O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Yumshoq bog'lamlar. Yelimli bog’lamlarni jarohatni asosan tashqi muhit 
ta'siridan himoya qilish uchun qo’yiladi. Bunday bog'lamlarni qo’yishda bog’lov 
materialini turli xil yelimlar-kleol, kolodiy, leykoplastir yordamida jarohat 
atrofidagi teriga yopishtiriladi. yelimli bog'lam qo’yish (yelimlash) texnikasi oddiy 
jarohatga dokani bir necha qavat qilib qo'yiladi, uning atrofiga ensiz qilib kleol 
qatlami surtiladi. Doka salfetkani tarang tortib turgan holda yelim qatlami ustiga 
bosiladi va bir oz vaqt tutib turiladi, salfetka teriga zich yopishadi. Kollodiyli 
bog'lam qo’yishda yelimni tarang tortilgan bosib turgan salfetka ustidan surtiladi. 
Bog'lov materialini leykoplastir tilishlari bilan yopishtirish mumkin. 
Jarohat yuzasini bekitish uchun bakteriosid leykoplastir ham ishlatiladi, unda juda 
mayda teshiklar borligi tufayli terini bichiltirmaydi va jarohatning bitish prosessini 
buzmaydi.
Kosinka bog'lamlarni kosinka qirqilgan yoki burchakli uchburchak ko'rinishida 
buklangan mato parchasi yordamida qo’yiladi. Kosinka bog'lamlarni to’g'nog'ich 
bilan mahkamlanadi yoki kosinka uchini tugib qo’yiladi. 
Sanoatda ishlab chiqariladigan standart kosinkaning razmeri 135x100x100sm. 
Sanitariya sumkalari va birinchi yordam aptechkalari uchun kosinkalarni 
presslangan holda chiqariladi. Bu holida ular razmeri 5x3x3sm li kubsimon 
shaklda bo'ladi. 
Sopqonsimon (palaxmonsimon) bog'lamlarni uzunligi 75-80 smli eni enli bint 
yoki material parchasidan tayyorlash mumkin. Bintning ikkala uchidan uzunasiga 
qirqib uning 15-20 sm uzunlikdagi o'rta qismi butun qoldiriladi. Bintning 
qirqilmagan qismini kerakli sohaga ko’ndalang yo’nalishda qiyiladi. Ikkala 
tomondagi qirqilgan uchlarini pastki tilishi yuqorida, ustki tilini esa pastda 
turadigan qilib o'zaro kesishtiriladi va qarama -qarshi tomondagi shunday tilishi 
bilan bog'lanadi. Burunga va yuqori labga bog’lam qo’yishda bintning ikkala 
uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va ensada bog'lanadi, boshqa ikkala 
uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va bo'yindan bog'lanadi. 
Iyakka bog'lam qo’yishda bintning pastki uchlarini quloq chig’anoqlari tepasidan 
o'tkaziladi va tepa suyagi sohasida tugib qo'yiladi, ustki uchlarini quloq 
chig'anoqlari va ensa ustidan o'tkaziladi, kesishtiriladi va chakka suyagi sohasidan 
o'tkazib, peshonaga chiqariladi va shu joyda bog'lanadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin