O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Mavzu: Shikastlanishlar. Yopiq va ochiq shikastlanishlar. 
 
R E J A : 
 
1 Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari. 
2. Yopiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam 
ko'rsatish. 
3. Ochiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam 
ko'rsatish.
Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda 
anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. 
Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir 
qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi. 
1) Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish). 
2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv 
nurlanishlar) 
3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri).
4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish). 
Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga 
bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan. 
l.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida 
transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va hokoza, piyoda ketayotganda, 
sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar,
yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida 
uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi. 
2.Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat 
korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi. 
3.Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni 
qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi. 
Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita 
shikastlanishlarga bo'linadi:
a) bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi
shishlar)
b) bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar.
Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi 
turlari farqlanadi: 
Ochiq va yopiq shikastlanishlar. 
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan 
shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi. 
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga 
yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq 
to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi). 
Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. 
yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi. 


Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, 
chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi. 
Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi 
natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb 
tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin