O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

To'r-naysimon bog'lamlar. Elastik bintlar sintetik tolalar va ip gazlama ipi 
aralashgan elastik ko'pdan tayyorlangan to'rsimon trikotaj naycha (englik) dan 
iborat. Bintlar juda cho’ziluvchan, shuning uchun ular tananing istalgan qismiga 
zich yopishib turish xususiyatiga ega bo'lib, qon aylanishini buzmaydi va 
bo'g'inlarda harakatni chegaralab qo’ymaydi. Qirqilganda va qisman kesilganda 
bint titilib ketmaydi. Elastiklik xossalarini yuvishdan, sterilizasiya qilishdan 
so'ng saqlanib qoladi.
To’r naysimon bintlar bog'lam qo’yish vaqtini anchagina qisqartiradi: bintdan 
tayyorlangan paypoqni tananing shikastlangan joyiga kiygiziladi. Bint ikkala qo'l 
panjasi (barmoqlari) orasiga kiritiladi, uni cho’zib va tegishli sohaga kiygiziladi. 
To’r-naysimon bintlar tananing turli sohalariga, hajmiga qarab № 1dan №7 
gacha yetti razmerda chiqariladi. № l bintni (uning diametri erkin holatda 10 mm) 
katta odamning qo'l barmoqlari, bolaning panjasi va oyoq panjasiga qo’yiladi. № 2 
bintni (17 mm) katta odam panjasi, bilagi, tirsak, bilak-kaft, boldir-tovon 
bo’g'imlariga, bolalarning yelkasi, boldinga, tizza bo'g'imlariga qo'yiladi. 
№ 3 va № 4- bintlarni (25 va 30mm) kattalarning bilagi, yelkasi, boldiri, tizza 
bo’g'imiga, bolalar soniga va boshiga qo’yiladi. № 5 va № 6-bintlarni (35 va 
40mm) katta odamning boshiga, soniga, bolalarning ko'kragiga, qorniga,
chanog’iga, chot oralig’iga, № 7-bintni (50mm) kattalarning ko'kragi, qorni 
chanog'i, chot oralig'iga ishlatiladi. Bintlar sovun ko'pigida yuviladi. Elastik bintlar 
kislotalar, ishqorlar, moylar ta'sirida yemiriladi. 
Bintli bog'lamlar turlari quyidagilarga bo'linadi: aylanma spiral, o’rmalovchi, 
boshoqsimon, 
toshbaqasimon bog’lamlar. Bint o'ramlari bir-birini bekitib, biri ikkinchisining 
ustiga tushsa, 
bunga doirasimon bog'lam deyiladi. 
Spiralsimon bog'lam - tananing anchagina qismini bintlash zarur bo'lganda 
qo'yiladi. Bunda bint o'ramlar pastdan yuqoriga bir oz qiyshaytirib o'raladi va har 
bir keyingi o'ram oldingisi enining 2|3 qismini bekitib boradi. Bu bog'lam odatda 
bosib turadigan bir necha doirasimon o'ramlar qilishdan boshlanadi. Spiralsimon 
bog'lam yo’g'onligi bir-xil qismlarga oson qo’yiladi. Yo'g’onligi bir xil 
bo'lmagan sohani masalan, boldirni bintlashdan qayirish usuli taklif etilgan. Bint 
quyidagicha buriladi: spiral qilib bog'lashga qaraganda, bint ko'pincha
qiyshaytirib o'raladi, chap qo'lning bosh barmog'i bilan uning pastdagi chetidan 
tutib turiladi, bintning uchi bir oz bo'shatiladi va uni odam o’ziga qaratib buraydi, 
shunda bintning yuqori cheti pastga bo'lib qoladi va aksincha. 
О’rmalovchi (ilonizisimon) bog'lam. Bog'lash materialini jarohatga mahkamlab 
olish kerak bo'lsa, avval o'rmalovchi yoki ilonizisimon bog'lab qo’yiladi,
so'ngra spiral bog'lamga o'tiladi. 
Sakkizsimon yoki krestsimon bog'lam bunda bint o'ramlari sakkizsimon 
ko'rinishda o’rab 


bog'lanadl. Bu bog'lam tananing shakli murakkab qismlariga: boldir-tovon bo’g'imi 
sohasiga, ensa sohasiga, yelka bo’g'imi sohasiga, panjaga, oraliqqa, boshga qo’yish 
qulay.
Boshoqsimon tutashadigan va tarqaladigan bog'lamlar sakkizsimon bog'lamning 
turlaridan hisoblanadi. Boshoqsimon bog’lamda bintlarning biri ustiga ikkinchisi 
tushadigan joyini asta-sekin o'zgartirib boriladi, tutashadigan va tarqaladigan 
bog’lamlarda sakkiz raqamini hosil qiladigan bint o'ramlari bir-biriga yaqinlashadi 
yoki tarqaladi.
Qaytadigan bog’lam bog’lov materialini boshga, oyoq-qo’l cho’ltog'iga, 
barmoqlarga mahkam bog’lash imkonini beradi. Bu bog’lamga bint o'ramlari 
perpendikulyar tekislikda birin-ketin aylantiriladi, bunda bintni 900 C burchak 
ostida qayirish va qayirilgan sohaga aylanma o'ramlar bilan mahkamlash yo'li bilan 
erishiladi.
Toshbaqasimon bog 'lash bo'g’imlarni bog’lash uchun qulay. Bu bog'lamni 
qo'yish uslubiga ko'ra uzoqlashuvchi va yaqinlashuvchi turlari bor. Tizza 
sohasining uzoqlashuvini toshbaqa bog'lam bilan yopish uchun bint bo'g'imining 
o'rtasidan ("tizza ko'zidan") aylantirib olinadi, so'ngra avvalgi o'ramning 
yuqorisidan va pastidan ham shunday yurgiziladi. Bintning keyingi o'ramlari 
tobora ko'proq tarqalib, butun bo’g'imni sekin-asta yopaveradi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin