orqali organizmdan tashqari chiqarilib yuboriladi. 1 g oqsil parchalanganda 4.1
kkal energiya ajralibchiqadi.
Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizm hayotida muhim o'rin tutadi, ular
asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uglevodlar organizmga
murakkab uglevodlar,
polisaxaridlar holida kiradi. Ovqat hazm qilish kanalida polisaxaridlar
disaxaridlarga, disaxaridlar esa monosaxaridlarga (glyukoza) parchalanadi.
Glyukoza qonga so’rilib, jigar va muskullarda undan hayvon kraxmali glikogen
hosil bo'ladi. Jigardagi glikogen asosan zahira (zapas) uglevod bo'lib, qonda qand
miqdori kamayganda glyukozaga parchalanadi va glyukoza qonga o'tadi. Ortiqcha
glyukoza jigarda to'planadi. Muskullardagi glikogen uzluksiz parchalanib turadi.
Katta yoshli kishilar 1 kunda 500gr uglevod iste'mol qilishi kerak. Ovqat bilan
uglevodlar kirsa, ham organizmda oqsil va yog'lardan uglevod hosil bo'ladi. lgr
uglevod parchalanganda 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi.
Yog'lar almashinuvi. Yog'lar ham organizmda energiya manbai hisoblanadi. 1 g
yog' oqsidlanib parchalanganda 9,3 kkal energiya ajraladi. Organizmga kirgan
yog'lar hazm kanalida gliserin va yog' kislotalariga parchalanib. limfaga so'riladi.
Bu vaqtda gliserin va yog' kislotalar ichak shilliq pardasi hujayralaridan
o'tayotganida bir-biriga birikib yog' hosil qiladi. Bu yog' organizm ehtiyojlarini
qondirib, ortiqchasi teri osti yog' kletchatkasida, charvida, buyrak atrofida va
boshqa ichki organlarda zahira bo'lib to'planadi va energiya manbai bo'lib xizmat
qiladi. Bundan tashqari, teri osti kletchatkasidagi yog' qatlami organizmdan
issiqlikni chiqarmaydi. Organlar atrofidagi yog' esa ularni shikastlanishdan
saqlaydi. Organizmga yog' kirmaganda oqsillar va uglevodlardan organizmda yog’
hosil bo'ladi. Katta yoshli odam organizmiga bir kunda 100 gr yog' kirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: