zararlanganligiga qarab turli namoyon
bo'lishi mumkin. Bo’g'mani og'iz, burun, halqum, tomoq, ko'z, teri,
kindik,
xiqildoq –
burun, tashqi jinsiy a'zolar zararlanadigan turlari farq qilinadi.
Kasallikning yashirin davri 2-10 kun davom
etadi Yosh bolalarda ko'proq
tomoq
bo’g’masi uchraydi. Tomoq difteriyasi yallig’lanish jarayonining tarqalishi va
zaharlanish
belgilariga
qarab mahalliy, tarqalgan toksik turlarga bo'linadi. Tomoq
mahalliy bo’g’masi ancha yengil
o'tadigan turi bo'lib, bunda yallig'lanish jarayoni
mahalliy
xususiyatiga ega bo'ladi umumiy zaharlanish alomatlari kuzatilmaydi.
Bo’g'maning mahalliy (lokalizasiyalangan) turida pardasimon
oq karashlar
tomog’dagi bodomcha bezlardan nariga o’
tmaydi. Avval ular quyuq o’rgimchak
to’ri ko'rinishida bo'ladi, tez orada oqimtir kul rang parda hosil bo'ladi. Parda
to'qimalariga
yopishib olib, ko’chirib olinganda, qonab turadi. Kasallik
holsizlanish. ishtashaning pasayishi, yutinganda tomoqda og’riq bo'lishi va tana
haroratining ko’tarilishi bilan boshlanadi. Tomoqning mahalliy
(lokalizasiyalangan) bo’g'masi pardali orolchali, va kataral turlarga bo'linadi.
Bo’g'maning pardali turda bodomcha bezlar qizarib shishadi. Oqimtir-kulrang
parda hosil bo'ladi. Parda to'qimalar bilan mahkam birikkan bo'lib, chegaralari aniq
bo'ladi. Kasallikning orolchali turida esa parda noaniq chegaraga ega bo'lib,
bodomcha bezlarda kichik-kichik orolchalar tarzida joylashgan bo'ladi.
Tomoq bo’g’masining kataral turining
klinik tashxisi ancha
murakkab bo'ladi,
chunki bunda bodomcha bezlar faqat qizaradi, ularda parda hosil bo'lmaydi.
Kasallikning bu turida tashxis asosan bakteriologik tekshirishlar natijasida
aniqlanadi.
Bo'g'maning bu turlarida yallig’lanish jarayoni mahalliy
bo'lib, organizmning
umumiy zaharlanishi kuchli bo'lmaydi. Tomoqning
tarqoq bo’g’masida
intoksikasiya belgilari yaqqol yuzaga chiqadi, harorat yuqori bo'ladi, karashlar
zichroq joylashib,
butun bodomcha
bezlardan tashqari, xalqumning
shilliq pardasi
tanglay ravoqlarini, yumshoq tanglayni, tilchani, yutqin devorlarini qoplaydi.
Bo'g'maning
toksik turi sensibillashgan organizmning giperergik reaksiyasi
bo'lib, keng
mahalliy o'zgarishlar va umumiy intoksikasiya bilan kechadi.
Kasallikning bu turi bola organizmnining kuchli zaharlanishi haroratning
balandligi va fibrinli (parda) ning tomoq chegaralaridan chiqib boshqa a'zolarga
tarqalishi bilan kechadi. Tana harorati 39-40ºº C ga ko'tariladi. Bodomcha bezlar
va ular atrofidagi to'qimalar shishadi, bolaning rangi oqarib qayta-qayta qusadi,
holsizlanadi. Tomir urishi tez va zaif bo'ladi, bolani ahvoli
og’irlashadi. Shish
pastga bo'g’in va ko'krak qafasi teri osti yog' qatlamiga
hamda yuqoriga lunj va
qovoqlarga tarqaladi. Shish ustidagi terining rangi odatda o'zgarmaydi. Bolaning
tovushi
bo’g’ iq, burni bilan gapirgandek bo’ladi. Yurak tovushlarining
jarangdorligi pasayadi, sistolik shovqin paydo bo'ladi. Aksariyat hollarda, buyrak,
asab tizimining faoliyati buziladi. Bo'yindagi shishning katta-kichikligiga qarab,
bo’g'maning toksik turining I. II. III darajalari farq qilinadi. Bo’g'maning toksik
turida og'izdan badbo'y, qo'lamsa hid keladi, nafas harakatlari qiyinlashib,
shovqinli bo'lib, xirillaydi. Toksik bo’g’maning o’ta og’ir o'tadigan turi
gipertoksik, gangrenoz, gemorragik turidir. Gipertoksik bo’g’ma mahalliy
o'zgarishlardan tashqari markaziy asab tizimining va yurak qon tomir a'zolari
faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi va yashin tezligida bir necha
kun ichida
bemorning halok bo'lishi bilan tugaydi. Kasallikning gangrenoz formasi
og’iz va
yutqin to'qimalarining chirib parchalanib ketishi bilan kechadi. Gemorragik
bo’g'ma
burundan milklardan, me'da-ichaklardan qon ketishi badanida
gemorragik
toshmalar hosil bo'lishi kuzatiladi.
Hiqildoq bo’g’masi yoki chin bo’g'ma yuqori nafas yo'llarining torayishiga va
nafasning qiyinlashuviga olib keladi Hiqildoq bo’g’masi yallig'lanish jarayonning
tarqalishiga qarab
1) mahalliy, 2)
tarqalgan, 3) toksik turlarga bo'linadi. Kasallikning mahalliy turida
faqatgina Hiqildoq, tarqalgan turida hiqildoq va traxeya,
toksik turida hiqildoq
traxeya va bronxlar zararlanadi.
Hiqildoq bo’g'masi kechishiga qarab bir necha bosqichda bo'ladi. Odatda
kasallik yuqori harorat dag'al yo'tal va tovushning qisman xirillashi bilan
boshlanadi. Bu davrda nafas olish uncha qiyinlashmaydi. Bu bosqich kataral
bosqich deb yuritiladi va
2-3 kundan 7-8 kungacha davom etadi.
Ikkinchi bosqich- stenotik bosqich bo'lib bunda nafas yo'llari
torayadi,
yo'tal it hurgandagiga o'xshash cho’ziqroq, qo'pol
bo'ladi, bolaning tovushi
yo'qoladi, shovqinli nafas oladi, lab-burun uch burchagi ko'karadi, nafas olish
qiyinlashadi, hansiraydi, bola bezovtalanadi. Nafas olish
jarayonida ko'krak
qafasining muskullari ishtirok eta boshlaydi. Bolaga o'z vaqtida yordam
ko'rsatilmasa asfiksiya bosqichiga o'tadi. Bu davrda bola hushidan ketadi,
talvasaga tushadi, organizmida kislorod yetishmasligi oqibatida bola halok bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: