O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Klinik manzarasi. Kasallikning inkubasion davri o'rta hisobda 3-7 kun davom 
etadi. Ayrim sharoitlarda yashirin davr 1 kungacha yoki 12 kungacha uzayishi 
mumkin. Kasallik ko'pincha o'tkir boshlanadi: tana harorati to'satdan 38-39 ººC 
gacha ko'tariladi, holsizlik, tomoqda og'riq, qayd qilish kuzatiladi. Kasallikning 
birinchi yoki ikkinchi kunida terida pushti rang nuqtasimon, ba'zan qattiq 
qichishadigan toshmalar paydo bo'ladi. Toshmalar ko'proq qorinda oyoq-
qo'llarning ichki tomonida, burun va og’iz bo'shlig'ida joylashgan bo'ladi. Tanglay 
zararlanishi turlicha bo'lib, kataral, follikulyar, lakunar va nekrotik angina 
ko'rinishida bo'lishi mumkin. Skarlatina uchun manglayning qizarib ketishi 
harakterli bo'lib bu o'zgarish bo'yin limfoadeniti bilan o'tadi. Kasallikning o'tkir 
davri 4-5 kun davom etadi. 
Skarlatinada toshmalarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki u mayda 
donali, nuqtasimon bo'lib, qizargan teri ustiga paydo bo'ladi. Toshma burun lab 
uchburchagida toshmaydi. Bu kasallikka xos bo’lgan belgi hisoblanadi. Toshmalar 
terida biroz ko’tarilib turganligi sababli, teri paypaslab ko’rilganda uning 
dag’allashganligi seziladi. 
Kasallikning og'ir turida toshmalar qizg'ish tusda emas balki ko’kimtir tus oladi. 
Toshmalar 3 kundan 1 haftagacha saqlanib turadi, toshma yo’qolgandan keyin ular 
o'rnida hech qanday dog' (pigmentasiya) qolmaydi. Lekin toshmadan keyin 
terining ko’chishi (po’st tashlash) boshlanadi. Terining ko’chishi mayda-mayda
kepaksimon tarzda yoki taram-taram bo'iishi mumkin. Skarlatinada bemorning 
tilida ro'y beradigan o'zgarishlar ham xarakterlidir. Til sarg'ish parda bilan 
qoplanadi. Keyin tilning chetlari tozalana boshlaydi va sekin-asta uning yuza 
qismiga o'tadi. Tildagi so'rg'ichlar yaxshi ifodalanadi va u qip-qizil malina rangiga 
kiradi ("malinasimion" til). Tildagi o'zgarishlar 2 xaftagacha saqlanib turishi 
mumkin. Kasallikning avjga chiqqan davrida bemorda umumiy intoksikasiya 
belgilari yaqqol namoyon bo'ladi. Bu skarlatinaning og'ir-yengil kechishiga 
bog'liq. Kasallik yengil kechganda tana harorati ko’tarilmasligi va zaharlanish 
belgilari bo'lmasligi mumkin. Ammo og'ir o'tadigan skarlatinada tana sharorati 39-
40ºº C gacha ko’tariladi, kuchli bosh og'rig'i, ko’ngil aynishi, qusish, holsizlik, 
ba'zan talvasa tutishi kabi belgilar paydo bo'ladi. Umumiy intoksikasiya natijasida 
yurak-qon tomirlar, jigar, buyrak kabi a'zolarning faoliyati buziladi.
Skarlatinaning kechishiga qarab, yengil, o'rtacha og’irlikdagi va og'ir turlari 


farqlanadi. Kasallikning yengil turida tana harorati subfebrir bo'ladi, zaharlanish 
alomatlari kuzatilmaydi, toshma siyrak bo'lib, tez orada o’tib ketadi. 
O'rtacha og’irlikdagi skarlatinada harorat 39-40ºº C gacha ko’tariladi, bemor 
holsizlanadi, qayt qila boshlaydi. Toshma kuchli ifodalangan, angina nekrotik 
xususiyatga ega bo'lib, mahalliy limfa bezlari kattalashadi. 
Skarlatinaning og'ir turi toksik va septik belgilarning kuchli ifodalanganligi 
bilan xarakterlanadi. Umuman intoksikasiya alomatlari juda kuchli namoyon 
bo'ladi. Tana harorati 40-41ºº C gacha ko'tariladi, to'xtovsiz qusish, talvasa 
alomatlari kuzatiladi. Badan terisiga toshmalar kasallikning 2-3 kuni paydo bo'ladi 
va uning rangi ko’kimtir tusda, tomoq qip-qizil cho’g’ rangida, til oq karash bilan 
qoplangan va quruq bo'ladi. Yurak tonlari bo’g'iq, qon bosimi past, tomir urishi 
kuchsiz va tezlashadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin