O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Buyrak usti bezi 2 ta bo'lib o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan. 
Ularning birgalikdagi vazni 10-20 gr ga teng bo'lib, 2 qavatdan : ustki po'stloq 
qavati va ichki mag’iz qismidan iborat. Po’stloq qismida mineralqortikosteroid
glyukoqor-tikoid va jinsiy gormonlarni hosil qiladigan androgen va esterogenlar 
ishlab chiqariladi. 
Miya qismidan noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu 
gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishlarini tezlashtiradi, 
to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. 
Me’da osti bezi me'daning pastki va orqa sohasida bel umurtqasi ro'parasida 
joylashgan bo'lib, uzunligi 16-20 sm, vazni 70-80 gr. Inkretor qismi insulin 
gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qondagi qand moddasining ortiqcha qismini 
jigar va muskul to'qimalarida glikogen moddasi sifatida zapas holda to’planishni 
ta'minlaydi. 


Jinsiy bezlar. Erkaklarda urug'donda, ayollarda tuxumdonda jinsiy gormonlar 
ishlab chiqariladi. 
Bolalarning balog’atga yetishi va jinsiy rivojlanishi erkaklar jinsiy gormonlari 
testosteron va androsteron ,ayollar jinsiy gormoni esterogen bilan bog'liqdir. 
Bu gormonlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo'lishiga ta'sir 
etadi. 
Ichki sekresiya bezlarining faoliyati nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Shunday 
qilib, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilayotgan gormonlar o'z navbatida 
nerv tizimiga ta'sir etadi, nerv tizimi esa gumoral yo'l bilan ichki sekresiya bezlari 
faoliyatini boshqaradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin