Qontur bog'lamlarni tananing bog'lam bilan bekitiladigan qismining profili
bo'yicha mato parchasidan qirqib tayyorlanadi, qontur bog'lamlarini chatilgan
bog'ichlar bilan mahkamlanadi. Qontur bog'lamlarga bandajlar kiritiladi, bu-
bemorga mos qilib tikilgan, bog'ichlari yoki ilgaklari bo’lgan mato bog'lamdir.
Bandajlar ka'pincha qorinning oldingi devorini mahkam tutib turishi uchun
qo'llaniladi.
Bint bog'lamlar-bint yordamida qo’yiladigan bog’lamlardir. Bint eni 5-20sm va
uzunligi 5-7 m bo'lgan, rulonga o'ralgan doka tilishidan iborat. Tananing bint
o'raladigan qismiga ko'ra eni turlicha bintlar ishlatiladi. Ensiz bintlar (5 sm gacha)
tananing mayda qismlariga (barmoqlar) bog'lamlar qo’yish uchun, o'rtacha bintlar
(7-19 sm) bilak, boldir, bo'yin, boshga, enli bintlar (20 sm gacha) ko'krak, qorin,
songa bog'lamlarga qo’yish uchun ishlatiladi.
Doka bint yaxshi elastiklikka ega. Yumshoq bintli bog'lamlar xususiyati va
qo'llanilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1) oddiy yumshoq bog'lam (himoya qiluvchi, davolovchi);
2) qon to'xtatuvchi (siqib turuvchi) bog'lam;
3) immobilizasiya qiluvchi (harakatsizlantiruvchi) bog'lam (davolash va
transportirovka qilish uchun);
4) tuzatuvchi bog'lam.
Yumshoq bintli bog'lam qo’yishning umumiy qoidalari. Bog'lam qo’yishda
bemorga hamda bog'lam qo’yuvchiga bir qator talablar qo’yiladi:
1) bog'lam qo’yilayotgan bemorni yaxshi joylashtirish zarur, u o'tirishi yoki
yotishi kerak;
2) u harakat qilmasligi lozim;
3) tananing bog'lam qo'yilayotgan joyi tinch turib, muskullar tortilmasligi kerak,
aks holda muskullar bo'shaganda, bog'lam yechilib ketishi mumkin;
4) tananing bog'lam qo’yilgan qismi bog'langandan keyin, harakatlanishga qulay
bo'lishi kerak;
5) hamshira bog'lam qo'yayotgan vaqtda kasalga yuzma-yuz turib uning ahvolini
bilib turish kerak;
6) bint o'ramini o'ng qo'lda va boshlanish qismini chap qo'lda ushlab, chapdan
o'ngga qarab o'raladi, o'ralayotgan vaqtda bintning oldingi o'ramini 1|2 yoki 2|3
qismini berkitish kerak.
Bint bo’lmagan holda uni doka parchasidan tayyorlash mumkin. Doka uzunasiga
bir tekisda qirqiladi, tilishlari bir-biriga ulanadi va zich qilib o'raladi. Doka
parchasi butun eni bo’yicha metall sterjenga o'rab, so'ngra sterjen chiqarilib, o'ram
o'tkir pichoq bilan kerakli razmerda bintlar qirqiladi, bintlar birnuncha tekis
chiqadi.
Bog'lam qo’yilayotganda bemorning yuz qiyofasini kuzatib turish va yangi
og’riq sezgilarini keltirib chiqarmaslik uchun bu ishni avaylab qilish zarur.
Bog'lam bemorni bezovta qilayotgan bo'lsa, uni bo'shatishni yoki bint o'ramlari
yo’nalishini o’zgartirish lozim. Bint boshchasini goh u qo'l, goh bu qo'lda
aylantirib tikilgan holda ikkala qo'lda bintlash, bo'sh qolgan qo'l bilan bint
o'ramlarini tekislab turish kerak. Bog'lam qo’yish vaqtida bintni chapdan o'ngga
ochib borish zarur, bunda bint boshchasi bint o'ramlaridan tushib kelayotgandek
bo'ladi, har bir keyingi o'ram oldingi o'ram enining l|2 yoki 2|3 qismini bekitib
borishi kerak. Qo’yilgan bog'lam oyoq qo’ldan qon aylanishining buzilishiga sabab
bo'lmasligi kerak. Oyoq -qo'l bog'lamining pastida rangsizlanib qolishi, ularda
sianoz paydo bo'lishi, uyishish sezgisi yoki liqqillab og'irishi ana shundan darak
beradi. Bunday bog'lamni tezlikda tuzatish yoki yangisini qo'yish lozim.
Bint uchini bog'lashni yoki unga to’g'nog'ich qadashni tananing sog’lom qismi
ustida bajarish lozim.
Yumshoq bog'lamlar: bintli, doka-bintli, turli va elastik to'qimali bintlar
bog'lamlarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: |