Biologik antiseptika. Maxsus zardoblar, vaksina va antibiotiklar ta'sirida
bemorning himoya kuchlarini oshiradigan, jarohatlarda infeksiyaning rivojlanishini
to'xtatuvchi antiseptik xususiyutlari bo'lgan davolash vositalari (maxsus zardoblar
va vaksinalar, anatoksinlar, immunglobulinlar, qon va plazma quyish va boshqalar
shuningdek, ma'lum bir organizm, (viruslar, zamburug’lar va boshqalar)
faoliyatida paydo bo'lgan moddalar orqali boshqalarga ta'sir qiluvchi antibiotiklar,
bakteriofaglar va proteolitik fermentlardan iborat.
SULFANILAMID PREPARATLARI. Bularga streptosid, norsulfazol, etazol,
urosulfan,
sulgin ftalazol, sulfadimetoksin, sulfalen kabi dori moddalari kiradi. Organizmga
mahalliy va umumiy ta'sir ko'rsatadi.
ASEPTIKA. Bu fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullari qo'llash
bo'yicha o'tkaziladigan tashkiliy ishlar tufayli, operasiya yarasiga mikroblar
tushishini oldini olish demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni quyidagicha sharxlanadi: yaraga tegadigan har bir
narsa bakteriyalardan holi bo'lishi, ya'ni sterillangan bo'lishi kerak. Yaraga
mikroblar ikki xil yo’l bilan tushadi: ekzogen va endogen.
Mikroblar va ularning sporalarini xirurgik operasion oqliklar, asboblar, chok
solish va yara bog’lash materiallarini, xirurgning qo'lqopi, xalati, qo'llaridan
yo'qotishga sterilizasiya deyiladi. Sterilizasiyani turli usullarda: bug' bilan bosim
ostida avtoklavlash, quruq issiqlik,qizdirish,qaynatish,kuydirish yo'li bilan,
antiseptik eritmalarda va antibiotiklarning eritmalarida saqlash bilan amalga
oshiriladi.
Radioaktiv nurlanish nurlar (gamma - nurlar), ultrabinafsha nurlar (simob-kvars
lampalar), gazlar bilan sterilizasiya qilish birmuncha keng qo'llaniladi.
Ma'lumki, qaynoq suv bug'i issiqlik o'tkazish qobiliyatiga ega. U qaynoq
havoga nisbatan yuqori issiqlik darajasiga ega bo'lgani uchun sterilizasiya
qilinayotgan jismga issiqlikni tez o'tkazadi. Oquvchi bug' bilan sterillash
avtoklavda bajariladi.
Quruq issiqlik bilan sterlizasiya qilinadigan sohalarni qizdirishga asoslangan va
unda
sterilizasiya qilinayotgen jismlardagi harorat 170 C-200 C ga yetishi kerak.
Avtoklavlar qarovsiz qoldirilmaydi. 180 C temperaturada sterilizasiya qilish vaqti
15 minutga teng.
Nur bilan sterilizasiya qilish, bu usul katta energetik kuchga ega bo'lib,
sterilizasiyaning kuchi materiallarning har - xil chuqurligigacha yetib boradi.
Ultra tovush bilan sterilizasiya qilish. Bu usulda sterilizatorlar kuchsiz antiseptik
vosita
bilan to'ldiriladi va ultra tovush to'lqinlari ta'sirida xirurgik asboblar. kichik
plastmassa
asboblar yoki jarroh barmoqlarini dezinfeksiya qilinadi.
Kimyoviy (sovuq) sterilizasiya deb, etilen oksidi hamda kuchli antiseptiklarni
qo'llashga
aytiladi. Sovuq sterilizasiyadan oqsillar koagulyasiyasi 45 C dan 60 C gacha
harorat atrofida
bajariladi. Bu usul bilan avtoklavda yoki havo sterilizatorida kateterlar, xirurgik
qo'lqoplar,
tomir protezlar, endoskoplar, respirator va sun'iy qon aylanish apparatlari
sterilizasiya
qilinadi.