Antiseptika turlari Antiseptikaning fizik, mexanik, ximiyaviy, biologik turlari farqlanadi.
Fizik antiseptika. Jarohatlarni kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya'ni
qurutuvchi steril tamponlar, qizdiruvchi lampalar, fen apparatlari ishlatish, jarohat
suyuqligini tez shimib oluvchi bog’ichlar, tamponlar, drenajlar va oq gigroskopik
doka fizik antiseptikaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mexanik antiseptika. Hamma yaralar bakteriya bilan zararlangan hisoblanadi,
shuning uchun ham asosiy vazifa ularni birlamchi xirurgik yo'l bilan tezroq
tozalashdan iborat. Bu esa mexanik usullar yordamida amalga oshiriladi: yarani
antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni kesib tashlash, yaralar atrofini
tekislash va kerak bo'lganda ularni tikish bilan erishiladi.
Kimyoviy antiseptika. Bu usulda bakteriosid va bakteriostatik xususiyatga ega
bo'lgan turli
kimyoviy antiseptik moddalarni ishlatish ko'zda tutilgan. Antiseptiklar bilan
mikroblarni
yo'qotish yoki uni jarohatda rivojlanishini to'xtatishdan iborat.
Asosiy antiseptik vositalarga antiseptik moddalar kirib, ular turli kimyoviy
guruhlarga
mansubdir.
Xloramin eritmasi qo'lni tozalashda, yiringli yaralarni davolashda metallmas
asboblar, bemorlar uchun ishlatiladigan asboblar va xonani tozalashda qo'llaniladi.
Kaliy permanganat. Suvda yaxshi eruvchi qoramtir kristalldir. Pushti rangli
eritmalari og'iz bo'shlig'i, qovuq va boshqa organizm chayish uchun ishlatiladi.
Kuchliroq qoramtir binafsha rangli eritmasi bakteriosid xususiyatga ega bo'lib,
to'qimalarni kuydiradi. Shuning uchun kuyishda qora qo'tirlarni davolashda,
badbo'y hidlarni yo'qotishda, shuningdek chirayotgan, yiringli jarayonlarni
yuvishda qo'llaniladi.
Vodorod peroksid. 3-5%li eritmasi ishlatiladi. Rangsiz suyuqlik vodorod
peroksid to'qima fermenti katalaza bilan qo'shilib, kislorod ajraladi, bu ko'p
miqdorda ko'pik ajralishiga olib keladi. Ko'pik harakati tufayli jarohatdan yot
jismlar, qon quyqasi, yiring chiqib ketadi.
Formaldegid. U gazsimion o'tkir xidli, suvda yaxshi eriydigan modda.
Formaldegidning 40%li suvdagi eritmasi formalin deb yuritiladi. Asboblarni,
drenajlarni, qo'lqoplarni sterillashda keng qo'llaniladi.
Spirt ya'ni etil spirti xirurgiyada keng qo'llaniladi. Spirtni qo'lni zararsizlantirish,
operasiya joyini tozalashda, kesuvchi asboblarni, optik asboblarni dezinfeksiya
qilishda va ipakni sterillashda ishlatiladi.