5-8 kunni tashkil etadi. Kataral davr 12-15 kungacha cho’ziladi. Emlangan
bolalarda
bu davr uzayishi, go’dak bolalarda birmuncha qisqarishi mumkin.
Kasallik oddiy yo’tal bilan boshlanadi, bemorni umumiy ahvoli uncha
o'zgarmaydi. Yo’tal asta-sekin xurujsimon tusga kiradi. Spazmatik yo'tal xurujlari
davrida bemorning ahvoli og'irlashadi, yo'tal xurujlari holsizlantirib qo’yiladi. Bu
davrning asosiy belgisi xurujsimon yo’tal bo'lib, 2-3 hafta davom etishi mumkin.
Yo’tal birin-ketin keladigan nafas chiqarish harakatlari bilan boshlanadi va
oxirida
qisqa hushtaksimon nafas olish bilan tugaydi. Yo’tal xuruji 2-3 martadan 20
martagacha takrorlanishi mumkin. Yo’tal xurujlari yelimsimon shilimshiq balg'am
chiqishi yoki qayt qilish bilan tugashi mumkin. Yo’tal xuruji vaqtida bemorni
ahvoli o’ziga xosdir: Uning yuzi qizaradi, ba'zan ko'karadi, lablari ko'karib biroz
shishadi, bo'yin vena tomirlari bo’rtib chiqadi, ko'zlari qon quyilgandek bo'ladi,
tillari chiqib turadi, ba'zan ko'zining oqsil pardasiga qon quyiladi. Bemorning beti
salqib shishib turadi, til yuzasida yaralar xosil bo'ladi. Yo’tal xuruji boshlanishi
oldidan bolalarda xuruj boshlanishidan darak beruvchi belgilar paydo bo'ladi:
bemor bezovtalanadi, qo’rqish alomatlari kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: